• May, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
  • Academic Research in Educational Sciences




    Download 0,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/6
    Sana16.12.2023
    Hajmi0,65 Mb.
    #121003
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    professional-ta-lim-muassasalari-uchun-yangi-shakldagi-zamonaviy-o-quv-adabiyotlari-yaratish-masalalari

    Academic Research in Educational Sciences 
    Volume 4 | Issue 5 | 2023 
    ISSN: 2181-1385 
    ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 
     
     
     
     
     
    165
     
    May, 2023 
    https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
    boshqaruv hamda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
    oshirish institutining soha mutaxassislari va ekspertlari aniqlagan g„olib mualliflar 
    (jamoasi) tomonidan yangi o„quv reja va dasturlar asosida mazkur o„quv 
    qo„llanmalarni yaratish ishlari olib borilmoqda. 
     
    NATIJALAR
     
    O„quvchilarni ta‟lim jarayonida yangi ma‟lumotlardan foydalanishi, to„liq 
    o„quv adabiyotlar bilan ta‟minlash darajasini oshirib borish maqsadida, 
    tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar bo„yicha 143 nomda 2,8 ming nusxada
    jumladan 2021 yilda 65 nomda, 1,4 ming nusxada, 2022 yilda 78 nomda 1,4 ming 
    nusxada o„quv adabiyotlar chop etilib, o„quv jarayoniga joriy etildi. 
    Professional 
    ta‟lim muassasalarida o„qitiladigan mutaxassisliklar va 
    kasblaridagi fanlar bo„yicha 2023 yil yakuniga qadar 117 nomda 60 601 nusxada 
    yangi o„quv adabiyotlar bosqichma-bosqich nashr etilib ta‟lim muassasalariga 
    yetkazib beriladi. Kasb va mutaxassisliklarning o„quv rejasida belgilanadigan fanlar 
    bo„yicha 2030 yilga qadar yangi o„quv adabiyotlar bilan ta‟minlanish dastur ishlab 
    chiqilgan. 
    Tajribalar shuni ko„rsatdiki, ta‟lim tizimida ta‟lim sifatini oshirishning asosiy 
    bo„g„ini - o„quv adabiyotlar bilan ta‟minlanishi bilan bir qatorda, sohaga oid turli 
    adabiyotlar, o„quvchilarning qiziqishlari, internet yangiliklari va hozirgi kunda 
    rivojlanib kelayotgan elektron adabiyotlar ham o„quvchining kasbiy shakllanishida 
    muhim omil bo„lib xizmat qiladi. Shulardan kelib chiqib, elektron adabiyotlar 
    yaratish va undan foydalanish imkoniyatini yaratish hozirgi zamon talablaridan biriga 
    aylandi. Elektron qo„llanmalar didaktikaning asosiy tamoyillarini ishonchli va yuqori 
    darajada joriy qilish imkonini beruvchi, samarali o„qitish vositasi hisoblanadi. 
    Elektron qo„llanmalarni yaratishda zamonaviy texnologiyalarga tayangan holda, 
    o„quvchilar uchun o„rganish usullarini keng joriy qilish borasida ular quyidagilarni 
    o„z ichiga oladi: animatsiya, ko„p darajali va ko„p variantli topshiriqlar, gipermatnlar 
    va hokazo. Bular foydalanuvchilarning turli doiralari uchun elektron qo„llanmalar 
    mazmuniy qismining adaptivligini ta‟minlaydi.

    Download 0,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Academic Research in Educational Sciences

    Download 0,65 Mb.
    Pdf ko'rish