ta’mirlash, yoritish vositalarini qurish bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma (to‘lov muddatlariga
o‘zgarish kiritilgan). Birlamchi shartnoma qiymati (36,3 mlrd so‘m) o‘zgarmagan.
1 932 000 000 so‘m
— 07.11.2022. Senat binosining mavjud avtomobil yo‘llarini binoning ichki
kirish yo‘llari bilan bog‘lash hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma
(to‘lov muddatlariga o‘zgarish kiritilgan). Birlamchi shartnomadagi taxminiy qiymat qo‘shimcha
shartnomalar hisobiga 6,5 mlrd so‘mdan 6,9 mlrd so‘mga yetgan.
Mazkur uchala kompaniya ham oxirgi yillarda Toshkentda juda ko‘p qurilishlar bo‘yicha davlat
buyurtmalarini tendersiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘lga kiritib keldi:
•
Discover Invest'ning asosiy hissadori (56,9 foiz) Ismoil Isroilov ayrim manbalarda Jahongir
Ortiqxo‘jayevning jiyani bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Isroilov muqaddam Akfa Engineering
Management kompaniyasi direktori bo‘lgan.
•
Mimar Group'ning asosiy hissadori (57,9 foiz) Alisher G‘aniyev Jahongir Ortiqxo‘jayevga yaqin shaxs
sifatida ko‘riladi. Bu kompaniyaning sobiq direktori Dilmurod G‘oyipov o‘z vaqtida Ortiqxo‘jayev
egalik qilgan Dream Production kompaniyasini ham boshqargan.
•