Kolonna qurilmalari va absorberlarda qo`llaniladigan tarelkalar




Download 1.02 Mb.
bet5/6
Sana13.12.2022
Hajmi1.02 Mb.
#34599
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Absorbsiya jarayoni haqida umumiy ma`lumot
Basic Work Book, Yoshlarda kitob o’qish madaniyatini shakllantirishda oila-fayllar.org, kitob o’qish madaniyatini shakllantirishda oila-fayllar.org, 4725-Article Text-11860-1-10-20220108
Kolonna qurilmalari va absorberlarda qo`llaniladigan tarelkalar


Kolonnali qurilmalarda qo'llaniladigan tarelkalar asosan 4 guruhga bo'linadi:
- qalpoqchali (dumaloq, tarnovcha va boshqa shaklli, s-simon elementli va h);
- ag'dariluvchi (to'rtburchak tirqishli, elaksimon va h);
- klapanli (turli shaklli va ko'ndalang kesimli klapanlar);
- oqimchasi yo'naltirilgan tarelkalar.
Klapanli tarelkalarni tayyorlash texnologiyasi quyidagi jarayonlardan iborat: klapanni tayyorlash; tarelka listini tayyorlash; tarelka listi bilan klapanlarni yig'ish. Klapanlar listli prokatdan yasaladi ( -rasm).



List qalinligining sertifikatda ko'rsatilgan qiymatdan chetlashishi ±0,15 mm. Klapan konstruksiyalariga qo'yilgan texnik talablarga binoan massasining nominal
ko'rsatkichdan chetlashishi ±0,003 kg. 17-rasmda klapan zagotovkasini o'yib kesish sxemasi keltirilgan.Ushbu jarayon ikki qavatli shtampda amalga oshiriladi.Bunda, list 1 uzlukli, davriy harakatlanadi.


Oldingi siklda o'yilgan teshiklarga tayanchlar kirib, keyingi o'yish jarayoniga zagotovka qo'zg'almasligini ta'minlab beradi. Ayrim shtamplarda klapanning chegaralovchi tayanchlarni 90 ga bukish va ularni kalibrlash jarayonlarini ham bajarish mumkin.




-rasm. Klapan zagotovkasini o'yib kesish sxemasi.
1-list;
2-yo'naltiruvchi planka;
3-tayanchlar.


Listlar konfiguratsiyasi to'rtburchak yoki egri chiziq konturli bo'lishi mumkin. Klapan listi 08X13, 08X18N10T yoki St.3kp markali 2 va 4 mm qalinlikdagi po'latlardan yasaladi. List tekislab to'g'rilangandan keyin, gilotin qaychilarda kesiladi. Teshiklarni o'yib kesish, tegishli puansonlarni galma-gal ulash yoki o'chirish yo'li bilan bajariladi.





Buning uchun tarelka listidan bukish radiusi markazigacha bo'lgan masofa, tayanch oyoqcha bukilish burchagi, yon tomondagi tayanch oyoqlarining markazga yo'nalgan qiyaligi tekshiriladi. Elaksimon tarelkalar quyidagi texnologiya bo'yicha tayyorlanadi (19 - rasm). Listli zagatovka to'g'rilash mashinasidagi (1 m uzunlikka 1,5 mm aniqlikda) tekislangandan so'ng teshib cho'zuvchi mashinaga uzatiladi va unda teshiklar qilinadi. Jarayon tugagandan keyin, list uzunligi bo'yicha yacheyka o'qining siljishi 2 m ga 5 mm lenta eniga (1 m uzunlikdagi) 7 mm ko'p bo'lishi mumkin emas. Tarelka seksiyalari 2 xil bo'ladi: to'g'ri burchakli va egri chiziqli. TSK–1 tipidagi dumaloq qalpoqchali tarelka konstruksiyasi 20–rasmda keltirilgan. Ushbu shtamp bir vaqtda qalpoqchada beshta teshik qilishi mumkin. Shtamp asos 10, yulduzsimon qobiq 5, beshta puanson 12 va puanson ushlagich 13 lardan tarkib topgan. Qobiqda qalpoqchalarni o'rnatish uchun beshta kallak 9, tarelkasimon siqgich 11 va burish mexanizmi uzellari joylashtirilgan. Press polzuni yuqoriga harakatlanganda, richag 1 va 2 lar orqali g'ildirak 3 bitta tishga buriladi. G'ildirak 3 burilishi valik 6 va yetakchi konussimon shesterni 4 ni aylantiradi. Konussimon va silindrik shesternyalar 8 orqali aylanish valiklar 7 dan shtamp kallaklariga uzatiladi. Polzunning keyingi harakatida sikl yana qaytariladi. Qalpoqchalarda tirqishlar ochishning to'liq jarayoni press polzunining 36 ta yurishida amalga oshadi. Jarayon tugagach, pnevmatik uzatma ishga tushiriladi.
Bunda, ekssentrik disk buriladi, qalpoqchalar bo'shatiladi va zagotovka
almashtiriladi. Tarelkalar asosiga patrubkalarni mahkamlash uch usulda qilinishi mumkin: razvalsovka, dumalatib jipslash va payvandlash. Oxirgi ikki usul TSK–R, TSK– RU va TSK–RB tipidagi, legirlangan po'latdan yasalgan qalpoqchalarni tayyorlashda qo'llaniladi.


Diametri 57x4, 70x3, 70x4,5 mm li trubalardan yasalgan patrubkalarni razvalьsovka jarayoni radial – parmalash dastgohida qilinadi (20-rasm).
Tarelka zagotovkasi 2 va teshikli patrubka 3 lar birgalikda dastgohga o'rnatiladi, valsovka maxsus patron yordamida shpindel bilan birlashtiriladi. So'ng, valsovka patrubka teshigiga vtulka tiralguncha kiritiladi.






Download 1.02 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1.02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kolonna qurilmalari va absorberlarda qo`llaniladigan tarelkalar

Download 1.02 Mb.