25
o‘rashda foydalaniladi. Sintetik va aralashmali iplarga mo‘ljallangan
aluminli yo‘naltiruvchilarning yuzasi metallokeramik,
tabiiy tolali
iplarga (paxta, ipak, jun, zig‘ir, kanop va h.k.) mo‘ljallangan. Chinnili
ip yo‘naltiruvchilar tabiiy va sintetik tolali iplarga mo‘ljallangan.
Iplarni o‘rashdagi asosiy omillaridan biri qayta o‘rash
jarayonida
ipning muqobil tarangligidir. Qayta o‘rash jarayonida ipning
muqobil tarangligi qayta o‘rash jarayonining
uzluksiz kechishi
va iplarning belgilangan zichlikda ipning o‘ramaga o‘ralishini
ta’minlash uchun kerak bo‘ladi. Agar taranglovchi moslamalardan
chiqayotgan ipning tarangligi bir xil bo‘lsa, o‘rama
zichligi ham bir
xil bo‘lishligi uchun iplarni o‘rash tezligi ham bir xil bo‘lishi lozim.