• Beshinchidan
  • Oltinchidan
  • Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti




    Download 97.26 Kb.
    bet39/42
    Sana04.07.2021
    Hajmi97.26 Kb.
    #15380
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
    To‘rtinchidan, yetuk, mahoratli o‘qituvchilarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini isloh qilish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish choralari ko'riladi.

    Buning uchun xalq ta'limi tizimidagi rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo'yiladigan davlat talablari takomillashtiriladi. O'quv reja va dasturlar mazmuni qayta ko'rib chiqilib, zamon talabiga moslashtiriladi. Pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimidagi professor-o'qituvchilar sifat tarkibi yosh, ilmiy salohiyatga ega kadrlar bilan to'ldiriladi. Pedagogika institutlarida ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ixtisoslik fanlarini o'qitish metodikasining yangi o'quv dasturlari yaratiladi.



    Beshinchidan, maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish muhim strategik vazifalardandir.

    Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi "2017–2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida belgilangan vazifalar bu boradagi ishlarning asosini tashkil qiladi. Jumladan, qishloq aholi punktlarida 50 ta yangi maktabgacha ta'lim muassasasini qurish, mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta'mirlash hamda ularni zamonaviy talablar asosida inventar, o'quv-metodik qo'llanma va zarur anjomlar bilan ta'minlash orqali jami 2200 ta maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.

    Ta'lim-tarbiya jarayoniga xalqaro tajribalar asosida yangi dasturlar joriy etilib, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasi sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tariladi. MTMlarni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, ularning sifat tarkibini yaxshilash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtiriladi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017 – 2021-yillarga mo'ljallangan dastur doirasida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruh ochiladi. 3-6 yoshdagi maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olinmagan farzandlari bor 400 ming oila metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlanadi.

    Oltinchidan, xalq ta'limi boshqaruvi idoralari va ta'lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash muhim vazifa sifatida belgilanadi.

    Xalq ta'limi boshqaruvi idoralari rahbarlarining virtual qabulxonalari ishga tushiriladi, joylarda aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda tizimda interaktiv xizmatlar ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi.

      Umuman olganda, Prezidentimizning ko`plab farmonlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar xalq ta'limi tizimini jadal rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Farzandlarimizning har tomonlama yetuk, sog'lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi esa yurtimizdagi minglab ota-onalarni quvontirishi barobarida davlatimizning kelajakdagi yuksak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor bo‘lishi shubhasiz.  




    Download 97.26 Kb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




    Download 97.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

    Download 97.26 Kb.