58
Plataga mos tushuvchi komponentlar va pozitsion belgili (RefDes) sxema
bir xil tipdagi korpusga (Ture) ega bo lishi kerak, aks holda sxemani
joylashtirish amalga oshmaydi;
Joylashtirishdan oldin plataga o rnatilgan, lekin bog lanishlar ro yxatiga
kiritilmagan barcha komponentlar saqlanib qo yiladi;
Bosma plataga oldindan o rnatib qo yilgan lekin bog lanishlar
ro yxatida bor barcha komponentlar o tkaziladi;
Oldindan o tkazilgan, lekin bog lanishlar ro yxatida bo lmagan elektr
bog lanishlar olib tashlanadi ( elektr zanjirlar bo yicha barcha axborotlar
yangilanadi). Lekin bog lanishlar ro yxatida bo lgan oldindan o tkazilgan
o tkazgichlar saqlanib qoladi;
Buyruqlar bajarilgandan so ng, bosma plataning dastlabki ko rinishini
tiklab bo lmaydi, shuning uchun uni oldindan alohida faylga saqlab qo yish
tavsiya qilinadi.
Yes tugmachasi bosilgandan so ng loyihadagi yuklanadigan barcha
komponentlar bosma plataning tepadagi chegarasiga joylashadi (agar bosma plata
oldindan tayyorlangani joylashtirilgan bo lsa).
Agar bosma plata oldindan tayyorlab qo yilmagan bo lsa barcha
komponentlar loyixasning ishchi fazosini chapdagi pastki burchagiga joylashadi.
Ekranda hali o tkazilmagan elektrik bog lanishlarning to g ri chiziqlari
tasvirlanadi.
Bosma plataga sxemalar joylashtirilib bo lingandan so ng, plata tekisligiga
komponentlarni joylashtirishni tartiblashga (yaratuvchi nuqtai nazariga asosan)
kirishiladi.
Komponentlarni joylashtirishda bitta yoki bir nechta zanjirda elektr
bog lanishlarni ko rinadigan yoki ko rinmaydigan qilib o tkazish, bita zanjirli
yoki bir nechta zanjirni nomlash va atributlar qiymatlarini tahrirlash mumkin.
Buning uchun
Edit/Nets muloqot oynasidan foydalaniladi (10.1-rasm).
Nets oynasida loyihadagi barcha nomlar tasvirlangan Nodes oynasida esa
komponentlar nomi va ularni ajratilgan zanjirga ulangan kontaktlari tartiblari
ko rsatilgan. Ro yxatdagi barcha zanjirlarni belgilab olish mumkin ( Set All
Nets tugmasi). Yoki
Set Nets By Attribute tugmachasini bosib, bir xil qiymatli
atributga ega bo lgan zanjirlar belgilanadi (masalan, bir xil kenglikdagi
o tkazgichlar
Width). Atributlar bo yicha zanjirni belgilash, hosil bo lgan
muloqotli oynada amalga oshiriladi. Barcha zanjirlardan belgilashni olib tashlash