«Открыть» (Ochish) tugmachasi tanlangan obyektni ochadi. «Конструктор»
(Tuzuvchi) ham tanlangan obyektni ochadi, lekin u obyektning tuzilmasinigina
ochib, uning mazmunini emas, balki tuzilishini to’g’rilash imkonini beradi. Agar
obyekt jadval bo’lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning
xossalarini o’zgartirish mumkin. «Создать» (Yaratish) tugmachasi yangi
obyektlarni: jadvallar, so’rovlar, shakllar va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi.
Biror MBni yaratishdan oldin albatta uning loyihasini ishlab chiqish lozim.
Buning uchun MBning tuzilmasini aniqlab olish kerak bo’ladi. MBning yaxshi
tuzilmasi talablarga mos keladigan, samarali MBni yaratish uchun asos bo’ladi.
MS Accessda MBni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo’sh bazani
yaratib, so’ngra unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa obyektlarni
kiritishdan iborat. Bu usul ancha yengil va qulay bo’lgani bilan MBning har bir
elementini alohida aniqlashga to’g’ri keladi. Shuning uchun ikkinchi usuldan
ko’proq foydalanishadi. Unda «Мастер» (Usta) yordamida barcha kerakli
jadvallar, shakllar va hisobotlarga ega bo’lgan ma’lum turdagi MB birdaniga
yaratiladi, ungra tegishli o’zgartirishlarni bajarish mumkin. Bu boshlang’ich MBni
yaratishning eng sodda usulidir.
Savollar
1. Access dasturi qaysi firma tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda
qanday versiyalari mavjud?
2. MS Access dasturini ishga tushirish va undan chiqishni tushintiring.
3. MS Accessning menyu tashkil etuchilari haqida tushuncha bering.
4. MS Access dasturi necha obyektdan iborat.
V. Namunaviy masala.
Masalaning qo’yilishi. Talabalar, ularning ota – onalari va semestrda olgan
reyting ballari haqida sodda ma’lumotlar bazasini (MB) yarating. Ushbu MB dan
reyting ballarini beruvchi ma’lumotni oling.
Masalani Access da echish algoritmini loyihalaymiz.
MB si quyidagi jadvallarni o’zida saqlasin:
- Студенты (поля: КодСтуд, ФамСтуд, ИмяСтуд, РождСтуд);
- Родители (поля: КодСтуд, ФамРод, ТелРод);
- Оценки (поля: КодСтуд, БаллХим, БаллИнф, БаллМат, Семестр);
Endi yuqoridagi algoritmga ko’ra qo’yilgan masalani yechishning algoritmini
keltiramiz.
5
1. Access dasturini ishga tyshirgandan song ish sohasining o’ng tomonida
joylashgan Приступая к работе oynasidagi (yoki asboblar panelidagi)
Создать файл… piktogrammasi ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib
uning o’ng tugmasini bosing. Quyidagi oyna paydo bo’ladi
2. Создание Новая база данных… buyrug’ini ishga tushiring. Ekranda
quyidagi oyna hosil bo’ladi
Sizga standar db.mdb nom bilan ma’lumotlar bazasini yaratish taklif qilinadi.
Siz bu holda yaratishingiz lozim bo’lgan ma’lumotlar bazasini boshqa nom
bilan kerakli papkada yaratishingiz mumkin. Buning uchun Имя файла:
6
satridagi db4.mdb o’rniga boshqa nomni, masalan Semestr.mdb deb yozib
Создать tugmasini bosasiz. Bu aytilganlar quyidagi rasmda tasvirlanganday
bo’ladi.
3. Создать tugmasini bosing. Ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi
4. Sizga ma’lumotlar bazasini yaratishning 3 usuli taklif qilinadi. Joriy holda
«Создание таблицы в режиме конструктора» usuli faollashtirilgan.
Oynadagi «Открыть» piktogrammasini ishga tushiramiz. Ekranda quyidagi
oyna hosil bo’ladi. Bu oynada siz MB ning birinchi jadvalini yaratasiz
7
5. Siz bu oynada «Имя поля» va «Тип данных» ystunlariga mos ravishda
maydon nomlarini va ylarning tiplarini kiritasiz. Ishingizning natijasi
quyidagicha bo’ladi.
6. Endi yuqoridagi oynada tasvirlanganidek «Вид» asbobini bosasiz. Sizdan
avval yaratilayotgan jadvalni saqlashni so’rovchi quyidagi «Сначала
необходимо сохранить таблицу» oynasi hosil bo’ladi. Bunga javoban
«Да» tugmasini bosamiz. Access dasturi «Таблица1» degan standart nom
taklif qiladi. Masalaning qo’yilishiga mos ravishda jadvalni «Студенты»
deb nomlaymiz va «ОК» tugmasini bosamiz
8
7. Ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi
8. «Да» tugmasini bosamiz. Ekranda 5 ta ystundan iborat jadvalni hosil qilish
oynasi hosil bo’ladi.
9. Biz bu yerda soddalik uchun 5x4 o’lchamli quyidagi jadvalni hosil qilamiz.
Jadvalni to’dirib uni saqlaymiz.
9
10. Endi asboblar panelidagi «Окно базы данных» asbobini ishga tushiramiz.
Quyidagi oyna hosil bo’ladi
11. Shynday qilib MB ning birinchi jadvalini yaratdik. Endi MB ning ikkinchi
jadvalini yaratamiz. Buning uchun «Конструктор» asbobini ishga
tushiramiz. Ekranda 4 – qadam dagi oyna hosil bo’ladi.
12. Endi 5- 10 qadam lardagi bajarilgan ishlarni takrorla MB ning quyidagi
ikkinchi va uchinchi jadvallarini hosil qilamiz.
10
Asboblar panelidagi «Окно базы данных» asbobini faollashtirsak quyidagi
oynasiga qaytamiz.
Endi MB ustida amallar bajarishni ko’rib chiqamiz. Bu ishni quyidagi
algoritmlar bo’yicha bajaramiz.
13. Yuqoridagi «Окно базы данных» oynasidan «Запросы» buyrug’ini ishga
tushiramiz. Quyidagi oyna hosil bo’ladi
11
14. «Конструктор» asbobini ishga tushiramiz. Quyidagi oyna hosil bo’ladi.
15. «Запрос 1» Oynasiga «Оценки» va «Студенты» Jadvallarini tashlaymiz.
Buning uchun Ularni birin – ketin belgilab «Дабавить» tugmasini bosamiz.
Natijada quyidagi ko’rinish hosil bo’ladi.
12
16. Endi bu ikki jadvaldan tegishli maydon va shartlarni tanlaymiz. Buning
uchun masalan, «поле» satridagi «Uchburchak» belgisini ustiga sichqoncha
ko’rsatkichini keltirib uning chap tugmasini bossak quyidagi ko’rinish hosil
bo’ladi.
17. Yuqoridagi oynadan avval «Студенты.*» jadvaliga tegishli maydon va
shartlarni tanlaymiz. Songra «Оценки.*» jadvaliga tegishli maydon va
shartlarni tanlaymiz va «Сохранение» buyrug’ini bajarsak quyidagi
ko’rinishga ega bo’lamiz
18. «Сохранение» oynasidagi «Запрос1» o’rniga «Рейтинг бали» nomini
kiritamiz va «ок»tugmasini bossak oyna nomi «Рейтинг бали» nomiga
o’zgaradi.
13
19.
Menyuning «Запрос» bo’limidagi «Запуск» buyrug’ini ishga tushirsak
quyidagi natijaviy oyna hosil bo’ladi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
14
1. Samarqand shahridagi barcha oily o’qub yurtlarida ta’lim olayotgan talabalar
haqida ma’lumotlar bazasini yarating.
2. Informatika faniga oid adabiyotlar, ularning mualliflari, yatilgan yillari
haqida MB ni yarating va so’rov orqali MB dan tegishli ma’lumotlarni
qidiring.
3. Samarqand shahridagi tarixiy obidalar haqida ma’lumotlar bazasini yarating
va undan tegishli ma’lumotni so’rov oqali chiqaring.
4. Fizika faniga oid adabiyotlar, ularning mualliflari, yatilgan yillari haqida MB
ni yarating va so’rov orqali MB dan tegishli ma’lumotlarni qidiring.
5. Matematika faniga oid adabiyotlar, ularning mualliflari, yatilgan yillari
haqida MB ni yarating va so’rov orqali MB dan tegishli ma’lumotlarni
qidiring.
6. Ximiya faniga oid adabiyotlar, ularning mualliflari, yatilgan yillari haqida
MB ni yarating va so’rov orqali MB dan tegishli ma’lumotlarni qidiring.
7. O’zbekiston tarixi faniga oid adabiyotlar, ularning mualliflari, yatilgan yillari
haqida MB ni yarating va so’rov orqali MB dan tegishli ma’lumotlarni
qidiring.
8. Prezidentimiz I.A.Karimov asarlariga oid MB ni yarating va so’rov orqali
MB dan tegishli ma’lumotlarni qidiring.
9. Operatsion tizimlar haqida MB ni yarating. Bu MB si ularning nomlari,
Yaratilish sanasi, qaysi sinfga tegishliligi, FAT turi kabi ma’lumotlarni
saqlasin.
10. Protsessor haqida MB ni yarating. MB si Protsessorni ishlab chiqqan firma
nomi, ish tezligi, turi kabi ma’lumotlarni saqlasin.
11. Xotira turlari haqida MB ni yarating. MBsi xotira turlari, ma’lumotlarni
o’qish va yozish tezligi, sig’imi kabi ma’lumotlarni saqlasin.
12. Xizmatchi dasturlar haqida MB ni yarating. MBsi dastur nomlari, ularning
vazifalari, qaysi operatsion tizim ostida ishlasi kabi ma’lumotlarni saqlasin.
13. Antivirus dasturlari haqida MB ni yarating. MBsi dastur nomlari, ularning
vazifalari, qaysi operatsion tizim ostida ishlasi, o’zini namoyon qilish
holatlari kabi ma’lumotlarni saqlasin.
|