Academic Research in Educational Sciences




Download 483.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana27.02.2023
Hajmi483.93 Kb.
#43623
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
HIRUDOTHERAPY BY AVICENNA, 5454545, Ota, img20230316 13174204, 6-infor, 1-Laboratoriya ishi , oyi birinchi 15 kunlik hisoboti, 123, To\'garak jurnali, ПЛАН СТЕН-2, Расписать элементы структуры оды Ломоносова, Ортикбой-Бланк-резюме, Архитектура КЛ услубий кўрсатма (1), Mikroprotsessorlar
Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 9 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
171
 
September, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
bilan keng ko‟lamli ijtimoiy jarayonlar va shart-sharoitlar o‟rtasidagi; 2) pedagogik 
jarayonning tarkibiy qismlari o'rtasidagi (ichki aloqadorlik); 3) o‟qitish, ta‟lim, 
tarbiya va shaxs rivoji o‟rtasidagi; 4) tarbiya va o‟z-o‟zini tarbiyalash jarayonlari 
o‟rtasidagi; 5) pedagogik rahbarlik va ta‟lim oluvchilarning mustaqil faoliyati 
o‟rtasidagi; 6) barcha tarbiya sub‟ektlariga tarbiyaviy ta'sir ko‟rsatish jarayoni 
o‟rtasidagi; 7) pedagogik topshiriq, ta‟lim (tarbiya) mazmuni, metodlari, vositalari va 
pedagogik jarayonning tashkiliy shakllari o‟rtasidagi. Yuqorida ko‟rsatilgan omillar 
o‟rtasidagi aloqalarni tahlil qilish natijasida pedagogik texnologiya asoslarini 
o‟qitishning qonuniyatlari aniqlanadi. Ular quyidagilardir: Birinchi qonuniyat. 
Texnologik mazmunga ega pedagogik jarayon yaxlit holda jamiyat hayotining 
ijtimoiy, qtisodiy va madaniy sohalarida ro‟y berayotgan o‟zgarishlar natijasida har 
tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlovchi, zamonaviy texnika va texnologiyalar 
bilan bevosita ishlay oladiganmutaxassisni tayyorlash borasidagi ehtiyoji bilan 
shartlanadi. Ikkinchi qonuniyat. Pedagogik-texnologik jarayon samaradorligi bevosita 
moddiy, ruhiy, ijtimoiy-axloqiy, gigiynik va estetik shart-sharoitlarga bevosita 
bog‟liq. Uchinchi qonuniyat. Pedagogik jarayonda ta‟lim, tarbiya va shaxs rivoji, 
shuningdek, 
o‟z-o‟zini 
qayta 
tarbiyalash, 
pedagogik 
rahbarlik 
va 
tarbiyalanuvchilarning mustaqilligi bir-biri bilan aloqador va o‟zaro bog‟liq bo‟ladi. 
To‟rtinchi qonuniyat. Amaliy jihatdan pedagogik jarayon samaradorligini uning 
ishtirokchilari tomonidan ta‟lim va tarbiya sohasida tashkil qilinadigan faoliyatlari 
birligi hal qiladi. Beshinchi qonuniyat. Pedagogik texnologiya vazifalarming ijobiy 
yechimi magistrlaming yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, 
jamoaning rivoji darajasi bilan belgilanadi. Oltinchi qonuniyat. Ta‟lim (tarbiya) 
jarayonining mazmuni vazifalarni aniq belgilash asosida shakllantiriladi. Yettinchi 
qonuniyat. Ta‟lim (tarbiya) metod va vositalari ta‟limiy (tarbiyaviy) topshinqlar va 
mavjud vaziyatlar mazmun dan kelib chiqib tanlanadi. Sakkizinchi qonuniyat. 
Pedagogik jarayonni tashkil qilish shakllari pedagogik faoliyat vazifalari, mazmuni, 
tanlangan metod va vositalari asosida belgilanadi. To‟qqizinchi qonuniyat. Ma‟lum 
sharoitda ajratilgan vaqt bo‟yicha pedagogik jarayonga doir barcha ichki va tashqi 
o'zaro aloqadorliklaming bir butun, yaxlit holda inobatga olinishi eng yuqori 
natijalarga erishishni ta‟minlaydi. O‟ninchi qonuniyat. Ta‟lim jarayonida pedagog va 
magistr, tarbiya jarayonida esa tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchi o‟rtasida ob‟ektiv 
qonunlarga asoslangan qayta aloqa mavjud bo‟ladi. O‟n birinchi qonuniyat. 
Pedagogik jarayonda kutilgan natijaga o‟zaro aloqadorlik asosida belgilangan 
vazifalar, ta‟lim (tarbiya) mazmuni, shakli, metod va 
vositalarining maqsadga to‟la mos kelgandagina erishiladi. 

Download 483.93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 483.93 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Academic Research in Educational Sciences

Download 483.93 Kb.
Pdf ko'rish