• Qayta o‘rash avtomatlarida (barabanli) avtomatik bajarila- digan texnologik amallar
  • Qayta o‘rash avtomatlarining afzalliklari
  •  «Murata 7R-II» qayta o‘rash avtomati




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    2.6. «Murata 7R-II» qayta o‘rash avtomati
    «Murata 7R-II» qayta o‘rash avtomati trikotaj va to‘quvchilik 
    jarayonlaridan chiqqan konus o‘ramasidagi qoldiq iplarni tugunsiz, 
    chiqindisiz yoki qo‘shimcha jarayonsiz kerakli o‘lchamdagi 
    konussimon bobina qayta o‘raydi (2.10-rasm).
    Qayta o‘rash avtomatlarida (barabanli) avtomatik bajarila-
    digan texnologik amallar:
    1. Bobina to‘liq o‘ralgach, avtomatik ravishda barabandan 
    ajratiladi (ko‘tariladi).
    2. Bo‘sh bobinalar avtomatik ravishda chiqarib tashlanadi.
    3. To‘la tuftak va bobinalar avtomatik ravishda o‘rnatiladi.


    30
    1 – tuftak; 
    2 – ballonso‘ndirgich; 3 – nazoratchi
    4 – taranglagich; 5 – parafin; 6 – ip ushlagich;
    7 – ip tozalagich; 8 – splayser; 9 – o‘rash barabani.
    2.10-rasm. 
    «Murata R7-II» qayta o‘rash avtomatiga ip taxtlash
    texnologik chizmasi va ko‘rinishi.
    4. Bobinalar almashtirilgach, ip uchlari avtomatik ravishda 
    bog‘lanadi.
    5. Ip ulangach, urchuq avtomatik qayta ishga tushadi.
    Qayta o‘rash avtomatlarining afzalliklari:
    1. Markaziy nazorat tizimi.
    2. Ko‘plab ma’lumotlarni tez olish imkoniyati.
    3. Taranglikni avtomatik ravishda rostlash imkoniyati.
    4. Ip tozalash chegarasining kengligi.
    5. Avtomatik ip ulash.
    6. Ipning ulangan joyi diametrini nazorat qilish imkoniyati.


    31
    7. Avtomatik ravishda tuftakni taxtlash.
    8. Avtomatik ravishda to‘lgan bobinani olish.
    9. 
    Yuqori tezlik va mehnat sarfining kamligi.
    10. Boshlang‘ich sarf mablag‘ning ko‘pligi.
    11. Maxsus omillar uchun yuqori sezgirlik darajasi.
    12. Har bir urchuqni alohida ajratish mumkin.
    Qayta o‘rash avtomati va mashinalarini taqqoslashda, unum-
    dorlik, avtomatlashtirish darajasi, narxi, xizmat ko‘rsatish doirasi, 
    egallagan yer maydoni kabi ko‘rsatkichlarga e’tibor berish kerak.
    Qayta o‘rash jarayonining yuqori samarali bo‘lishi texnologik 
    omillarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Qayta o‘ralayotgan ipning 
    assortimentiga bog‘liq bo‘lgan texnologik omillarni to‘g‘ri tanlash, 
    ularni rostlash usullarini aniq tasavvur qilish lozim.
    Qayta o‘rash avtomatlarining yangi avlodi, bu – qadamli qayta 
    o‘rash avtomatlaridir. Bu avtomatlarda ip taqsimlash tezligi o‘rash 
    tezligiga mos ravishda o‘zgarib boradi va natijada jarayon davomida 
    taqsimlash nisbati bir me’yorda qoladi. Barabanli harakat uzatish 
    usulida o‘rama diametri ortgan sari uning aylanishlari soni mos 
    ravishda kamaytirilib boriladi. Taqsimlash tezligi ham kamayib 
    boradi. 2.11-rasmda qadamli qayta o‘rash avtomatining sxemasi 
    keltirilgan.
    Qayta o‘rash avtomatlarida yuqori sifatli bobinalarni tayyorlash-
    ga, ularning sifatini belgilovchi asosiy talablarni ta’minlab berish 
    ko‘rsatkichlari orqali erishiladi.
    Bobinalarning tuzilishi va o‘rama zichligining doimiy bo‘lishligi 
    avtomatning quyidagi qurilmalari orqali ta’minlanadi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     «Murata 7R-II» qayta o‘rash avtomati

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish