• Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 744 www.ares.uz
  • Academic Research in Educational Sciences




    Download 0.62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/7
    Sana04.03.2023
    Hajmi0.62 Mb.
    #44298
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    bo-lajak-informatika-o-qituvchisini-innovatsion-faoliyatga-tayyorlashning-metodik-aspektlari (1)

    Academic Research in Educational Sciences 
    VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021
     
    Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari 
    Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
    Google Scholar 
    Scientific Library of Uzbekistan 
    Academic Research, Uzbekistan 744 www.ares.uz 
    2020-yil 
    7-noyabrdagi 
    PF-6108-sonli 
    farmoni, 
    O‘zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 
    2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-conli 
    farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 
    “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining davlat ta‘lim standartlarini 
    tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar 
    mazmunidan kelib chiqqan holda, zamonaviy talablar asosida informatika fanini 
    rivojlantirish hamda ularning informatika faniga qiziqishlarini oshirishning mazmun 
    va mohiyatini ochib berish lozim. 
    Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozorining jadal rivojlanishi 
    natijasida reproduktiv ta’lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Olinayotgan 
    ma’lumotlarning keskin ko‘payib borayotganligi sababli bu ma’lumotlarni qayta 
    ishlab, undan foydalanish uchun yosh avlodga yetkazilishi kerak bo‘lgan bilimlar 
    ham taboro ortib bormoqda. Bugungi kun o‘qituvchisi oldida dars soatlarini oshirmay 
    turib, oldindan rejalashtirilgan bilimlar bilan bir qatorda eng yangi, oxirgi axborot va 
    ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazib berishga ulgurish muammosi turibdi. Faqat 
    bilim olishga yo‘naltirilgan ta’lim o‘tgan zamonda qolmoqda.
    Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim bu – o‘quvchi o‘quv 
    jarayonida egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va 
    ijtimoiy faoliyatida qo‘llay olish nuqtai nazaridan beriladigan ta’limdir. 
    Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limdan maqsad o‘quvchini keng 
    qamrovli fikr-mulohaza yuritadigan va muloqotga kirisha oladigan, ta’lim jarayonida 
    egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida 
    qo‘llay oladigan barkamol shaxs qilib yetishtirishdir. Umumta’lim maktablari oldiga, 
    bir tomondan, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan jarayonlarni to‘g‘ri tushunadigan, 
    ikkinchi tomondan, jamiyat hayotida faol ishtirok etib, o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkaza 
    oladigan har tomonlama ziyoli shaxsni tarbiyalash vazifasi qo‘yilmoqda.
    Shu sababli bo‘lajak informatika o‘qituvchilari oldiga muhim vazifa – o‘z-
    o‘zini idrok etish salohiyati, yangi intellektual darajaga ega bo‘lgan mustaqil 
    fikrlovchi shaxsni shakllantirish asosiy vazifalardan biri sifatida vazifasi qilib 
    qo‘yilmoqda. Bunday tayyorlangan kadrlar nazariy tafakkur yuritish, ijodiy faoliyatni 
    amalga oshirish, o‘z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga 
    ega bo‘lishlari bilan birga o‘zining pedagogik faoliyatida kelajak avlodga ta’lim 
    berishda juda katta mas’ulyat, pedagogga xos bo‘lgan umumiy psixologiya, umumiy 



    Download 0.62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.62 Mb.
    Pdf ko'rish