28
Ikkinchi darajali avtomatlarga «AMK-150-3» (Rossiya), «RAS-
15C» («Savio», Italiya), «Autoconer-RX» («Shlafgorst», Germaniya)
qayta o‘rash avtomatlari kiradi.
Uchinchi
darajali
avtomatlarga – «Roskoner»
(Rossiya),
«Espero» («Savio», Italiya), «Autoconer-238» («Shlafgorst»,
Germaniya) qayta o‘rash avtomatlari kiradi.
To‘rtinchi darajali avtomatlarga – «Stenvinter» («Savio», Ita-
liya), «Link-Koner» («Murata», Yaponiya) qayta o‘rash
avtomat lari
kiradi.
Birinchi va ikkinchi darajali avtomatlashtirilgan qayta o‘rash
avtomatlarining kamchiligini hisobga olgan holda, 3-darajali
avtomatlarda masalan, «Autoconer-238» avtomatida o‘rash urchu-
g‘ining unumdorligi ancha oshirilgan va bobinalarning sifati iplarni
tugunsiz ulash (splayser) orqali yaxshilangan.
2.5. «Autoconer-238» qayta o‘rash avtomati
«Shlafgorst» (Germaniya) firmasining «Autoconer-238» qayta
o‘rash
avtomatining (2.9-rasm) M-2M mashinasi «AMK-150»,
«Auto
suk-2006» avtomatliriga nisbatan afzalligi quyidagilardan
iborat:
Avtomat tabiiy va kimyoviy
tolali xom ip va iplar, ular aralash-
masini qayta ishlashga mo‘ljallangan;
2.9-rasm.
«Autoconer-238» qayta o‘rash avtomatini ko‘rinishi.
29
Qayta o‘rash xarajatlarini kamaytirish maqsadida avtomat
quyidagilar bilan jihozlangan:
–
ipning tuftak asosidan (tuftak oxiridan) chuvalash, ya’ni
ip tarangligining keskin ortgan paytida qayta o‘rash
tezligini
kamaytirish tizimi bilan jihozlangan. Bu esa tuftakning asosiy
qismini o‘rashdagi tezligini 30 % ko‘paytirib, o‘rtacha qayta o‘rash
tezligini esa 23 % ga oshirish imkonini beradi;
– qayta o‘rash tezligini 300–1500 m/min. gacha pog‘onasiz
avtomatik rostlash tizimi;
–
qayta o‘rash jarayoni ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari,
buzilishlar diagnostikasi va boshqa barcha texnologik omillarni
(qayta o‘rash tezligi, o‘rama zichligi va h. k.)
markazlashgan tizim
orqali rostlash va kuzatish imkoniyatini beruvchi mikroprotsessor
tizimi;
– tuftaklarni tuftak tutgichga o‘rnatish va o‘rash jarayoniga
tayyorlash,
uzuqlarni bartaraf qilish, tuftak va bobinalarni
almashtirish, bobina bosh patronini joylashtirish, to‘lgan bobinalarni
transportyorga (tashish qurilmasi) uzatish
kabi operatsiyalarni
avtomatlashtirish;
– tugun ulash yoki bog‘lash davrini 7,5 sek. ichida bajarilishini
ta’minlovchi avtomatik qurilma.