III-Bob Talabalarga dizaynni o’rgatishdagi tadqiqot natijalari.
3.1 Talabalarga dizaynni o’rgatishda zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish
Biz o’rganayotgan o’simliksimon naqsh elementlarini o’кganish, malum qonun qoidalar asosida amalgam oshiriladi. Naqsh elementlarini chizishni mashq qilishda qalamning sifatlisida foydalanishga harakat qilish, qalamni sifatli yoki sifatsizina ajrata bilish muxim axamiyatga ega. Chunki amaliy san’atning qaysi tur va janrlarini bilan shug’ullanmasin naqqosh uchun qanchqlik mo’yqalam, yog’och va ganch o’ymakor ustalari uchun esa o’yuvchi va yunuvchi iskanalar qanchalik muxim bo’lsa oddiy qora qalam xam shunchalik muxum axamiyatga ega ekanligini unutmaslik kerak. Chunki amaliy san’at ustasi naqsh kompazissiyasini yaratishda qalam asosiy ish quroliga aylanadi. O’ymakor-naqqosh xar bir chiziq tortganda, chizayotgan chizga sifatli, ravon va tiniq chiqsa usta shunchalik ilxomlanib, yangidan yangi elementlarni, kompozisiyqlarni yaratadi, kashf etadi. Oddiy qora qalamlar o’ymakor naqqoshning asosiy ish qurolidir.
“San’at rashkchidir, u tamoman o’ziga berilishni talab qiladi” degan edi buyuk uyg’onish davri rassomi, haykaltarosh Mikelanjelo. Haqiqatdan ham san’at sohasiga kirgan odam uning sehridan chiqa olmaydi. Dizayn san’atida o’zbek xalq amaliy san’ati namunalari uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan ustalar ijodi bilan bog’lanib ketadi. Biz dizaynnga tarif berib o’tganimizda xalq amaliy san’atiga asoslangan tarzda o’zini namoyon etishni ham aytib o’tganmiz. Shu kabi amaliy san’atning dizayn yo’nalishini bolalarga o’rgatish masalasi o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Amaliy san’at ustalari ko’pchilikni tashkil etadi,. Ammo ana shularni o’quvchilarga o’rgatishda taniqli, ma’lum bir muvoffaqiyatlarga erishganlarini tanishimiz kerak ekan, yana shuni aytish kerakki amaliy san’at ustalarining ishini o’rgatishda biz 1-son pedagogika kolleji, Samarqand shahar qurilish va milliy hunarmandchilik kollejida, Samarqand san’at kollejlarida kuzatish olib bordik. O’qitishning metodikasiga oid tajriba sinov ishlarimiz ham ana shu kollejlarda olib borildi. Shunga avvalo biz o’rganuvchi tadqiqotlarni olib bordik. Bunga kollejlarning yillik ish rejalarini, hujjatlarini o’rgangan edik. Uning natijasi ko’p o’quvchilar, rassom ustalar hamda yaxshi tushunchaga ega emasligi bilindi,. Uni quyidagi dastlabki o’rganish orqali bilishimiz mumkin.
Dizayni o’rganish amaliy san’atning asoslaridan biri ekan ko’proq bolalar dizaynerlikni elita pardalar, kiyim kechaklarda ko’rinadi deb biladi. Ammo dizayn hamma moddiy, ma’naviy dunyomizda foydalanadigan narsalarning loyixaviy tuzilishi bo’ladi. Bunga kiyim - kechaklar, uy-ro’zg’or buyumlari, texnika vositalari, mehnat va ishlab chiqarish qurollari, o’quv jihozlari, bozor buyumlari hattoki soch turmaklarigacha dizaynga aloqadordir. Shularninggo’zal, yangicha loyihalashni yaratish dizaynning san’atiga dahldor.
Yana shu kabi masalalarda o’zbek xalq amaliy san’atini yaratuvchi ustalar ijodi katta ahamyatga ega.Talabalarning dizaynni o’rganishdagi qiziqishini o’zbek xalq amaliy san’ati ustalari ijodidan foydalanishga oid kollej va maktablarda kimlarning, qnday ishlari o’rganiladi tajriba sinov ishlarimiz bilan aniqladik.
Kollejlarning dasturida qurilish va milliy hunarmandchilik masalalari o’rganilib borishi ko’rsatilib o’tilgan unda 10soat vaqt ajratiladi. Yana ham bu mavzular orasida suxbat jarayoni bilan birga olib borilishi ko’zda tutilgan.
Tasviriy san’at ustalari, rassom dizaynerlardan “ F. Saydaliyev, usta U. Jo’raqulov, X. Raximova” larning ijodi o’rganilib taxlil etiladi.
Usta dizaynerlar Gerit Tomas, Ritveld, Valter Groups, Mixail Tonet, Petero Berens Reymond Lui, Kamillo Olivetti, Ervin, Djio Ponti, V. Tatlin Artur Braunlar.
Mana shu yuqorida keltirilgan usta dizaynerlarni qanchalik bilishi yuzasidan so’rovnoma asosida sinov o’tkazdik. Uning natijasi quyidagi jadvalda keltiriladi.
Usta dizaynerlarni bilishi. 1-jadval orqali baholandi.
1-jadval.
Baho
|
Savollar
|
|
1-S
|
2-S
|
3-S
|
4-S
|
5-S
|
A’lo
|
|
|
4(%)
|
-
|
6(%)
|
|
|
O’rta
|
|
|
20(%)
|
7(%)
|
19(%)
|
|
|
Past
|
|
|
22(%)
|
39(%)
|
21(%)
|
|
|
Jami
|
|
|
46(%)
|
46(%)
|
46(100%)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
46 o’quvchi so’rovnomada qatnashdi.
Savollar:
Dizayn sanatining mazmuni va ma’nosi nima?
Qanday xalq ustalarini bilasiz?
Amaliy san’at turlari qanday?
Dizayn san’ati qachon paydo bo’lgan?
Amaliy sanat ustalari dizaynermi?
Bu savollarga berilgan javoblarni tahlil qilar ekanmiz quyidagicha bo’ldi. Bu birinchi tajriba sinov ishimizning natijasi xisoblanadi.
Birinchi savolga 4 o’quvchi a’lo, 20o’quvchi o’rta va 28o’quvchi past ko’rsatgichda javob berdi. Ko’rinib turibdiki dizaynni to’liq ma’nosini hamma o’quvchilar birdek bilmaydi.
Ikkinchi savolga qanday xalq ustalarini bilasiz? Degan savol juda past bo’ldi. Faqat ularga dars berayotgan ustalarni biladi xolos, a’loga javob bergan o’quvchi yo’q, o’rta baho 7 nafarni tashkil etdi. Pasti esa 39 nafarni. Bu juda past ko’rsatkichdir. Agar o’quvchilar o’zlashtirishijarayoni qo’shimcha darslar darslar bilan yoki soatlarni nazariy ham oshirmasa usta rassomlarni bilmay qolaverishadi.
Uchinchi savoldagi amaliy san’at turlari qanday? Degan savolga aniq va bir xildagi javob olinmadi. Shunday bo’lsada a’loga 6nafar o’quvchini,o’rtaga 19nafar o’quvchini, pastga 21nafar o’quvchini kiritish mumkin. Aytish mumkinki o’quvchilar xalq amaliy san’ati turlarini ham yaxshi bilmaydi.
To’rtinchi savolga ya’ni, dizayn san’ati qachon paydo bo’lgan degan savolga ham berilgan javoblar past bo’ldi. Chunki xalq ustalari va amaliy san’atning yaratuvchilari to’g’risidagi materiallar hammaga yetarli tarzda holi ommalashgan emas. Ba’zida berilgan maqola yoki ocherk tarzidagi ishlar haligacha ta’lim jarayoniga yetib brogan emas. Shuning uchun a’lo bahoga arziydigan o’quvchilar 3% foizginani tashkil etadi. Bu 7 nafar o’quvchi a’lobo’ldi degani, 19nafar o’quvchi o’rtacha o’zlashtirishga o’zlashtirdi, 20 nafar past o’zlashtirishga ega bo’ldi.
Beshinchi savolga amaliy san’at ustalari ham dizaynermi? Degan savolga asosan ikkilanishlarga ega bo’ldi. Bu aniq holi o’quvchilar bilimining shakllanmaganini bildiradi. Aniq javobni 12nafar o’quvchi a’loga, 21o’quvchi o’rtacha va 13o’quvchi past ko’rsatgichda javob berdi. Endi o’z-o’zidan ma’lumki o’quvchilar xalq amaliy san’ati va ularning yaratuvchilarini aniq tasavvur eta olmaydilar. Biz o’rgangan va savollar bilan aniqlagan ishlarimiz asosida kollejlarda darslarni tashkiletish rejasini tuzib chiqdik. Ana shu reja asosida dars ollib borib natijalarni qayta tekshiruvdan o’tkazishga harakat qildik.
Tasviriy va amaliy san’at ustalari ijodida dizayn san’ati masalalariga oid ma’lumotlar “O’zbekiston san’ati” nomli 2001-yilda chiqgan kitobda qisman beriladi.Unda amaliy san’atning bir qancha turlarini rivojlanishi bilan dizayn san’atining asosiy tur va shakllari ham keltirib o’tiladi. Dizayn bilan birga rivojlanayotgan amaliy san’at turlari halq orasida ommaviylashib ma’lum bir sanatkorona ko’rinishlarni o’zida jam qilmoqda.
Ana shularni o’quvchilarga o’rgatib berish bilan ularni tasviriy san’atga qiziqtirish mumkin deb bilamiz.
Xuddi shunday bilimlar hajmini oily ta’lim misolida ham ko’rib chiqganimizda taxminan bir xil natijani ko’rsatdi. Shu savollarga javob bergan amaliy san’at yo’nalishi talabalari shifri 7111000 – amaliy san’at ( tasviriy san’at va muxandislik grafikasi), birinchi bosqichda javoblar yaxshi emas.
Asosiy talablardan kelib chiqib shunday xulosalarga kelishimiz mumkin.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim o’quvchilari amaliy san’at ustalarining ishlaridan doimiy xabardorligini tashkil etib borishi lozim bo’ldi. Chunki, dizayn san’atini yatatuvchilari ham ustalar, rassomlar va memor, haykaltaroshlardir. Bularning ijodini yaxshi o’rganmay turib yangi ish yaratish mumkin emas.
Tasviriy va asmaliy san’at yo’nalishida taxsil olayotgan o’quvchi – talabalar xalq amaliy san’atiga oid adabiyotlar, materiallarga ega bo’lishi va ularnimukammal o’rganishi lozim. Shuningdek o’quvchilar bilan doimiy xalq ustalari faoliyatini, dizaynerlar ishini bilib, ko’rib turishi ular bilan muloqotda bo’lishi kerak.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim o’quv dasturida amaliy san’atga ajratilgan o’quv soatlarini kengaytirish va ustalarning bajargan ishlarini o’rganib borishi tashkil etish lozim.
Har bir talaba tasviriy va amaliy san’atga oid ishlarni dizayr san’ati bilan birgalikda o’rganish imkoniyatini tashkil etishiga o’qituvchilar e’tibor berishlari lozim.
Ko’pchilikka ma’lum xozirgi kunda, hamma yerda texnik taraqqiyot rivojlanib, yangi-yangi texnologiyalar yangi buyumlar ishlab chiqarish yildan yil ko’paymoqda. Bunga sabab xalq istemol mollari o’rtasidagi raqobatdir. Turini, xajmini, rangini yangilash kerak.
Zamonaviy sanoat buyumlari notexnologik bo’lishi mumkin emas, aks holda u mashinali ishlab chiqarish mantiq ilmida va bozor qonunida ziddiyatli chiqish qiladilar, texnologiya masalasi unchalik ahamiyatli emas. SHishadan badiiy buyumni yaratishda faqat puflash texnologiyasini o’rganish orqaligina mumkin bo’ladi, hamma nozik qirralash va shishani presslashni, zargarlik bezaklarida esa-qimmatbaho toshlarni ishlashda va rangli metallarni qayta ishlashda, uni egallashda malaka hosil qilmoq lozim. Ommaviy mashinada ishlab chiqarish sharoitida texnologiyaning roli ishlab chiqarishda va buyumni hosil qilishda ko’p marta o’sadi, rassom dizaynerga bog’langan yangilanish muammosi ishidagi markaziy masalalardan biri bo’lib qoladi.Inson iqtidori, qobiliyati, fikr doirasi, doimo birinchi man’ba bo’lib kelgan. Hamma jarayonda inson fikri va zakovati rivojlanish, taraqqiyot etaklovchisidir. Texnika-texnologiya esa, inson qo’l mexnatini engillashtirish uchun asosiy omillaridan biridir. SHuni unitmaslik kerakki, xar qanday texnikani boshqarish pulti inson qo’li bilan amalga oshiriladi. CHunki, shu taraqqiyot sababchisi ham siz bilan biz. “Progress” va “yangi texnologiya” tushunchasi bugun amaliyotda sinonim hisoblanadi. Yirik ixtirolar va ilmiy-texnik yutuqlar darrov o’z aksini dizaynda topadi, yangi badiiy shakl ko’rinishida va ishlab chiqarish buyumlarni yangisini ajratish qisman esa yangi falsafiy shakl hosil qilishda. SHunday paydo bo’lgan XX asrning 60-yillar o’rtasida plastmassa sintetik polimerlar asosida shakllarni konstruktorlashda alohida plastiklikka ega bo’lgan, yuqori tejamkorlik va estetik ko’rsatkichdagi, a’anaviy qo’yishni anglashda turtki bo’ldi, qoliplashda va sanoatda shakl hosil qilishda, yangi texnologiyani qayta ishlashda-chig’irlab, zichlab, ekstruzion uslublari, rotatsion va akkumlashtirish, changlashning turli uslublari. Dastlabki shakldagi o’rniga an’anaviy materiallar keramika, metall, yog’och o’rniga yorqin va engil plastmassa buyumlar keldi, ishlab chiqarishni anchagina kengaytirishga yo’l qo’ygan maishiy buyumlar, ularning tashqi ko’rinishini yaxshilash, foydalanishda ancha qulay qilish. Jahonda plastmassa ishlab chiqarish xajmi 1979 yildan 1989 yilgacha taxminan 5 barobar o’sdi. Ayniqsa bu kundalik xayotga talluqli buyumlar: mebel, idishlar, televizion va radioapparaturalar, maishiy to’plamlar, unda tashqi ko’rinishdagi zamonaviylik masalalari, modalar va estetikalar alohida dolzarb ahamiyatga ega. Bug’li dvigatel ixtirosi, ichki yonuv dvigatel na faqat turlar ob’ekti kengaytirildi dizaynerlik faoliyatida, unga qator yaxlit yangi turlar kiritildi: avtomobil, aviolaynerlar, kosmik kema, ammo yangi tezlikda o’zlari bilan olib kelgan insonni o’rab olgan bo’shliqlar orasidagi-narsalar shakllarini qabul qildi. Dinamik qabul qilish yuzaga keldi tomoshabin oldidagi ko’rinuvchan suratlar to’xtovsiz almashinib, harakatdagi transportda ro’paro kelgan . Katta harakatdagi bo’shliqda aralashgani esa havo va er ostini hisobga olib bungacha mavjud bo’lgan yaxlitlik jarayonini insonni o’rab olgan uning atrofidagilarni qabul qilib qoidani buzilishiga olib keladi, uluq-yuluq mantiqiy aloqalar alohida arxitektura va ko’rinuvchan suratlar shaklidagi o’zaro bog’liqlik: sanoqli daqiqalar yoki soatlar bir izli osma yo’l yoki er osti metrosi tezligi yordamida zamonaviy inson biridan arxitektura orasida boshqasiga o’tib qoladi, samolyotda esa u xatto qishdan o’zga, kechadan kunduzga joylashishi mumkin. Natijada atrofimizdagi dunyo surtida keskin o’zgarishlar yuzaga keladi. SHularning hamma-hammasining sababchisi insondir. Halqimizda bir ajoyib ibora bor “Inson hamma narsadan ulug’” bu ilohiy so’z bo’lib, butun mahluqotlarning ulug’i insondir. Bu qilinayotgan sayi-xarakatlar dizaynerlarning tabiatimizdagi bo’shliqlar orasidagi narsalarni takomillashtirishda qat’iy yangicha yondoshishni, arxitektor va dizaynerlardan ergonomika, psixologiya, inson aql-idroki, aerodinamika va ko’pgina boshqa sohalarni alohida bilishni talab qilinadi. Bugungi kunda dizayner bilim dargoxlarini ochilishiga sabab ham shundadir.
Dizayn-bizning vaqtimizdagi farzandlarimiz, sanoat revolyutsiya inqilob vaqti, sifatli yangi ishlab chiqarish texnologiyasini yorib o’tish. Agar arxitektura hamma e’tirof qilgan jahon yilnomasi hisoblansa, dizayn esa-o’ziga xos shakldagi yilnoma texnikasidir, materializatsiyalashgan qat’iy shakldagi narsalar-dizayn yaratgan-o’zining rivojlanish tarixiga ega. Chunki, dizaynchi qo’li tegmagan narsa, o’z shaklini chiroyini, qomatini yangilay olmaydi.Yorqin misol bu erda zamonaviy fotoapparatning evolyutsion shakli bo’lib xizmat qiladi. Dastlabki kamera-abektura o’tgan 100 yillikning boshlarida to’g’ri to’rtburchakli quti shaklida bo’lgan va ular hammasi bir necha o’n kilogrammgacha etib kelgan. SHunday beso’naqay va og’ir fotoapparat bilan suratga olish faqat maxsus taglik -uch oyoqli bilan mumkin bo’lgan, takomillashmagan foto materiallar talabi esa favqulotda uzoq muddatli ko’rgazma va maxsus yoritgich qurilmalari-magniyli chaqnash qo’llanilgan. Yuqori ta’sirchanli fotomaterialning paydo bo’lishi bilan va fotografiya texnikasining rivoji bilan ancha engil taxlanma konstruksiyaga va mex, teriga o’tish yuz bedi. Keyingi bosqichdagi rivojlanishlar filmdagi-rol ijrosi bo’ldi, undan jajji miniatyurali, kichik hajmdagi fotoapparatlarga olib keldi, dastlabki birinchi timsollardan biri mashhur avstriyalik muxandis-konstruktor O. Barnakning afsonaviy "leyka“si bo’ldi. Sifatli yangi fototexnikaning XX asrning 70-yillaridagi keskin o’zgarishi yana yangi fotografik materiallarning paydo bo’lishi bilan, bog’liq bo’ldi, yangi konstruksiyadagi fotoob’ektivlar, elektronli qulflar, elektorli chaqnashi bilan. Bugun muxbirlar fotokamerasi, ko’rgazmali avtomat saralangan ta’minot vazifasi, ob’ektivda fokus oralig’idagi o’zgarish va avtomatli keskin mo’ljalga olish, elektronli fotochaqnash, uni butunlay ozod qiladi, texnik masala echimidan, ijodiy jarayonda uning butun diqqat e’tiborini bir erga to’plashga sharoit yaratadi. Raqamlar texnologiyasi rivoji, shu bilan birga esa-axborot olib boruvchilarning radikal almashinuvi, fototexnikaning sifatli yangi bosqich rivojini va uni shakl hosil qilishini belgilaydi. Taraqqiyot ta’siri orqali xozirda bularni o’rniga yangi raqamli fotoapparatura keldi, fototasvirni ximiyaviy qayta shlash jarayoni bundan mustasno, birpasda natijasini ko’rishga qodir va yo’ldoshdagi aloqalardan foydalanib tasvirni reaksiyaga uzatish. Ko’pgina narsalarning maishiy texnikasini shakl hosil qilishini evolyutsiyada o’xshashlikda topish mumkin: telefon shakllari rivoji-besunaqay qutidan alohida mikrofoni va nauchnigi bilan, kamutator orqali ishlaydigan, to zamonaviy telefon telefon apparati faksi bilan va avtojavob beruvchi, radioaloqa imkoniyati, abonement raqamini eslab qoluvchi, yo’ldosh orqakli xoxlagan sayyoralar nuqtasi bilan aloqaga chiqishi mumkin: televizorning rivojlanish jarayoni-birinchi lampali telepriyomnikdan oq-qora tasvirdagi oldiga miniatyurali kichik linzali ekran tirkalgan tasvirni kattalashtiradigan, to zamonaviy yassi maydoni monitorli o’zgarmas bir necha kvadrat metrli, suyuq kristalli eng yangi texnoloiyadan foydalanib bajarilgan. Bularning hammasi inson aql-zakovatining mahsulidir. Dizayn to’g’ri bozor talab va extiyojlarga qarab bo’ladi . Bozor ishlab chiqaruvchini doimo yangilikni izlashga turtki bo’ladi, hammasi ancha takomillashgan va iqtisodiy echimda, zamonaviylashtirish va ishlab chiqarishni yangilash, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini muntazam ravishda joriy qilish, xalq iste’mol mollariga uzluksiz tadbiq qilish oqibatida o’sish betuxtov davom etadi. Dizayner shu yangiliklar jarayonida ishtirok etar ekan u ham o’z navbatida mahsulotni qaysi bezagi xalq nazariga ko’proq tushmoqda. O’z navbatida bu ilmiy izlanish va tajribalarni rag’batlantirish, shu korxona maxsulotini raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Chunki, maxsulot mukofoti shunga turtkidir.
Sanoat ishlab chiqarish sohasi bilan bog’liq bo’lgan zamonaviy izlanish yo’llaridan biri qisqartirilgan son bilan tayyorlanayotgan mahsulot qism turlarini, ish hajmini va ishlab chiqarish muddatini ma’lum darajada qisqartirishga yo’l qo’yib, natijada esa ancha kam xarajatli tejamkorlik qilish. Biroq bunday ishlarni yangi shakldagi narsalarni yangi arxitektonika bilan, yangi xususiyatdagi elementlarni uslublashtirishda badiiy izlanishsiz dizayin ishtirokisiz yangi shakllarni yaratib bo’lmaydi. Misol tariqasida XX asrning 60-yillarida mebel ishlab chiqarishda shakl hosil qilish qoidalari o’rnida keltirishimiz mumkin, yangi texnologik talab va imkoniyatda qabul qilingan: eskisi o’rnida, ko’p elementli konstruksiyadagi murakkab bog’lamdagina mustahkamlashda plastmassa, fanerlar, shishani yaxlit egilgan shakllarga keltirish.To’xtovsiz o’sayotgan zamonaviy darajasi hamma va ancha baland talablarni doimo olg’a tomon siljitadi qulaylikni, gigienani, ekologiyani, inson atrofidagi narsalarni. Bu o’ziga xos turtki yangi texnik echimini izlanishda turibdi. Atrofimizdagi buyumlar qulayligi masalasi azaldan insonni to’lqinlantiradi. Ibtidoiy odam qo’l shakliga mos toshni tanlagan, anchagina qulay bo’lishi uchun uni taroshlagan, unga dasta qilib, o’zini himoya qilish uchun, ov va ovqatni o’lja qilishda hosil bo’lgan qurolni qo’llagan. Arxeologik qazishmalar bizga ba’zan ajoyib o’ylangan va foydalanish uchun qulay bo’lgan ish quroli, toshdan taroshlangan, hayvon suyagidan tayyorlangan, keyinroq esa-temir va bronzadan qo’yilganini namoyish etadi. Ov uchun dastlabki birinchi qurol yog’och cho’pi, yo’nalgan yaxlit daraxt shoxi bo’lgan. Unda cho’p qismi dasta rolini o’ynaydi va ancha ingichka, qo’l barmoqlarida ushlash uchun qulay «uriladigan» qismi esa-ancha og’ir, qalin bo’lgan. Inson yaratayotgan buyum olamida o’zining jismoniy parametri va fiziologik o’z organizmi imkoniyati bilan taqqoslanadi. Kishi biron narsa ixtiro qilar ekan, eng avvalo o’ziga mostlab yaratadi, o’zi foydalanadi...Ma’lumki, deyarli hamma asosiy qadimiy o’lchovlar inson tanasi qismi o’lchami yotadi. Ushbu ingliz fut qadam, o’rtacha erkak qadami-0,3048 m uzunligiga teng, ruslar: qo’lning ko’rsatkich barmog’i bilan bosh barmoqning boshdan oxirigacha cho’zilgan oralig’i, lokot-uzunlik o’lchovi, tirsak suyagigacha bo’lgan uzunlik to’g’ri keladi va tengligi -455-475 mm. Bunday universal har tomonlama o’lchov birligidan foydalanib, har doim «qo’l ostida» yoki «oyog’i»da bo’lgan, o’sha davr ustalari favqulotda aniq arxitektura inshootlarini, maishiy, ish buyumlarini yaratganlar. Jismoniy parametrlar asosida inson qaddi-qomati hatto butun metrik tizimda yaratilgan edi. qadimiy manba’larda inson tanasi nisbatan qonunida Memfis yaqinidagi ehromlari taxminan eramizdan avval 3000 yil sag’analardan topilgan edi. O’sha vaqtdan va to bizning kunimizgacha olimlar va rassomlar inson tanasi nisbati sirlarini ochish ustida ishlamoqdalar. Firavnlar vaqtidagi misrliklar qonuni, Ptolomeylar davri qonuni, qadimgi gretsiya va Rim qonunlari bizga ma’lum. Poliklet qonunini, Alberti, mikelanjelo, Dyurer, Forobiy, Al beruniy, Al xorazmiy tadqiqotlarini biz bilamiz. Leonardo da Vinchi ishlari ushbu yo’nalishda inson tanasining grafik modeli qonuni nisbatini yaratish bilan tugallandi. Al Xorazmiy o’zini «algebra» ilmiy ishlarini o’lchovini yaratdi.
O’rta asr hunarmandchilik tajribasida o’lchov moduli va uni qo’llash qoidalari tadqiq qilindi, o’zining nuqtai nazaridan inson uchun qulay buyum va turli xil o’lchovda yaratilgan qolip sifatida xizmat qildi. XIX asr tadqiqotchilari birinchi galda A. Seyzing, inson nisbatini nozik o’lchovlar asosida o’rganayotganini taqqoslab va oltin oqimi qoidasini qo’llagani e’tiborga loyiqdir. Mutaxassis-arxitektorlar orasida keng ma’lum «Modular» Le .korbyuze-garmonik tizim o’lchovi, qonunga asoslangan «geometriya» inson tanasi va qoidaga «oltin oqimi». Le Korbyuzening o’z tavsifiga ko’ra «Modular-bu katta ahamiyatga ega bo’lgan, qator yoki boshqacha shaklda ishlab chiqildi, masalan, mashinada, mebelda, kitobda». Garmoniya sohasida inson atrofidagi narsalar orasida izlanishlar hozir ham davom etmoqda. Arxitetkor biron loyiha uy tasvirini chizar ekan, albatta imoratni kattaligi odamga nisbat qilib oladi.
|