|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis (operator) lavozim yo‘riqnomasi
|
bet | 1/3 | Sana | 06.08.2024 | Hajmi | 31,1 Kb. | | #269182 |
Bog'liq 5. Operator
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis (operator)
LAVOZIM YO‘RIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim Yo‘riqnomasi (keyingi o‘rinlarda – Yo‘riqnoma) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) ning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis (keyingi o‘rinlarda – operator) ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarligini belgilab beradi.
2. Operator “Inson” markazi direktori (keyingi o‘rinlarda – direktor) buyrug‘i bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
3. Operator lavozimiga ijtimoiy sohada kamida o‘rta-maxsus yoki oliy ma’lumotli, kamida bir yillik ish stajiga ega, mamlakat ichki va tashqi siyosatida sodir bo‘layotgan yangiliklardan xabardor, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida tushunchaga ega hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan shaxs tayinlanadi.
4. Operator faoliyati vertikal boshqaruv tizimi asosida tegishli yo‘nalish bo‘yicha “Inson” markazi direktori tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Operator o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Agentlikning qarorlari, buyruq va farmoyishlariga, Agentlik nizomi, “Inson” markazi nizomi hamda ushbu lavozim yo‘riqnomasiga amal qiladi.
2-bob. Operator asosiy vazifa va funksiyalari
6. Operator quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
aholining ijtimoiy xizmat va yordamlar, shuningdek, ijtimoiy ish faoliyati haqida xabardorligini oshirish;
aholidan murojaatlarni qabul qilish;
arizani qabul qilish (nechta xizmat bo‘yicha qabul qiladi), ro‘yxatga olish “YAMIH” ATga kiritish va bek-ofisga jo‘natish
davlat sirlarini tashkil etuvchi axborot va maxfiy maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qiladi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni birlamchi va kompleks baholash uchun ijtimoiy xodimga yo‘naltirish;
aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar to‘g‘risida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlarni olishga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha tushuntirish berish;
7. Operator o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) aholining ijtimoiy xizmat va yordamlar, shuningdek, ijtimoiy ish faoliyati haqida xabardorligini oshirish sohasida:
aholini ijtimoiy himoya sohasida qabul qilingan dasturlarlar bo‘yicha axborot beradi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsga ijtimoiy himoya sohasidagi tashviqot materiallarini (flaerlar, varaqalar) tarqatadi;
fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qiladi;
jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar orasidan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularning ota-onalariga mavjud ta’lim shakllari hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning faoliyati yuzasidan axborot beradi;
2) ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat
va yordamlar ko‘rsatishni tashkil qilish sohasida:
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini doimiy ravishda tahlil va monitoring qilib boradi;
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning xulosasini olish uchun ariza qabul qiladi;
kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlashga ariza qabul qiladi;
3) aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat
va yordamlar to‘g‘risida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlarni olishga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha tushuntirish berish sohasida:
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning ijtimoiy xizmatlar
va yordamlardan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirish beradi;
og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar va oilalar toifalariga kiruvchi shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar to‘g‘risida ma’lumot hamda tushuntirishlar beradi;
18 yoshgacha bo‘lgan homilador onalarga hamda ularning oila a’zolariga farzandidan voz kechishning psixologik, ijtimoiy va huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish beradi;
bolalarning sog‘liqni saqlash, ta’lim va huquq xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun ota-onalar, vasiylik va homiylikka, oilaviy bolalar uyiga tarbiyaga olgan shaxslarga bola parvarishi, ota-onalik ko‘nikmalari bo‘yicha ko‘rsatma va tushuntirishlar beradi;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis (operator) lavozim yo‘riqnomasi
|