|
Display oynasi aktivlashtiriladi. Natijada zanjir nomi ekranga chiqariladi.
Umumiy shinani o tkazish uchun Place/BusBog'liq Radioelektron apparatlarni loyihalash va modellashtirish asoslari (2) (1)Display oynasi aktivlashtiriladi. Natijada zanjir nomi ekranga chiqariladi.
Umumiy shinani o tkazish uchun Place/Bus buyrug i bajariladi va kerakli
konfiguratsiyali chiziq o tkaziladi. Chiziq qalinligi 0,76 mm = 30 mil qilib dastur
tomonidan avtomatik o rnatiladi va uni o zgartirish mumkin emas.
Umumiy shinaga ulangan zanjirlar nomi, zanjirga portlarni ulash uchun
Place/Port buyrug i orqali beriladi. Port-sxemaning maxsus elementi hisoblanib,
o ziga ulangan zanjirning nomini o zlashtiradi va uni loyihadagi barcha
varaqlarga yoki bitta varaqdagi bir nechta qismga borishini aniqlaydi.
Portni shinaga ulash usulini tanlash uchun oldindan Options/Display
buyrug i tanlanadi va Bus Connection Mode ulagichni mos tushuvchi
pozitsiyaga ulaydi.
Place/Port buyrug i chaqiriladi, ekranda muloqot oynasi paydo bo ladi.
Murakkab elektrik sxemalarni yaratishda, sxemadagi hamma ob’ektlarni
kiritishda hatoliklar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun sxemani doimo
sintaksis xatoliklarga tekshirib turish kerak bo ladi. Sxemani tekshirish Utils/Erc
(Electrical Rules Check — elektrik bog lanishlarni to g riligini tekshirish)
buyrug i bilan bajariladi.
Buyruqning muloqot oynasi 9.2-rasmda ko rsatilgan.
Filename tugmasi sxemani tekshirish qoidasiga kiritilgan, ko rsatilgan fayl
nomini o zgartirish imkoniyatini beradi (jim turilganda — sxema nomini),
Design Rule Checks sohasida tekshirilayotgan parametrlar tarkibi o rnatiladi:
Single Node Nets – yagona tugunga ega zanjir;
No Node Nets — tugunchaga ega bo lmagan zanjir;
Electrical Rules — bog lanishlardagi elektrik xatoliklar;
Unconnected Pins — komponentlarni ulanmagan chiqishlari;
Unconnected Wires — ulanmagan zanjir;
|
| |