Absorbsiya jarayoni haqida umumiy ma`lumot




Download 1.02 Mb.
bet2/6
Sana13.12.2022
Hajmi1.02 Mb.
#34599
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Absorbsiya jarayoni haqida umumiy ma`lumot
Basic Work Book, Yoshlarda kitob o’qish madaniyatini shakllantirishda oila-fayllar.org, kitob o’qish madaniyatini shakllantirishda oila-fayllar.org, 4725-Article Text-11860-1-10-20220108
Tarelkali absorberlar

Tarelkali absorberlar. Bunday absorberlar vertikal kolonnadan iborat


bo’lib, ichki qismiga uning balandligi bo’ylab bir xil oraliqda bir nechta gorizontal
to’siqlar, ya’ni tarelkalar o’rnatiladi. Tarelkalar orqali gaz va suyuqlik bir-biri bilan
o’zaro to’qnashib, ularning harakati boshqariladi.
Gazlarning suyuqlikdan o’tishi va natijada tomchi hamda ko’piklarning hosil bo’lishi barbotaj deyiladi.
Sanoatda konstruktiv tuzilishi turlicha bo’lgan tarelkalar ishlatiladi. Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyilishiga qarab tarelkali absorberlar: quyilish qurilmali va quyilish qurilmasiz bo’ladi.
Quyilish qurilmali tarelkali kolonnalarda suyuqlik bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyiluvchi quvur yoki maxsus qurilma orqali o’tadi. Bunda quvurning pastki qismi tarelkadagi stakanga tushirilgan bo’lib, gidravlik zatvor vazifasini bajaradi, ya’ni bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga faqat suyuqlikni o’tkazib, gazni o’tkazmaydi.6-rasmda quyilish qurilmasi bor tarelkali absorberning sxemasi ko’rsatilgan.



Bunda suyuqlik kolonnaning yuqorigi qismidagi tarelkaga berilib, bu suyuqlik ushbu tarelkadan boshqa tarelkalarga maxsus qurilma orqali o’tadi va kolonnaning pastki qismidan chiqib ketadi. Gaz esa kolonnaning pastki qismidagi tarelkaning teshikchalaridan pufakchalar holida taqsimlanib, tarelkalardagi suyuqlik qatlamida ko’pik hosil qilib yuqoriga harakat qiladi. Tarelkada hosil bo’lgan gaz ko’piklari modda va issiqlik almashinish jarayonining asosiy zonasini tashkil qiladi. Tozalangan gaz esa kolonnaning yuqorigi qismidan chiqadi.Quyilish quvurlari shunday joylashtirilganki, bunda qo’shni tarelkadagi suyuqlik qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi.
Quyilish qurilmali absorberlarda elaksimon, qalpoqchali, klapanli, kapsulali,
plastinali va boshqa turdagi tarelkalar o’rnatiladi. Turli xildagi quyilish qurilmasi bo’lgan tarelkalarning samarali ishlashi gidrodinamik harakat rejimiga bog`liq. Gazlarning tezligi va suyuqlikning tarelkalarda taqsimlanishiga qarab tarelkali absorberlar uch yo’sinda: pufakli, ko’pikli, ingichka oqimli gidrodinamik rejimda ishlaydi. 7-rasmda elaksimon tarelkali absorberning ishlash sxemasi ko’rsatilgan. Bu turdagi qurilmalarda vertikal silindrsimon qobiq bo’lib, uning ichiga gorizontal tarelkalar o’rnatiladi.


Tarelkalarning butun yuza qismi 2-8 mm li teshikchalardan iborat bo’ladi. Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchisiga o’tishi va tarelkadagi suyuqlik qatlamining balandligi quyi qismi stakanga o’matilgan quyilish quvurlari orqali rostlanadi. Gaz tarelka teshiklaridan o’tib, suyuqlik qatlamida pufakchalar holida taqsimlanadi. Gaz tezligi juda kam bo’lsa, bunda yuqorigi tarelkadagi suyuqlik teshiklar orqali quyi tarelkaga oqib tushib ketadi, natijada gaz bilan suyuqlikning modda almashinish samaradorligi juda ham kamayib ketadi. Shuning uchun berilayotgan gaz tezligining qiymati va uning bosimi tarelkadagi suyuqlik qatlamining bosimidan yuqori bo’lib, tarelkadan suyuqlikning oqib tushishiga yo’l
qo’ymasligi kerak. Odatda g`alvirsimon tarelka yuzasidagi suyuqlik qatlamining balandligi 25-30 mm holida qalpoqchalarning teshigi bo’ylab taqsimlanadi (8- rasm).





Qalpoqchalarning teshiklari tishli bo’ladi va ular uchburchaklik to’g`ri burchak shaklida tayyorlanadi. Keyin esa gaz quyish qurilmasi orqali bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyilayotgan suyuqlik qatlamidan o’tadi. Suyuq qatlamlardagi harakat davomida ba’zi mayda oqimchalarning bir qismi bo’linib ketadi, gaz esa suyuqlikda pufakchalar holida taqsimlanadi. Qalpoqchali tarelkalardagi gaz ko’piklari va pufakchalarning hosil bo’lish samaradorligi gaz harakatining tezligiga va qalpoqchalarning suyuqlikka tushirilgan balandligining o’lchamiga bog`liq.
Qalpoqchali tarelkalar gaz va suyuqlikning sarfi katta bo’lganda ham barqaror ishlaydi. Kamchiliklari: tuzilishi murakkab, gidravlik qarshiligi katta, tozalash qiyin, narxi qimmat, berilayotgan gaz miqdori kam bo’lganda yomon ishlaydi.



Download 1.02 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1.02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Absorbsiya jarayoni haqida umumiy ma`lumot

Download 1.02 Mb.