18 799 914 000 so‘m
– 28.11.2022. Nukus shahridagi Do‘stlik kanali bo‘yida istirohat bog‘ini
tashkil etish, musiqali favvora, atrofidagi ko‘chalarga tashqi yoritish moslamalarini o‘rnatish,
bolalar o‘yingohlari, “Workout” maydonchalari qurish, ko‘p kvartirali uylar fasadlarini ta’mirlash va
obodonlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma (to‘lov muddatlariga o‘zgarish kiritilgan).
27 799 914 000 so‘m
– 19.12.2022. Nukusdagi loyiha bo‘yicha yana bir qo‘shimcha shartnoma
(to‘lov muddatlariga o‘zgarish kiritilgan). Birlamchi shartnoma qiymati (34,3 mlrd so‘m)
o‘zgarmagan.
2 700 000 000 so‘m
— 19.12.2022. Shayxontohur tumani hududidagi Zaxariq kollektorining
Uchlola berk ko‘chasidan Quyi Jangoh kollektorigacha bo‘lgan 600 metr qismini yopiq holatga olish
va kollektor ustida 700 metr masofadagi hududni obodonlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma.
Birlamchi shartnomadagi taxminiy qiymat qo‘shimcha shartnoma asosida 36,99 mlrd so‘mdan 24,9
mlrd so‘mga kamaygan. Shu bilan birga, mazkur kompaniya bu ishlarga aloqador asosiy loyiha
(Jangoh, Chuqurko‘prik va Zaxarariq kollektorlarini yopiq holatga o‘tkazish va boshqalar)
yuzasidan 2022 yil yozida o‘tkazilgan tenderda 307,8 mlrd so‘mlik taklif bilan
shubhali
ravishda
g‘olib deb topilgan.
10 022 700 000 so‘m
— 28.12.2022. Toshkent arxitektura-qurilish instituti o‘quv binosi (1.1-blok)
bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma. Birlamchi shartnomadagi taxminiy qiymat qo‘shimcha
shartnomalar hisobiga 77,1 mlrd so‘mdan 101,9 mlrd so‘mga yetgan.