ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA




Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana16.12.2023
Hajmi0,65 Mb.
#121003
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
professional-ta-lim-muassasalari-uchun-yangi-shakldagi-zamonaviy-o-quv-adabiyotlari-yaratish-masalalari

 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Academic Research in Educational Sciences 
Volume 4 | Issue 5 | 2023 
ISSN: 2181-1385 
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
164
 
May, 2023 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Professional ta‟lim muassasalarida o„quv jarayonini yuqori saviyada tashkil 
qilish uchun davlat ta‟lim standarti hamda xalqaro ta‟lim standartlariga javob 
beradigan yangi shakldagi zamonaviy o„quv adabiyotlari yaratish va o„quvchilarga 
yetkazib berish masalasi dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda ta‟lim muassasalarida 
foydalanish uchun tavsiya etilgan o„quv hamda elektron o„quv adabiyotlarning tahlili 
o„z yechimini kutayotgan masalalardan biriga aylanmoqda. Sababi yangi o„quv 
tizimini shakllantirishda o„quvchilarni eng so„nggi ma‟lumotlar bilan tanishtirib 
borish talab etiladi. Bundan tashqari iqtisodiyot tarmoqlaridagi o„zgarishlar va 
texnologik yangilanishlar hamda mehnat bozorida bitiruvchiga qo„yilayotgan 
talablarning o„zgarib borishi natijasida o„quv adabiyotlarni doimiy yangilab borish 
taqozo etilmoqda.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, o„rta maxsus va professional 
ta‟lim muassasalari o„rtasida ta‟lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab 
chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to„g„risida” 2021 yil 31 
avgustdagi PQ-5241-son qaroriga muvofiq oliy ta‟lim muassasalari o„zlariga 
biriktirilgan texnikumlarni o„quv-metodik 
materiallar (o„qitish materiallari 
to„plamlari, didaktik materiallar, praktikumlar, texnologik xaritalar, elektron 
resurslar, xorijiy o„quv-ilmiy va boshqalar) bilan ta‟minlash ishlarini amalga oshirib 
kelmoqda. 
Oliy ta‟lim, fan va innovatsiyalari vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
Professional ta‟lim muassasalari uchun o„quv adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish, 
yetkazib berish hamda ta‟lim muassasalarda foydalanishga qo„yiladigan talablarni 
belgilash tartibi bilan professional ta‟lim muassasalarini yangi o„quv adabiyotlar 
bilan ta‟minlashning huquqiy asoslari yaratildi. Bunda, o„quv adabiyotlarga bo„lgan 
ehtiyojlarni aniqlash, yangi o„quv adabiyotlarni yaratish uchun professor-
o„qituvchilardan iborat mualliflar jamoasini shakllantirish, chop etish hamda 
o„quvchilarga foydalanishi uchun topshirish jarayonlarni qamrab oladi.
Professional ta‟lim muassasalarida tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklarda 
o„qitiladigan umum kasbiy va maxsus fanlar bo„yicha yangi o„quv qo„llanmalarni 
yaratishda shaffoflik ta‟minlash maqsadida vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali 
tanlovlar orqali mualliflar tanlab olindi. 
Kasb-hunar maktablari o„quvchilari uchun yaratiladigan 58 nomdagi o„quv 
qo„llanmalarga 145 nafar, texnikumlar uchun 58 nomdagi o„quv qo„llanmalarga 
185 nafardan ortiq oliy ta‟lim muassasalarining professor-o„qituvchilari, professional 
ta‟lim muassasalari pedagog kadrlari hamda soha mutaxassislari 
tanlovda ishtirok etdi. Yangi yaratiladigan 117 nomdagi o„quv 
qo„llanmalari Pedagogik innovatsiyalar, professional ta‟lim 



Download 0,65 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish