Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 5 | 2023
ISSN: 2181-1385
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
163
May, 2023
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
of educational
literature of a new generation, the problems that should be paid
attention to.
Keywords: education, pedagogy, technology, continuing education, electronic
education, digital education.
KIRISH
Bugungi kunda yangi ta‟lim paradigmasi professional ta‟lim muassasalari
o„qituvchilari bilim, ko„nikma va malakalarini – o„qitishning
axborot berish
darajasidan shaxs shakllanishidagi rivojlanishini boshqarish darajasiga ko„tarishdan
iborat. Bu jarayonda yangi o„quv adabiyotlarini yaratishning alohida o„rni bo„lib, u
ta‟lim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko„tarishda yetakchi vosita hisoblanadi.
O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuni va O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Professional ta‟lim tizimini yanada takomillashtirishga
doir qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida” 2019 yil 6 sentyabr PF-5812-son
Farmoni asosida 3 yillik majburiy ta‟lim shaklida bo„lgan kasb-hunar kollejlari
negizida ta‟limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg„unlashgan
yangi boshlang„ich, o„rta va o„rta maxsus professional ta‟lim
tizimi hamda
tabaqalashtirilgan ta‟lim dasturlari joriy etilgan ta‟lim muassasalari tashkil etildi.
Ushbu tizim xalqaro standartlarga mos tashkil etilganligi xalqaro tashkilotlar
tomonidan ham yuqori baholandi. Tizimga bo„lgan ishonch hamda uni rivojlantirish
borasida hozirgi kunda ko„plab xorijiy hamkorlar bilan bir qancha loyihalar amalga
oshirilmoqda.
Jumladan,
Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, YuNESKO, Germaniya xalqaro
hamkorlik jamiyati (GIZ), Osiyo taraqqiyot banki, Shveysariyaning O„zbekistondagi
elchixonasi Helvetas Uzbekistan tashkilotlari bilan professional ta‟lim tizimida
xalqaro tajribalar asosida kadrlar tayyorlash borasida
hamkorlik ishlari amalga
oshirilmoqda.
Bugungi kunda respublikamizdagi 330 ta kasb-hunar maktablarida, 166 ta
kollejlar va 208 ta texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida bo„lgan
jami 394,1 ming nafar o„quvchi-yoshlar kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta‟lim
shakllari bo„yicha tahsil olmoqda.
Professional ta‟lim muassasalarining axborot-resurs
markazlarida bugungi
kunda 6, 4 mln donadan ortiq kitob fondi mavjud. Shundan, 2,5 mln donadan ortiq
darslik va o„quv qo„llanmalari va 3,9 mln donadan ortig„i badiiy, ijtimoiy, siyosiy va
ilmiy adabiyotlarni tashkil etadi.