• 5-bob. Yakuniy qoidalar 11.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis (operator) lavozim yo‘riqnomasi




    Download 31,1 Kb.
    bet3/3
    Sana06.08.2024
    Hajmi31,1 Kb.
    #269182
    1   2   3
    Bog'liq
    5. Operator

    4-bob. Operatorning javobgarligi
    10. Operator quyidagilar uchun javobgar:
    mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishi;
    ushbu Yo‘riqnoma, “Inson” markazining nizomi va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarish;
    zimmasiga yuklangan lavozim vazifalarining to‘laqonli bajarilishi;
    foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishi va o‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi;
    moddiy javobgar shaxs hisoblanib, yurituvidagi hujjatlarni belgilangan tartibda saqlanishi;
    jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari talablariga rioya etilishi;
    qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan faoliyat turlari bilan shug‘ullanmaslik;
    o‘z kasbiy mahorati va malakasini tizimli rivojlantirib borish;
    Agentlikning obro‘si va sha’niga putur еtkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaslik uchun javobgardir.
    Operatorning qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi), shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.


    5-bob. Yakuniy qoidalar
    11. Ishlash vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.
    12. Ushbu Yo‘riqnomaga hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
    Lavozim yo‘riqnomasi bilan tanishdim:
    ___________
    20__ yil “___” _________


    Kelishildi:
    Download 31,1 Kb.
    1   2   3




    Download 31,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis (operator) lavozim yo‘riqnomasi

    Download 31,1 Kb.