• Yutilayotgan modda massasini va yutuvchi sarfni aniqlash. Gaz aralashmadagi yutuvchiga o’tayotgan CO2 massasining moddiy balans tenglamasi aniqlansin .
  • Absorberlar qurilmalarini tanlash Qurilma asosiy detallarini tayyorlash texnologiyasi
  • Jarayonlarni moddiy va issiqlik balanslari hisobi




    Download 1.02 Mb.
    bet4/6
    Sana13.12.2022
    Hajmi1.02 Mb.
    #34599
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Absorbsiya jarayoni haqida umumiy ma`lumot
    Basic Work Book, Yoshlarda kitob o’qish madaniyatini shakllantirishda oila-fayllar.org, kitob o’qish madaniyatini shakllantirishda oila-fayllar.org, 4725-Article Text-11860-1-10-20220108
    Jarayonlarni moddiy va issiqlik balanslari hisobi


    Tabiiy gaz tarkibidagi CO2 ni yutish uchun qalpoqcha tarelka (TCK-R)
    absorbtsion kolonna hisoblansin va loyihalansin.
    Berilgan malumotlar:
    1. Tabiiy gazning hajmiy sarfi: V0=4000 m3/soat=1,12 m3/sek
    2. Tabiiy gazdagi CO2 ning boshlang’ich konsentratsiyasi: yb=7,5%
    3. Tozalangan gazdagi CO2 ning oxirgi konsentratsiyasi: yo=1,8%
    4. Suvdagi CO2 ning boshlang’ich konsentratsiyasi: x=0,15%
    5. Bosim: P=3,2 atm
    Yutilayotgan modda massasini va yutuvchi sarfni aniqlash.
    Gaz aralashmadagi yutuvchiga o’tayotgan CO2 massasining moddiy balans
    tenglamasi aniqlansin.

























    Absorberlar qurilmalarini tanlash
    Qurilma asosiy detallarini tayyorlash texnologiyasi


    Kimyo va neft sanoatlarining qurilmalari xalq xo'jaligining turli sohalarida
    ishlatiladi. Kimyo sanoatidan tashqari, uni o'rmon kimyosi, neft – kimyosi, oziq –
    ovqat, spirt, kislorod ishlab chiqarishda, tinchlik maqsadida atom energiyasi ishlatish ishlab chiqarishlarda qo'llanib kelmoqda. Kimyoviy uskunalar gazlarni tozalash, suspenziya va emulsiyalarni ajratish, eritmalarni yaratish, issiqlik va massa almashinish jarayonlarini o'tkazish (bug'latish, quritish, absorbsiya, adsorbsiya, rektifikatsiya va ekstraksiya) uchun mo'ljallangan. Ishlab chiqarish talabiga qarab, uskunalar ishchi muhitining bosimi ostida va bosimsiz ishlashi mumkin. Ishlov berilayotgan moddalarning kimyoviy xossalari bir xil bo'lmaganligi sababli, uskunalarni tayyorlashda turli konstruksion materiallarni qo'llashga to'g'ri kelmoqda. Uskunalar bir – biridan o'zlarining o'lchamlari (gabaritlari) bilan ancha farq qiladi. Masalan, kimyoviy reaktiv olish uchun hajmi bir necha o'n litrli bo'lgan uskunalar kerak; sulьfat va xlorid kislotalar, o'g'it, kislorod kabi moddalar qayta ishlanayotganda, har biri bir necha ming kvadrat metr maydonni egallaydigan qurilmalar va idishlar o'rnatiladi.


    Obechaykalarni tayyorlash


    Qurilmasozlikda eng ko'p qo'llaniladigan detal – bu obechaykadir va uni tayyorlashda listlarni valьslash usulidan foydalaniladi. Obechayka zagotovkasi
    listli materialda tekislash, belgilash, kesish va qirralarga ishlov berish jarayonlari qilingandan so'ng tayyor bo'ladi. Valslash jarayonidan avval listning uchlari qo'lda yoki gidravlik pressdalarda buklanadi



    -rasm. Obechayka uchlarini qisman bukish.
    a – qo'lda; b – bukish matritsasida.


    Qo'lda bukish uchun listning uchi ikkita juva orasiga shunday o'rnatiladiki, list uchi juvalar o'qiga parallel bo'lishi kerak. So'ng, tepa juva bilan list pastki juvaga siqiladi va cheti bolg'a bilan qisman buklanadi. Undan keyin, juvani aylantirib list suriladi. Xuddi shunday usul bilan ikkinchi uchi buklanadi.
    Mexanik buklashda matritsalarni tanlash uchun material qayishqoqligi hisobga olinishi kerak. Shuning uchun, shtamp radiusi obechayka egrilik radiusidan kichik bo'lishi kerak. Son jihatdan ushbu tuzatishni 2 ga teng deb qabul qilsa bo'ladi. Zagotovka qisman bukib olingandan so'ng, valьsga qo'yiladi va kerakli o'lcham olinguncha 2-3 marta valslanadi. Bukish to'g'riligi metall shablonda tekshiriladi.
    Obechaykani valdan chiqarish uchun harakatchan tayanch bo'shatiladi. Valslash jarayonida quyidagi nuqsonlar: qirralar uchlari surilishi; bukilish radiusi kamayib ketmasligi; konuslik; bochkasimon; ellipssimon kabi shakllar hosil bo'lmasligiga harakat qilish kerak ( -rasm).





    -rasm. Valslarda noto'g'ri bukishda hosil bo'ladigan nuqsonlar.
    a – uchlari surilgan; b – konuslik; v – bochkasimon;
    g – bukish radiusi kamayib ketish; d – ellipssimon.


    Birinchi nuqson list uchi juva o'qiga parallel o'rnatilmagan holatlarda yuz beradi. Ikkinchi nuqson – bukish radiusining kamayib ketish hollari dastgoh juvalari o'ta bir- biriga yaqinlashib qolganda ro'y beradi.
    Uchinchi nuqson ellipssimon shaklning hosil bo'lishi oxirgi juvalash davrida listning uzunligi bo'yicha bir tekisda siqilmaganligi tufayli sodir bo'ladi.To'rtinchi nuqson – konuslik dastgoh nosozligidan kelib chiqadi, ya'ni juvalar o'qi parallel bo'lmasligidan kelib chiqadi. Beshinchi nuqson - bochkasimonlik juvalarga ortiqcha bosim berilib, ularning deformatsiyasi tufayli yuz beradi. Zagotovkaning bukilish eni har xil bo'lgan hollarda, material qalinligining mahalliy yupqalanishi inobatga olish zarur. Shuning uchun, listni to'g'ri belgilash va bichish yuqori sifatli detal olish imkonini beradi.

    Download 1.02 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jarayonlarni moddiy va issiqlik balanslari hisobi

    Download 1.02 Mb.