• Tabiiy tolalar – tabiatdan (o‘simliklardan, jonivorlardan va ma’danlardan) olingan tolalar. Kimyoviy tolalar
  • Sun’iy tola – tabiiy yuqori molekulali moddalardan olingan kimyoviy tola. Sintetik tola
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    1.2. To‘qimachilik tolalari
    To‘qimachilik tolasi
    deb to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab 
    chiqarishga yaraydigan, chegaralangan uzunlikdagi, yumshoq, 
    ingichka va mustahkam jismga aytiladi.
    Elementar tola
    – uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan yakka tola.
    Kompleks tola (texnik tola)
    deb uzunligi bo‘yicha bir qancha 
    elementar tolalarning birikishiga aytiladi.
    Tabiiy tolalar
    – tabiatdan (o‘simliklardan, jonivorlardan va 
    ma’danlardan) olingan tolalar.
    Kimyoviy tolalar
    – sun’iy yoki sintetik yuqori molekulali 
    moddalardan olingan kompleks iplarni kesish yoki uzish usuli bilan 
    ishlab chiqarilgan tolagalar.
    Sun’iy tola
    – tabiiy yuqori molekulali moddalardan olingan 
    kimyoviy tola.
    Sintetik tola 
    – sintetik yuqori molekulali moddalardan olingan 
    kimyoviy tola.
    Sun’iy tolalar 
    tabiiy polimerlardan olinadigan tolalardir

    Eng 
    ko‘p tarqalgani viskoza tolasi – yog‘och sellulozasi, polinoz tolasi 
    viskoza modifikatsiyasidir.
    Viskoza o‘rtacha pishiqlikka ega bo‘lib, paxta tolasi bilan yaxshi 
    aralashadi. Shu bilan birga tola nisbatan uzunroq bo‘lganligi tufayli 
    notekislik pasayadi va uzulish kamayadi. Viskoza tolasining katta 
    kamchiligi bor. U ham bo‘lsa, viskoza ho‘llanganda 50 % gacha 
    pishiqligini yuqotadi. Bundan tashqari, viskoza ipidan to‘qilgan 
    matolar katta kirishishga ega.
    Polinoz tolalar yuqori pishiqlikka ega (30 dan 52 cN/teks 
    gacha). Pishiqligi tola ho‘llanganda oz miqdorda o‘zgaradi. Ishqoriy 
    eritmalar ta’siriga juda chidamli. Shuning uchun polinoz matolarni 
    xuddi paxta matolaridek merserizatsiyalash mumkin. Shuni 


    10
    ta’kidlash kerakki, polinoz tolalari oddiy viskoza tolalaridan 1,5 
    marta qimmatdir.
    Paxta tolasini viskoza bilan aralashtirib, ko‘ylakbop, kostumbop, 
    ichki kiyimbop matolar, flanel, tibbiyot dokasi ishlab chiqarish 
    mumkin. Paxta va polinoz tolalaridan aralashtirib chit, bo‘z, sochiq; 
    tukli, ro‘molbop, astarbop matolar ishlab chiqariladi va qo‘llaniladi. 
    Shuningdek, trikotaj iplari ham olishda ishlatiladi.
    Mis-ammiakli tolalar viskoza seulozasining eritmasini ammiakli 
    mis gidroksil eritmasida shakllantirib olinadi. Bu tolalar ham 
    yaltiraydi, yaxshi bo‘yaladi va elektrizatsiyalanadi. Kamchiligi: 
    pishiqligi juda past. Asosan gilam patida ishlatiladi (10–13 cN/teks). 
    Triatsetat iplari – viskoza tolalaridan pishiqroq (12–16 cN/ teks).
    Sintetik tolalar tabiiy manomerlardan sintezlanib, polimerlar 
    olinadi va fileradan o‘tkazilib uzluksiz tolalar shakllanadi. Sintetik 
    tolalarga poliamid, poliefir, poliakrilonitril, polivinilxlorid, 
    polipropilen tolalari kiradi.
    Sintetik tolalar olishda past molekulali moddalar (monomer lar): 
    etilen, atsetilen, fenol va boshqalardan foydalaniladi. Sintetik tolalar 
    tabiiy tolalardan bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi:
    – pishiqligi yuqori;
    – past gigroskopikligi tez yuviluvchan va kuruvchan qiladi;
    – matolar shaklan yaxshi barqarorlikka ega bo‘ladi, kam 
    g‘ijim lanadi;
    – ishqalanishga bardoshliligi yuqori;
    – kimyoviy reagentlar ta’siriga barqaror.
    Asosiy kamchiligi: mexanik ta’sir natijasida elektrizatsiyalanib 
    qoladi. Ba’zilari yomon bo‘yaladi va pilling hosil qiladi.
    Poliefir tolalarga – lavsan kiradi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish