Qo‘shilgan iplar
– ikkita va undan ko‘p kompleks iplarni yoki
yigirilgan iplarni qo‘shib pishitilmagan holatdagi iplar.
Tabiiy ip
– tabiiy tolalardan olingan ip.
Kimyoviy ip
–
sun’iy yoki sintetik yuqori molekulali
moddalarni shakllantirish usuli bilan olingan ip.
12
Sun’iy ip
– tabiiy yuqori molekulali moddalardan olingan
kimyoviy ip.
Sintetik ip
– yuqori molekulali sintetik moddalardan olingan ip.
Jgut
– eshilmagan bir qancha (10. 000÷20. 000) kimyoviy
elementar iplar yig‘indisi. Jgut 32–100 mm uzunlikda kesilsa,
shtapel tola hosil bo‘ladi.
Shakldor ip
– ipning ustida takrorlanuvchi mahalliy o‘zga-
rishlarning mavjudligi (tugunchalar, halqalar, yo‘g‘onlik va h. k.)
Chirmoviqli ip
– o‘zak ip atrofida uning uzunligi bo‘yicha tola
yoki qo‘shimcha ipning chirmashidan hosil bo‘lgan ip.
Teksturlangan ip
– kimyoviy iplarga qo‘shimcha mexanik yoki
termomexanik ishlov berib, ipning chiziqli shaklini o‘zgartirib,
katta hajmli cho‘ziluvchan xususiyatga ega bo‘lgan ip.
Turdosh yigirilgan ip
– bir xil tolalardan yigirilgan ip.
Aralash yigirilgan ip
– har xil tolalardan yigirilgan ip.
Turdosh ip
– bir xil iplardan tashkil topgan ip.
Noturdosh ip
– har xil iplardan tashkil topgan ip.
Tilimlangan ip
– qog‘oz, plyonka materiallarini yupqa, ensiz,
uzun qilib kesib olingan ip.
Paxta tolasidan ip olish jarayonida quyidagi yarim mahsulotlar:
xolst, tola tarami, pilta va pilik hosil bo‘ladi. Yarim mahsulotlarni
olish jarayonida to‘qimachilik tolalari tozalanadi, titiladi,
tekislanadi, uzunligi bo‘yicha to‘g‘rilanib, parallel holatga
keltiriladi. Oxirgi yarim mahsulot – pilik yoki piltadan ip yigiriladi.
To‘qimachilik buyumlari ham ikki holatda bo‘lishi mumkin:
xom buyumlar dastgohlardan olinib, ishlov berilmagan buyumlar;
tayyor buyumlar esa xom buyumlar kimyoviy pardozlash
jarayonidan o‘tkazilgan, oqartirilgan, bo‘yalgan, gul bosilganlaridir.
Dastlab tolalar o‘simliklardan, jonivorlardan olingan. Bu tolalar
tabiiy tolalar deb ataladi. Tabiiy tolalar maxsus korxonalarda
yetishtirilgan xomashyoga dastlabki ishlov berish yo‘li bilan olinadi
(paxta, jun, kanop, zig‘ir va h. k.).
13
Tabiiy tolalar yakka tuzilishda (paxta turi) va bir qancha yakka
tolalarning yig‘indisidan tashkil topgan texnik tola (zig‘ir, kanop)
holatida bo‘ladi.
Kimyoviy tola har xil tabiiy va sintetik polimerlarni eritish,
sovutish, qotirish usullari bilan olingan yakka iplar yig‘indisi to‘dasi
(jguti)ni uzish, kesish usuli bilan olinadi (viskoza, nitron, kapron,
lavsan va h. k.).
To‘qimachilik materiallarining tasnifidagi 1-guruhga dastlabki
yakka iplar kiradi. Yakka iplar tabiiy va kimyoviy guruhlarga
bo‘linadi. Tabiiy yakka iplarga seritsin moddasi bilan yelimlangan
pilla ipi kiradi. Kimyoviy yakka iplarga viskoza, atsetat, kapron,
lavsan, nitron va h. k.lar kiradi.
Tabiiy va kimyoviy yakka iplar kompleks iplar tarkibiga kiradi.
Yakka iplardan to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda
kompleks iplar holatida foydalaniladi. Har xil maqsadlar uchun
yakka iplardan yo‘g‘onroq iplar ishlab chiqariladi. Bu iplar monoip
deb ataladi.
Dastlabki materiallarga qog‘oz va kimyoviy pardalarning
tilimlangan bo‘lakchalari ham kiradi.
To‘qimachilik materiallari tasnifining 2-guruhiga hamma
turdagi iplar kiradi: birlamchi, kompleks, tilimlangan; ikki-
lamchi
–
pishitilgan, shakldor va hajmdor (teksturlangan) iplar
kiradi. Iplarning asosiy turi yigirilgan ip bo‘lib, to‘qimachilik
sanoatida ishlab chiqariladigan iplarning 85 foizini tashkil etadi.
Kompleks iplar o‘zining ahamiyati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda
turadi. Tabiiy ipakdan tashqari kompleks iplarning hammasi
kimyoviy iplar tarkibiga kiradi.
Kompleks iplar asosan kichik va o‘rtacha chiziqli zichlikda
ishlab chiqariladi. Kompleks iplar tarkibida elementar iplarning
ilashimligini yaxshilash uchun ular eshiladi yoki havo bilan
chigallantiriladi. Qog‘oz va pardalarning tilimlangan bo‘lakchalarini
eshib, turli iplar olinadi. Iplarga har xil ishlov berib, tuzilishini
o‘zgartirib, cho‘ziluvchan, hajmdor, shakldor iplar olinadi.
14
To‘qimachilik materiallari tasnifining 3-guruhiga har xil
to‘qimachilik buyumlari kiradi. Ularning asosiy qismini iplardan
to‘qilgan gazlamalar tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda trikotaj matosi
va tayyor trikotaj mahsulotlar turadi. To‘qimachilik buyumlariga
iplarni yoki past sifatli tolalar to‘shamini qavish, yelimlash usullari
bilan olingan noto‘qima materiallar, shuningdek, iplardan ishlab
chiqarilgan tasmalar, to‘rlar, deraza pardalar va har xil bog‘ichlar
kabi attorlik buyumlari kiradi.
To‘qimachilik iplaridan har xil pishitilgan tayyor ip mahsulotlari
ham ishlab chiqariladi. Bularga tikuvchilik va poyabzal sanoatida
ishlatiladigan tikuv iplari, xo‘jalikda foydalaniladigan chilvir,
tasma, kemalarda ishlatiladigan arqonlar kiradi. Past navli tolalar
va momiqlar tarab-tozalangandan keyin ulardan tikuvchilik
va mebelbop, xo‘jalik paxtalari ishlab chiqariladi. Bular ham
to‘qimachilik tayyor mahsulotlari hisoblanadi.
Keyingi yillarda aralash usullar bilan tayyor mahsulotlar
ishlab chiqarilmoqda. Qog‘oz yoki to‘qima ustiga tolalarni
yelimlab, noto‘qima materiallar olish: gazlama, trikotaj, noto‘qima
materiallarni g‘ovakli plyonkalar ustiga yelimlab yopishtirib,
dublerin materiallarini olish shular jumlasidandir. To‘qimachilik
sanoatida tola va iplardan ishlab chiqariladigan materiallarning
turlari juda ko‘p.
|