33
d)
e)
2.12-rasm.
Taranglovchi moslamalar:
a, b
– prujinali
rostlovchi;
d, e
– yukli rostlovchi.
2.7. Nazorat-tozalash moslamalari
Nazorat-tozalash moslamalari ipdagi yo‘g‘on va ingichka joylarni
bartaraf etish, tola va chiqindilardan qo‘shimcha
tozalash uchun
xizmat qiladi. Hozirgi davrda qayta o‘rash mashinalarida ipni
nazorat qilish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
Kontakli.
Kontaktsiz.
Ishlash prinsipiga qarab moslamalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Mexanik.
2. Elektron.
Mexanik nazorat tozalash moslamalari tuzilishi bo‘yicha oddiy
va arzon bo‘lib, ikkita parallel plastinalardan tashkil topadi (2.13-
rasm).
2.13-rasm.
Mehanik nazorat-tozalash moslamasi:
1
– qo‘zg‘almas
plastina;
2
– qo‘zg‘aluvchan plastina;
3
– rostlash vinti,
4
– ip;
d
– ip diametri.
34
Elektron nazorat-tozalash moslamasi
Elektron nazorat-tozalash moslamasi ikki xil bo‘ladi.
1. Sig‘imli.
2. Fotoelektrli.
Bu moslamalar yordamida ipning yo‘g‘on
va ingichka joylari
uzluksiz ravishda nazorat qilib boriladi. Yetakchi kompaniyalardan
biri «Uster» nazorat- tozalash moslamalarini ishlab chiqaradi.
2.14-rasmda sig‘imli ip tozalash tizimining tuzilish prinsipi
keltirilgan. Ip ikkita parallel kondensator
plastinalari orasidan bir
xil tezlik bilan o‘tadi.
2.14-rasm.
Sig‘imli elektron nazorat-tozalash moslamasi.
2.15-rasmda optik elektron nazorat-tozalash moslamasining
ishlash prinsipi keltirilgan. Nurlantiruvchi tarqatgan yorug‘lik qabul
qiluvchi orqali elektr signaliga aylantiriladi. Yorug‘lik moslamadan
o‘tayotgan ip diametriga bog‘liq ravishda qabul qiluvchiga tushadi.
Sig‘imli elektron nazorat-tozalash moslamasiga nisbatan
optik elektron nazorat-tozalash moslamasining sezgirlik darajasi
yuqori bo‘ladi. Sig‘imli nazorat moslamasi
sezmagan ipdagi ayrim
nuqsonlarni optik moslamada to‘liq nazorat qilinadi.
«Uster» firmasining elektron ip tozalagichi (2.16-rasm) hozirgi
kunda ko‘plab qayta o‘rash avtomatlarida qo‘llanilmoqda. Qayta
o‘ralayotgan ip sifati ip tozalagich yordamida nazorat qilib turiladi.
Ip nuqsonlari «Classimat III» ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan
35
talab darajasida tozalanadi. Tozalash
darajasi foizlarda belgilanib,
u 100–400 % gachani tashkil etadi. Ipning nuqsonli joyi aniqlanib,
keskichlar orqali kesilib, splayser yordamida tugunsiz ulab,
jarayon qaytadan avtomatik ishga tushiriladi. Barcha texnologik
omillar nazorat-boshqarish tizimida mikroprotsessor
orqali amalga
oshiriladi.
2.15-rasm.
Optik elektron nazorat-tozalash moslamasini.
2.16-rasm.
«Uster» firmasining elektron ip tozalagichi.
Ip nuqsonlarining asosiylaridan va ko‘p uchraydiganlaridan
biri – ipning notekisligi hisoblanadi.