|
Operator o‘ziga yuklatilngan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Operatorning huquqlari va majburiyatlari
|
bet | 2/3 | Sana | 06.08.2024 | Hajmi | 31,1 Kb. | | #269182 |
Bog'liq 5. Operator8. Operator o‘ziga yuklatilngan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Operatorning huquqlari va majburiyatlari
9. Operator zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
qonunlarda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan barcha imtiyoz va kafolatlardan foydalanish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan ish joyiga ega bo‘lish;
o‘z malakasiga, mehnatning murakkabligiga, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga muvofiq o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda ish haqi olish;
o‘z mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonun bilan taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda nodavlat notijorat tashkilotalari bilan hamkorlik qilish;
“Inson” markazi rahbariyatining o‘z faoliyatiga oid qabul qilingan qaror va buyruqlar bilan tanishish;
“Inson” markazi faoliyatini va ish uslublarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlarining odob-axloq qoidalari bilan tanishish;
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi va boshqa axborot tizimlardan foydalanish tartibini so‘rash va olish;
o‘z kasbiy mahorati va malakasini tizimli ravishda oshirish;
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlarining odob-axloq qoidalariga va mehnat qonunchiligiga qat’iy rioya qilish;
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishi;
o‘z harakatlari va qarorlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya qilish;
insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga, ish beruvchining mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida bo‘lgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi to‘g‘risida ish beruvchiga yoki bevosita rahbarga darhol xabar qilishi;
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda fuqaroning yoshi, jinsi, millati va diniy mansubligi, ruhiy va jismoniy salomatligi xususiyatlari, farovonligi darajasi va boshqa xususiyatlaridan qat’i nazar o‘z faoliyatini ijtimoiy xizmat foydalanuvchilarini jalb qilgan holda amalga oshirish;
O‘z kasbiy mahorati va malakasini tizimli rivojlantirib borish;
Faoliyatiga doir hisobotlar, axborotlar va hujjatlarni (hujjatlar, hisobotlar, bayonnomalar va hokazolar) tuzish, to‘ldirish hamda rahbariyatga taqdim qilish;
Ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
Operator zimmasiga yuklatilgan vazifalar bo‘yicha tartibga solinadigan qonunchilik hujjatlarini bilish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Operator o‘ziga yuklatilngan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Operatorning huquqlari va majburiyatlari
|