Academic Research in Educational Sciences Volume 4




Download 381.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana01.03.2024
Hajmi381.89 Kb.
#165015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ayollarga-nisbatan-zo-ravonlikning-oldini-olishda-kompleks-tizimli-yondashuv-xalqaro-tajriba
JISMONIY TARBIYA VOSITALARI, tarix (Almamatov Javlonbek), 740, russkij-jazyk moskovkin-silvina 2010-528s, tarbiyasi-va-ijtimoiylashuvi, 1. QIMMATBAHO METALLAR BOZORI
 
NATIJALAR VA MUHOKAMA 
Tazyiq va zo„ravonlik holatiga uchragan ayollar bilan ishlashda har bir 
mamlakatning o„z yondashuvi mavjud. Umuman olganda aksariyat o„rganilgan 
mamlakatlarda mazkur yo„nalishda faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat 
organlarining faoliyatini ma‟lum bir davlat tashkiloti umumlashtirib, muvofiqlashtirib 
turadi. Masalan, Singapurda oilaviy hamda xotin-qizlarga taalluqli masalalar, 
xususan, tazyiq va zo„ravonlik holatlarini kamaytirish, zo„ravonlik qurbonlarini 
himoya hamda reabilitatsiya qilish bilan bog„liq davlat siyosatini Ijtimoiy va oila 
rivojlanishi vazirligi amalga oshiradi. Yoki Argentinada Ayollar, gender va xilma-
xillik vazirligi, Yaponiyada Gender tengligi byurosi, Kanadada esa Ayollar, gender 
tengligi va yoshlar masalalari vazirligi mazkur yo„nalishdagi faoliyatni 
umumlashtiradi. 
2022-yil Singapurda “Singapur oilalari yili” deb nomlangan bo„lib, 2025-
yilgacha mo„ljallangan “Oilalar uchun Singapur - 2025” (A Singapore Made For 
Families 2025) Milliy dasturi qabul qilingan[11]. Mazkur Milliy dasturga ko„ra, 
“Oilalarning xavfsizligini ta‟minlash” yo„nalishi belgilangan. Zo„ravonlik va jinsiy 
tazyiqqa qarshi milliy ishonch telefoni tashkil etilgan - 1800-777-0000. 2023 yilda 
oilaviy zo„ravonlikka nisbatan qonuniy himoyalash tizimini kuchaytirish, zo„ravonlar 
uchun javobgarlik va reabilitatsiya tizimini yaxshilash belgilangan. Mamlakat 
bo„ylab turli yo„nalishlardagi 48 ta oilaga xizmat ko„rsatish markazlari, oilaviy 
zo„ravonlik bo„yicha 2 ta maxsus markazlar (TRANS SAFE markazi va Care Corner 
Project Start) faoliyati yaxshilanishi qayd etilgan. 
Shveysariyada esa boshpana markazlari frauenhaus deb ataladi. Mamlakat 
bo„yicha 2018-yilda jami 1771 ta oilaviy zo„ravonlik holatlari bo„yicha xotin-qizlar 
mavjud 19 ta ayollar boshpana markazlariga murojaat qilgan bo„lsa, ularning 487 
nafari joy yoki xodim yetishmasligi sababli rad etilgan. Yana 319 nafari esa boshqa 
sabablarga ko„ra shelterlarga qabul qilinmagan. Barcha arizalarning deyarli yarmi rad 
etilgan, ushbu ayollarning 41 foizi boshqa inqiroz markazlaridan joy topa olishgan.19 
ta boshpanada qolgan 965 nafar ayollarning markazlarda qolish davomiyligi o„rtacha 
37 kunni tashkil etgan[12].
Ayollarga nisbatan tazyiq va zo„ravonlik holati Argentina 
uchun ham asosiy ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. 2022-



Download 381.89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 381.89 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Academic Research in Educational Sciences Volume 4

Download 381.89 Kb.
Pdf ko'rish