Kirish: Tadqiqot mavzusining dolzarbligi




Download 3,16 Mb.
bet4/17
Sana29.12.2020
Hajmi3,16 Mb.
#13003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Kirish:

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi: Inson yer yuzida paydo bo’libdiki u yangilikga, go’zallikga intilib, kelgan. U har bir narsadan san’at asari yaratishi mumkin. Modomiki shunday ekan inson oddiy loy, tosh, yog’och, ipak, jun hatto qamishdan ham g’zallik yaratishga qodir. Bunday g’o’zallik asta sekin san’at darajasiga yetib keladi. Bu jarayon davomida san’atkor o’zining qalb quriga bag’ishlab yaratilayotgan asariga jon bag’ishlaydi. San’atning o’ziga yarasha turli xil soxa va yo’nalishlari mavjud. Kimdir uni g’o’zal tabiat desa, kimdir yaratilmagan asar deydi.

Dizayn – bu asli inglizcha deign so’zidan olingan bo’lib, loyixalash, chizish, o’ylab topish hamda loyixa, reja, rasm ma’nolarini bildiradi. Dizayn iborasi buyumlarni loyixalash bilan bog’liq bo’lgan yangi faoliyat turini bildiradi. XX –asrning boshlarida dizayn aloxida turi sifatida vujudga keldi va rivojlana boshladi. Hozirgi kunda “Dizayn” jamiyatni murakkab yashash jarayoniga mos keluvchi buyumlar muhitining maqsadga muvofiq keladigan namunalarini yaratish bilan shug’ullanadi. Ba’zan dizayn deganda uning ayrim bir soxasi, masalan: san’at buyumlarining estetik xossalarini loyixalashgina tushuniladi. Lekin dizayn ishlab chiqarishning funksiya ko’rsatishi, iste’mol buyumlar muhitida odamlarning yashash bilan bog’liq bo’lgan ancha keng ijtimoiy- texnik hamda estetik muomalani hal etadi. Dizayn iborasi badiiy loyixalash faoliyatining natijasini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Masalan: “buyumlar dizayni”, “ avtomobillar dizayni”, “ liboslar dizayni” va boshqalar.

Hozirgi kunda matbuot sahifalarida dizayn so’zini tez-tez uchratish mumkin. Arxitektura, kiyim-kechak, radio-televizorlar, avtamobillar haqida gapirganda ham ularning dizayniga baho beriladigan bo’ldi. Dizayn nima? Uning lug’aviy ma’nosi qanday? Bu savolga Italyan arxitektori va dizayneri Djio Ponti dizaynning maqsadi-

go’zal shakllar, narsalar dunyosini yaratishdan iborat bo’lib, ular svilizatsiyamizning



chinakkam xarakterini ochib berishi lozim, deb xisoblaydi. Demak dizayner birinchi navbatda kuchli fantaziyali rassom, keng qamrovli, lirik tabiatli inson, yuqori malakali injener, texnolog, konstruktor bo’lmog’i lozim. Dizayn ishlab chiqarishining hamma soxalarida, jumladan, mashinasozlik, mebel, xalq xo’jalik buyumlarini ishlab chiqarish, tikuv bichuv ishlarida keng qo’llaniladi. Uning zimmasiga funksional vazifasini inobatga olgan holda o’sha buyumning go’zal, ixcham,xizmat uchun qulay va arzon bo’lishini ta’minlash yuklangan. Dizayn bilan kimlar shug’ullanadi, degan savol tug’iladi. Darhaqiqat, hanuzgacha dizayn bilan ko’proq rassom va arxitektorlar mashg’ul bo’lganlar. Jumladan, mashhur dizayner V. Tatlin rangtasvir rassom, arxitektor, italyan dizayneri Djio Ponti arxitektor bo’lgan. Rassom va arxitektorlar hamma soxada dizayner bo’lib ishlay oladilar. Yaqin yillar ichida har bir soxaning dizaynerlari alohida o’rin egallay boshlashdi.


Download 3,16 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 3,16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish: Tadqiqot mavzusining dolzarbligi

Download 3,16 Mb.