II-BOB Talabalarga dizaynni o’rgatishda o’zbek xalq amaliy san’ati vositalaridan foydalanishning shakl va usullari




Download 3,16 Mb.
bet12/17
Sana29.12.2020
Hajmi3,16 Mb.
#13003
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
II-BOB Talabalarga dizaynni o’rgatishda o’zbek xalq amaliy san’ati vositalaridan foydalanishning shakl va usullari.

    1. Talabalarga dizaynni o’rgatishda Samarqand naqqoshligi an’analaridan foydalanish.

Respublikamizning Toshkent, Xiva, Samarqand, Buxoro singari shaharlarida uymakorlik va naqqoshlik san’ati ayniqsa mashhurdir. Xalq amaliy san’ati ustalari madaniyat qasrlari, istirohat koshonalarini bezashda jonbozlik ko’rsatayotganligi diqqatga sazovor. Bu san’atning Toshkent maktabida qator xalq ustalari ijod etmoqdalar. Bular orsida ayniqsa, naqqosh Jalil Hakimov, usta ganchkor, xalq rassomi Mahmud Usmonov, o’ymakor Ortiq Fayzullayevlar ijodi el tiliga tushgan. Ularning asarlarida tinchlik, do’stlik, davrimiz ruhi o’z ifodasini topgan. Qadimiy san’at turlaridan biri bo’lgan o’ymakorlikda ajoyib yutuqlarni qo’lga kiritayotgan ijodkorlardan biri Ortiq Fayzullayevdir. Samarqanddagi Shoxi-zinda maqbarasi, Go’ri Amir maqbarasi, Ulug’bek, Sherdor, Tillakori madrasalari va boshqalar sharqning nodir guzalligi, soddaligi hamda naqsh motivlarining ulug’vorligi bilan kishilarni sexrlab kelmoqda. Yuzlab, minglab xalq me’morlarining qavariq qo’llari bilan yaratilgan yodgorliklardagi jonli naqshlar xuddi tabiatning guzallik olamini kuylayotganday tuyuladi va kishilar ruhiyatiga ko’tarinki rux bag’ishlaydi. Chunonchi Samarqanddagi asrlar davomida musulmon sharqida dong taratgan oliy bilim maskani Ulug’bek madrasasini tomosha qilar ekanmiz, uning ta’lim-tarbiya. maqsadida ko’zlab bunyod qilganligini naqqoshlar bezagi orqali sezish oson. Madrasaning bezagidagi bir-birini kesib o’tgan behisob chiziqlardan ko’p burchakli va ko’p qirrali yulduzlardan tashkil topgan naqshlar xuddi koinotdagi charaqlab turgan naqshlarni asrlar osha hikoya qilib turganday tuyuladi. Ana shu bir-birini kesib o’tgan behisob chiziqlar, har xil burchakli va qirrali yulduzlardan tashkil topgan geometrik naqshlarni girix, deb yuritiladi. Biz Samarqandning memoriy obidalarida ishlangan naqshlarni ko’rar ekanmiz ulardagi jozibadorlikni, ustalarning mahorat bilan ishlaganligini ko’rishimiz mumkin misol qilib Shohi zinda, Hazrati hizir, Registon ansambili, Amir Temur maqbarasi kabilarda o’ziga xos naqshlar o’ziga xos uslubda ishlanganligini nafaqat biz balki chet eldan tashrif buyurgan mehmonlar ham lol qolishadi. Aytishimiz mumkinki har bir unsur, har bir yo’sin turli tarixiy bosqichlar davomida o’zining tabiiyligini yo’qotmagan, qaysi bir tasvirni olmaylik uning zamirida ramziy ma’no yashiringan bo’ladi. Naqqoshlar g’oyat murakkab naqshu nigorlarni bunyod etar ekanlar, ularda yaxshi tilaklarni aks ettirganlar. Xususan, naqshdagi ranglarning o’ziga xos ma’nolari bo’lgan. Masaln: gulsafsar, osoyishtalik va uzoq umrlik timsoli, to’lqinsimon gul soyasi, boylik va farovonlik timsoli, navda vayaproqlar esa to’kinchilik hamda tabiatning bahor chog’ida uyg’onishni anglatgan.

Naqqoshlik san’ati qadimdan insonning moddiy muxitini go’zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat gilib kelgan. Xalq ustalari tomonidan jilolangan me’moriy obidalar, turar joy va ro’zgor buyumlari go’zallikni idrok etishimiz, ma’naviyatimiz va o’zligimizni chugurrog anglashimiz borasida bebahodir.



Samarqand naqshlari Toshkent, Farg’ona naqshlariga o’xshab ketadi. Samarqand naqshlari o’ta guldorligi barg va gullarining badiiy harakatchanligi, jonliligi bilan farq qiladi. Unda murakkab girihlar, Farg’ona naqshlariga o’simliksimon naqshlari bilan aniq bir ritmik takrorlanuvchan naqshlar kompozitsiyasi bilan Toshkent naqshlariga o’xshash. Avval zangori rang gammasida ko’p naqsh bajarilgan bo’lsa, hozir esa yzshil rang gammasida ko’proq naqshlar bajariladi Samarqand naqqoshlik maktabini yaratishda “Usta Raxmonxol, usta Jamolidin, usta Maxmud usta Abdujabbor, usta Abduzohid usta Sharif, usta Aminjon, usta Bako” keyinchalik usta Jalolva Bolta Jalilovlar kabi naqqoshlar asos soldilar va bebaho hissalarini qo’shdilar. Muxammad Murod Samarqandiy 1616 yilda Buxoroda bo'lgan. U Sa'diyning «Buston» asariga miniatyura chizgan. So'ng bu asar Juybor shayxlaridan Abduraxim Xo'jaga tuxfa qilingan. CTrta asr o'zbek miniatyura san'atining yana bir ko'zga ko'ringan taniqli musawiri Muxammad Murod Samarqandiy o'zining qoyat kuchli tasviriy qobilyati, asarlarni jonli, ifodali realligi bilan ajralib turadi. «Shoxnoma» asarida uning 115 illyustrasiya miniatyurasi uning o'z davrining yetuk san'atkori ekanligidan dalolat beradi. U qoyat kuchli dramatik syujetlarni o z asarlarida ifoda etadi. Asarlarida o'z davrining sosial xayoti to'la-qonli ifoda etib berilgan. Uning «qo'zgolon» asarini kuzatar ekanmiz asar qaxramonlarini qoyat aniq tashvishli, qazabkor va jonli ifoda etganligini kuzatamiz. Asardagi ranglar xam o'ziga xos qo'zqolish ruxida beriladi. Murodni rang tanlashi xam o'zidan avvalgi musawirlardan boshqacharoq kompozisiya syujetlari va ularga tanlangan ranglarda aloxidalik reallik xukm suradi. Murod Samarqandiy - mashxur naqqosh va mashxur atoqli musawir. Murod Samarqandiy XVI asrda yashab ijod etgan rassom. Murod Samarqandiyning otasining ismi xaqida xam xech qayerda xech nima berilmagan. Murod Samarqandiyni ayrim sharqshunos olimlar uni tuqilgan va vafot etgan yilini aniq ko'rsatib bermaganlar. Murod Samarqandiy juda yoshligidanoq rasm chizishga kirishadi. U rasm chizishni eng oddiy elementlarini katta zexn bilan o'rganadi. Yosh Murod tabiat elementlaridan o'z rasmlari kompozisiyasida foydalanishga, badiiy asarlar syujeti bo'yicha rasm ishlashga asosiy e'tiborni qaratadi. U birgina rasm chizib qolmay badiiy asarlarni xam mutoala qilib turar edi. Ko'pgina manbalarda ko'rsatilishicha u davrda Xirotda Alisher Navoiy boshchiligida 40 a'zoga ega bo'lgan yetuk rassomlar xattotlar, me'morlar, musiqashunoslardan tashkil topgan «Ilmiy kengash» faoliyat ko'rsatar edi. Shu bilan birga Mirak Naqqosh raxbarligida «Nigoriston» san'at akademiyasi xam bu davr san'ati va madaniyati rivojida muxim o'rin tutgan xolda Murod Samarqandiy ijodining ravnaqida xam katta ta'siri bo'lgnligini xam aytib o'tishimiz joizdir. U Xusayn Boyqaro xamda Oqa Mirakdan ta'lim olgan. Uning Xirotda yashagan choqidagi asarlari bizgacha yetib kelmagan. XVI asr 30-40 yillarida chizgan suratlarida 30 yaqini kashf etilgan. U xamma miniatyurachilar kabi shoir va buyuk mutafakkir Alisher Navoiy suratini xam chizgan. Mir Alisher Navoiy chexrasi to'qri tasvir etilgan bo" lib chikadi. Chunki Murod Samarqandiy xam Bexzod singari shoir mir Alisher Navoiy. bilan birga bo'lgan. Mazkur surat 1931 yili Londonda tashkil etilgan Eron san'ati kcTrgazmasida namoyish etilgan edi. Xozir Texronda shoxanshox kutubxonasida saqlanadi. Biz Mir Alisher Navoiy suratini ko'zdan kechirar ekanmiz, u usta san'at egasi tomonidan chizilganligiga shubxa qilmaydi. U shoirning yuksak choqlarini tasvirlab, chexrasi ancha manodor chizilganligini aniq naoyon etib turibdi. Uning ko'zlari risolidek, kimnidir diqqat bilan, bor fikri zikri bilan tinglayotgandek tuyulardi. Surat yuqorisida «Sur'atiy Amiri Kabir Mir Alisher» degan yozuv bor. Albatta ustalarimizning Yashil Rangni tanlaganlari bejiz emas. Yashil rangda bezatilgan buyummi hoh xona interyerimi bu insonga yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi, xonada tinch dam oladi. Ganch o'ymakorligi muzey ekspozitsiyasida ser-bezak bo'rtma naqsh uslubidagi o'simliksimon geometrik arabesklar shaklida taqdim etilgan. Zallarda XVIII-XX asr Buxoro, Toshkent, Marg'ilon, Samarqand maktablari ustalarining ishlari, shun-ingdek XVIII-XIX asrlar o'yma ganchli pannolari o'rin olgan. Muzey ekspozitsiyasida Buxoro, Toshkent va Samarqandning taniqli o'ymakorlari - usta Shirin Murodov, Toshpo'lat Arslonqulov, aka-uka Kuli va Rashid Jalilovlar va Shamsuddin G'ofurovlarning ganchli pannolari alohida o'rin egallaydi. Naqsh elementlarini chizish davomida chiziqlarning ingichka, to’g’ri, ravon va toza chizish muhim ahamiyatga ega. Buni faqat naqsh chizish sirlarini puxta egalllaganingizdan, balki ruhiyatingizni ham ko’taradi, ko’nglingizga taskin beradi, sizni yana va yana yangi orzular sari undaydi, eng muhimi asabingizni tinchlantiradi, dam olasiz. Qachonki oddiy qora qalam bilan chizilgan chiziqlarga go’zallik, joziba va jon baxsh eta olsangizgina o’z kasbingizni ustasiga aylanasiz. Sizlarga yana bir muhim me’moriy ansambilni eslatmoqchiman bu ham bo’lsa, Samarqandagi «Sherdor» Registon ansambili. U, 1619-36 yilda Yalangto’sh Bahodir qurdirgan. Madrasa ikki qavatli. Bosh tarzidagi peshtoqning ikki yoniga guldasta ishlangan.Buni eslatishdan maqsad, ota-bolalarimiz ragni kuchini uni ahamiyatini o’sha davrdanoq tushunishgan. Dunyoni ajoyibligi ham ranglar jilosidandir.Bizni o’rab olgan dunyo haddan tashqari turli-tuman va rang-barangdir. Bizni sehirlagan rango-rang yog’duli kechki shahar reklamalari, yorqin bo’yoqlardagi bolalar dunyosidagi o’yinchoqlar, tabiatdagi tabiiy ranglardan zavqlanib, yil vaqtida va kechayu-kunduz o’zgarayotgan; ular uchun rassomlar o’z suratlarini, shoirlar o’z she’rlarini taqdim etadilar. Yoshlikdan hammamiz uchun tanish bo’lgan Ch. Axmarov, M. Nabiev, S. Rerix, M. Saryan, A. Matiss, Gogen manzaralari. A. Navoiyning so’zma-so’z satrlari ko’z oldimizda. to’q qizil va oltinga qoplangan paxta dalalari» uning ustidagi ko’m-ko’k yorug’ oqimlar, jilo beruvchi oltin quyosh nurlari!» kabi misralari bejiz emas. O’zbek naqqoshlik maktabini rivojlanitirishda samarali hissa qo’shgan Olimjon Kosimovning talantli shogirdi naqqoshlik bo’yicha o’ziga xos maktab yaratgan, juda ko’p shogirdlar tayyorlagan xalq ustalaridan biri O’zbekiston xalq rassomi Jalil Hakimovdir. 1951 yili P. Benkov nomidagi Respublika rassomlar bilim yurtiga Jalil Hakimov taklif etildi. U yerda ko’pgina talantli shogirdlar O’zbekiston xalq. maorifi a’lochisi M. Turayev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arboblari K. Karimov, A. Ilxomov va boshqalarni tayyorlaydi. Ustalarning ijodini o’rganar eknmiz, naqsh ishlashga har qanday yog’ochga ham ishlamaganligini ko’ramiz. Asosan, qayin, qora qayin, terak, qarag’ay, nok, yong’oq, o’rik, DSP va boshqa yog’ochlar tanlanadi. Naqsh ishlash uchun mos yog’och tanlanadi. Naqsh ishlash uchun mos yog’och tanlangandan keyin unga dastlabki ishlov beriladi va yuzasi tekislanadi. Naqqoshlikni puxta o’ganish uchun albatta mustaqil ravishda kompazissiya tuzushni bilish muxum axamiyatga ega. Naqsh kompozisiyasi tuzush uchun esa dastlab naqsh elementlarini chizib o’ganiidan boshlanadi.



Download 3,16 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 3,16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB Talabalarga dizaynni o’rgatishda o’zbek xalq amaliy san’ati vositalaridan foydalanishning shakl va usullari

Download 3,16 Mb.