1-bob. IPLARNI QAYTA O‘RASH
1.1. Qayta o‘rash jarayonining maqsadi va mohiyati
Yigirish, pillakashlik, ip pishitish va kimyoviy zavodlarda ishlab
chiqarilgan iplar to‘qimachilik korhonalariga turli o‘ramalarda qayta
ishlash (to‘qima olish, trikotaj to‘qish va h. k.) uchun keltiriladi.
Yigirilgan iplar yigirish tuftagida yoki bobinalarda, tabiiy ipak
iplari kalava shaklida, pishitilgan iplar bobina yoki gardishli
g‘altaklarda, kimyoviy iplar esa turli xil bobinalarda keltiriladi. Bu
o‘ramlardan hamma vaqt ham mato ishlab chiqaruvchi mashina
va dastgohlarida qayta ishlash (o‘rnatish) imkoniyati bo‘lmaydi.
Trikotaj matolarini ishlab chiqarish uchun, asosan, iplar trikotaj
mashinalariga bobinalarda keltirilsa, to‘qima ishlab chiqarish uchun
arqoq iplar bobinada (mokili dastgohlar uchun naychada), tanda
iplar esa katta guruhga (yuzlab, minglab iplar) jamlanib tanda,
to‘quv g‘altaklarga o‘ralib, to‘quv dastgohlariga taxlanadi. Bundan
tashqari, iplarni to‘quvchilikka tayyorlash jarayonlarida ularni sifat
nazoratidan o‘tkazilib, belgilangan darajada tayyorlanadi. Ayrim
hollarda iplarni tayyorlash jarayonida ularga maxsus ishlov beriladi.
To‘quvchilikda ohorlash, trikotaj va noto‘qima matolar ishlab
chiqarishda esa, parafinlash va boshqa ishlovlar berilishi keyingi
jarayonlarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga va jarayonning
mun ta zam kechishiga xizmat qiladi.
To‘qima ishlab chiqarish jarayoni uchun tanda va arqoq iplarini
tayyorlash texnologik jarayonlarini tanlashda quyidagi dastlabki
ko‘rsatkichlar asos bo‘ladi:
1. Tanda va arqoq iplarining tavsifi:
a) tola turi (paxta, jun va boshqa tolalar);
6
b) ip turi (ip, monoip, kompleks ip va boshqalar);
d) sinfi bo‘yicha (yakka, pishitilgan, shakldor, bo‘yalgan, melanj
va h. k.);
e) yigirish usuli bo‘yicha (qayta tarash, oddiy, apparat, suknoli,
urchuqsiz va h. k.).
2. To‘quvchilik korxonasiga keltirilgan o‘ramalar tavsifi.
a) shakli bo‘yicha;
b) o‘lchami va og‘irligi bo‘yicha.
Paxtali to‘qimalar ishlab chiqarishda tanda iplari qayta o‘rash,
tandalash, ohorlash va ip o‘tkazish yoki ulash jarayonlardan o‘tsa,
arqoq ipi to‘quv dastgohi bobinada (mokisiz dastgoh uchun) yoki
naychalarda keltiriladi (1-rasm).
Mokisiz dastgoh uchun
Mokili dastgoh uchun
Xomashyo ombori
Qayta o‘rash
Qayta o‘rash
To‘quvchilik
Saralash, o‘lchash va tozalash
Pardozlash
Tandalash
Ohorlash
Ip o‘tqazish, ip
bog‘lash
Tuftak
Arqoq ipi
Bobina Bobina
Naycha
Tanda ipi
Arqoq ipi
1-rasm.
Paxtali to‘qimalar ishlab chiqarishning umumiy texnologik zanjiri.
To‘quvchilik jarayonining samarali kechishi iplarning to‘quvchi-
likka tayyorlash va ularni muqobilini tanlashga bog‘liq. Yuqori
samaraga erishish uchun iplarning uzilishlari soni minimal bo‘lishi
kerak va buning uchun:
7
a) sifatli iplarni tanlab olish;
b) ip muqobil o‘ramaga qulay yo‘l bilan o‘ralgan bo‘lishi;
d) ipga foydalanishdan oldin kerakli ishlov berilgan bo‘lishi
kerak.
Yuqoridagi talablar har xil darajada ham tanda, ham arqok iplari
uchun tegishlidir. Tanda va arqok iplarini to‘quvchilikka tayyorlash
texnologik jarayonlari bir-biridan farq qilib, har biri alohida tayyor-
lanadi. Qayta o‘rash jarayoni esa tanda va arqoq iplari uchun umu-
miy bo‘lib, bir xil sharoitlarda amalga oshiriladi.
Shoyi gazlamalar ishlab chiqarish uchun iplar kalavalarda (xom
ipak) yoki gardishli g‘altaklarda (pishitilgan ipak) keltiriladi. Tanda
iplari to‘quvchilikka tayyorlanganda xom ipak tarkibida seritsin
(yyelim modda) bo‘lganligi uchun tabiiy ipak ohorlash jarayonidan
o‘tmaydi.
Ayrim gazlamalar ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘p o‘timli
bo‘lib, u tanda iplariga badiiy bezak berish bilan bog‘liq. Quyida
honatlas matosini ishlab chiqarish texnologiyasida qatnashadigan ja-
rayonlar keltirilgan (2-rasm).
Keltirilgan texnologik jarayonlar zanjiridan ko‘rinib turibdiki,
honatlas matosini ishlab chiqarishda tanda iplariga badiy bezak
berish bilan bog‘liq maxsus jarayonlar mavjud. Katta krep guruh
(krepdeshin, krepjorjet va sh. o‘.) gazlamalarini ishlab chiqarishda
ipak tarkibidagi yelim (seritsin) moddasidan foydalaniladi va ga-
zlama pardozlash jarayonidan keyin yuviladi (yelimsizlantirila-
di). Xonatlas ishlab chiqarishda esa ip yelimsizlantirilib, so‘ngra
bo‘yash ja rayo niga tayyorlanadi. Yelimsizlantirish kalavalarda baja-
rilib, keyingi jarayonda iplar kalavadan bobinalarga qayta o‘raladi.
Libitlash, tandalash jarayonining bir turi bo‘lib, unda 40–60
gacha iplar jamlanib, perimetri katta kalava libit olinadi. So‘ngra
libitlarga oldindan tayyorlangan naqsh izi tushiriladi. Naqsh olish
uchun libitlar avrband usulida bog‘lanadi, natijada libit bo‘yalganda
bog‘lanmagan joylar asosiy ranga bo‘yalib, bog‘langan joylari
bo‘yalmay qoladi. Qolgan ranglar «Kosa bo‘yoq» usulida bo‘yaladi.
8
Tanda libitlarini naqsh bo‘yicha to‘quv
g‘altagiga o‘rash
Arqoq. Yelimsizlahtirish, siqish,
qoqish, quritish
Bobinaga qayta o‘rash
Libitlash
Bobinaga qayta o‘rash
Naqsh izini tushirish, libitlarni
bog‘lash, abrband jarayoni
Libitlarni ivitish, bo‘yash, siqish,
qoqish, quritish
Bo‘yalgan libitlarni tandaga jamlash
Shodaga tеrish, tig‘dan o‘tkazish yoki
ip ulash
Aprеtlash, kudinchlash
Xom gazlamani saralash,
taxtlash va tozalash
To‘quvchilik
Taqovat qilish va tig‘dan o‘tkazish
Tanda. Yelimsizlahtirish, siqish,
qoqish, quritish
Abrli tandalarni taroqlash
Bo‘yash
Pishitilgan ipak ombori ipak kalavalarda
2-rasm.
«Xonatlas» gazlamasini ishlab chiqarish texnologik jarayonlari.
9
Bu jarayonlarning takrorlanishing honatlas naqshidagi ranglar
soniga qarab qaytariladi. Qolgan jarayonlar ham asosan tanda
iplarida mo‘ljallangan naqshni to‘g‘ri tushirish bilan bog‘liq holda
amalga oshiriladi.
|