• Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 745 www.ares.uz
  • Academic Research in Educational Sciences




    Download 0.62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/7
    Sana04.03.2023
    Hajmi0.62 Mb.
    #44298
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    bo-lajak-informatika-o-qituvchisini-innovatsion-faoliyatga-tayyorlashning-metodik-aspektlari (1)

    Academic Research in Educational Sciences 
    VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021
     
    Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari 
    Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
    Google Scholar 
    Scientific Library of Uzbekistan 
    Academic Research, Uzbekistan 745 www.ares.uz 
    pedagogika, ta’limda axborot texnologiyalari, o‘qitish metodika va o‘z kasbining 
    mohir mutaxassisi bo‘lishi lozim. 
    An’anaviy o‘qitish metodikasi asosida ta’lim olayotgan talaba mashg‘ulotlarda 
    ko‘pincha eshitadi, ko‘radi, eslab qoladi, takrorlaydi, misol, masala va mashqlardan 
    ishlab ko‘rsatilgan namunalar asosida boshqa turdagi misol va masalalarni ishlab 
    egallagan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan qo‘llab ko‘rgan holda o‘zining bilim, 
    ko‘nikma va malakasini mustahkamlaydi. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni 
    qo‘yish, faraz va uning yechimini ilgari surish, muammolarga yechim topishning 
    optimal yo‘llarini izlab topish, aloqa va munosabatlar o‘rnatishiga deyarli to‘g‘ri 
    kelmaydi. Shuning uchun ham informatika turkumida fanlarda o‘qitishda talabalarga 
    o‘qitishning faol shakllari va metodlaridan mohirona foydalanish talab etiladi. Ayrim 
    hollarda professor-o‘qituvchilarda bu sohada liderlik mahorati yetishmaydi yoki 
    talaba-yoshlarning umiridagi shakllangan shax sifatida namuna bo‘lolmaydi. 
    Metodik tayyorgarlik amaliyotida allaqachon ishlab chiqilgan mazmunga ega 
    turli harakatlar (tahlil, baholash, tarkiblash)ni bajarishga yo‘nalganlik sezilib turadi. 
    Talabalarning kamdan-kam hollarda ta’lim jarayonini mustaqil loyihalashiga yoki 
    uning muayyan o‘quv vaziyatlari bilan bog‘liq tarkibiy qismlarini tuzishiga to‘g‘ri 
    keladi. Bundan tashqari, hozirgi kunda nafaqat mazmun bilan ishlashga balki 
    amaliyotga qo‘llashga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda[1]. 
    Bo‘lajak 
    informatika 
    o‘qituvchilari ta’limning ko‘rgazmali-mazmuniy 
    paradigmasi amal qilgan sharoitda tayyorgarlikka ega bo‘lgan; “ular tuzilishi va 
    mazmuni o‘quv fani mantig‘i bilan belgilab berilgan nazariy kurclarni tinglashga
    matematik ta’limning o‘zgargan talablari bilan bog‘liq holda mavjud bilimlarini 
    mustaqil to‘ldirish va chuqurlashtirish bo‘yicha nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va 
    malakalarni o‘zlashtirish metodlarini egallash o‘rniga “oliy ta’lim muassasasida 
    barcha ma’lumotlarning” maqsadiga mutanosib bo‘lgan bilim, ko‘nikma va 
    malakalarni egallashgan. 
    Shuni ham ta’kidlash kerakki talabalarning metodik tayyorgarligini 
    takomillashtirishda quyidagi qarama-qarshiliklar mavjud: 
    – mavjud metodik tajribani o‘zlashtirish bilan rivojlantiruvchi ta’limni 
    ta’minlash hamda takomillashtirish o‘rtasidagi nomutanosibliklar; 
    – pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida informatika 
    o‘qitish metodikasi va mutaxassislik fanlari o‘rtasidagi qarama-uzulishlar (shaxsga 
    yo‘naltirilgan ta’lim va uzluksiz ta’limda matematik fanlar turkumida fanlarni 



    Download 0.62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.62 Mb.
    Pdf ko'rish