• Ms =Mr/Tmx
  • Fs =F/Mx
  • Ks =K/
  • Asosiy vositalar va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi 23
  • Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot




    Download 1,26 Mb.
    bet41/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Ms = Mx /Tmx
    Ko‘pincha amaliyotda mehnat sig‘imining boshqacha ma’nosini bildiruvchi mehnat unumdorligi (Mu) ko‘rsatkichidan foydalaniladi:
    Mu= Tmx/Mx
    Mehnat unumdorligi - inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko‘pmi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.
    Ishlab chiqarishning material sig‘imi mahsulot (ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish) birligiga ketadigan va unda ifodalanadigan moddiy resurslar (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, sotib olinadigan butlovchi buyumlar va yarimfabrikatlar, yoqilg‘i va energiya) yalpi sarfini tavsiflovchi ko‘rsatkichdir. U quyidagi formula yordamida ifodalanadi:
    Ms =Mr/Tmx
    Ishlab chiqarishning fondtalabligi mahsulot birligiga (natural yoki qiymat doirasida) to‘g‘ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichdir. Fond sig‘imi (Fs) asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning samaradorligini ko‘rsatadi va bu fondlar o‘rtacha yillik qiymatining (F) mahsulot hajmiga (Mx) nisbatini ifodalaydi:
    Fs =F/Mx
    Bu miqdorning teskarisi fond samarasi (natijasi) yoki fond qaytimi (Fk) deb yuritiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    Fk =Mx/F
    Ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini baholashda kapital qo‘yilmalardan foydalanish ko‘rsatkichlariishlab chiqarish fondlarini qayta takror ishlab chiqarishning yangi asosiy va aylanma fondlarini yaratish uchun zarur bo‘lgan jam- g‘arma fondlari samaradorligini tavsiflaydi. Bunday ko‘rsatkichlardan eng muhimi kapitaltalablik yoki kapital sig‘imi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich (Ks) kapital mablag‘lar (K) yordami bilan tayyorlangan mahsulotning ko‘paygan qismiga nisbati bilan ifodalanadi:
    Ks =K/\ Mx
    Yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator tabaqalashtirilgan (differensiyalangan) ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish samaradorligini baholash va tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi, xarajatlar va resurslar asosiy turlarining qaytarib berilishini tavsiflaydi. Lekin, faqat bu ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi o‘zgarishiga baho berish qiyin, chunki ular o‘zgarishning xarakteri va dinamikasini taqqoslay olmaydi. Undan tashqari, ba’zi davrlarda ular har xil yo‘nalishda o‘zgaradilar. Masalan, sanoatda mehnat unumdorligi juda sekinlik bilan oshmoqda.
    5.1-jadval
    Asosiy vositalar va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini
    ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi23



    Download 1,26 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot

    Download 1,26 Mb.