• January, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
  • Academic Research in Educational Sciences




    Download 381.89 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/13
    Sana01.03.2024
    Hajmi381.89 Kb.
    #165015
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    ayollarga-nisbatan-zo-ravonlikning-oldini-olishda-kompleks-tizimli-yondashuv-xalqaro-tajriba
    JISMONIY TARBIYA VOSITALARI, tarix (Almamatov Javlonbek), 740, russkij-jazyk moskovkin-silvina 2010-528s, tarbiyasi-va-ijtimoiylashuvi, 1. QIMMATBAHO METALLAR BOZORI
    Academic Research in Educational Sciences
     
    Volume 4 | Issue 1 | 2023 
    ISSN: 2181-1385
     
    Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
     
     
     
     
     
     
    439
     
    January, 2023 
    https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
     
    yilning yanvar-iyun oylarida 144-liniya (Línea 144) xizmatiga uch vosita (telefon, 
    WhatsApp va elektron pochta) orqali jami 63 ming 202 murojaat kelib tushgan 
    bo„lib, ularning 91 foizi oilaviy munosabatlar doirasida sodir etilgan. 2021-yilning 
    mos davriga nisbatan zo„ravonlik holatlari 11 ming 117 taga ortgan. 94 foiz holatda 
    psixologik, 64 foiz jismoniy, 41 foiz iqtisodiy, 14 foiz jinsiy zo„ravonlik sodir etilgan 
    bo„lsa, 13 foiz holatda qurol yoki o„tkir vositalar ishlatilgan. Zo„ravonlik 
    holatlarining 97 foizida qurbonlar ayollar, 87 holatda zo„ravonlar erkaklar 
    hisoblanadi[13].
    Mamlakatning poytaxti bo„lgan Buenos-Ayres shahrida 2021-yilda sodir 
    etilgan tazyiq va zo„ravonlik holatlarini o„zida aks ettirgan shahar interaktiv 
    zo„ravonlik xaritasi ishlab chiqilgan bo„lib, unda zo„ravonliklarning sodir etilishida 
    shaharning qaysi kommunasi (kommuna – ma‟muriy birlik) qanday natijaga ega 
    ekanligi, aynan zo„ravonlikning qaysi turi qaysi kommunada ko„proq sodir etilishi, 
    zo„ravonlikning oylar kesimida tahlili, qaysi davlat fuqarolariga nisbatan sodir 
    etilganligi, qanday chora qo„llangani kabi ma‟lumotlar aks etgan.
    Kanada ham tazyiq va zo„ravonlikka uchragan ayollar va ularning bolalarini 
    himoya qilish bilan bog„liq muammolar mavjud. Masalan, ayollar uchun boshpanalar 
    va shelterlarga murojaat qiladigan oilaviy zo„ravonlik qurbonlarining 80 foizi rad 
    javobini oladi. 2019 yil noyabr oyidagi o„rganishlar natijasiga ko„ra, bir kunda 
    o„rtacha 620 nafar tazyiq va zo„ravonlikka duch kelgan ayol va ularning farzandlari 
    rad javobini olgan. Bu esa oyiga deyarli 19 000 ayolning markazlarda joylasha 
    olmasligini bildiradi. Bunga asosiy sabab esa mazkur boshpanalarda joy 
    yetishmasligi hisoblanadi. 
    2020/2021-moliyaviy yilda Kanadadagi mavjud 500 dan ziyod markazlar, 
    shelterga jami 43 729 nafar zo„ravonlik qurbonlari murojaat qilgan bo„lib, ularning 
    26 736 nafari yoki 61,1 foizi ayollar, 16 575 nafari yoki 37,9 foizi bolalarni tashkil 
    etgan [14]. Murojaat qilgan ayollarning 12 foizdan ortiqrog„ining nogironligi borligi 
    qayd etilgan. Aksariyat holatlarda ayollar va bolalarning shelterlarga murojaatlari 
    ularning oilaviy, jinsiy, psixologik, moliyaviy zo„ravonlik va tazyiq holatida duch 
    kelganligi bilan izohlanadi[15].
    Avstraliyada ayollarga nisbatan tazyiq va zo„ravonlik holatlarini oldini olishda 
    ijtimoiy himoya hamda alohida e‟tiborga muhtoj toifalarga yo„naltirilgan chora-
    tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan: 
    - Avstraliyada ayollarning zo„ravonlikka uchrash holatlarini oldini olishda 
    ularning yosh davrlarining o„ziga xos xususiyatlariga e‟tibor 
    qaratiladi: voyaga yetmagan qizlar, voyaga yetgan ayollar hamda 
    keksa ayollarga nisbatan zo„ravonlik jihatlari farqlanadi; 



    Download 381.89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 381.89 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Academic Research in Educational Sciences

    Download 381.89 Kb.
    Pdf ko'rish