Talabalarning dizaynerlik faoliyatida hajmli tasvirlarning kompozitsiyasi




Download 3,16 Mb.
bet13/17
Sana29.12.2020
Hajmi3,16 Mb.
#13003
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
2.2 Talabalarning dizaynerlik faoliyatida hajmli tasvirlarning kompozitsiyasi.

Xonalar boshidan-oyoq bezalgan

Har yoqda mushk-anbar, hamma yoq ravshan.

Firdavsiy

Markaziy Osiyoda xoh imorat, xoh buyum bo’lsin barchasida, naqshu nigorning o’rni katta bo’lgan. Islom dini o’rnatilguiga qadar imoratlarda ko’proq syujetli tasvir, buyumlarda zoomorf suratlar ishlangan. Ular o’simliksimon va geometrik naqshlar bilan to’ldirilgan. Interyerda bir necha qavatda bo’lib-bo’lib joylashtirilgan sahnalarni yonidagi boshqa saxnalar bilan kompozisiya jixatidan bog’lash uchun ular oralig’ida vertikal tuzilishdagi daraxt yoki tok tasviridan foydalanilganligini antik davrga oid Tuproq qal’a saroyining “Ohular zali” devorida ko’ramiz. Mazkur tadbir bilan ramka ichiga olingan har bir xayvon tasviri mavqyei kuchaytirilgan va vertikal qatorlarda joylash­tirilgan saxnalardan tashkil topgan devor kompozisiyasi boyitilgan va umumlashtirilgan. Devoriy suratlarda ko’proq mexmon kutish, marxum bilan vidolashuv, ov jarayoni tasvirlangan. Saroy, mexmonxona devorlarida syujet­li suratlar ko’proq ikki-uch qavat chizilgan. Bunga Panjikeit, Afrosiyob, Varaxsha saroylaridagi devoriy tasvirlar misol bo’la oladi. Bizningcha, bunga xozirgi kunda keng ishlatiladigan ergonomika nuqtai nazaridan yondoshish kerak. Chunki saroylarda devorlar baland bo’lgan. Devoriy tasvir personajlari xona devori balandligida, ya’ni bir yarusda ishlansa, ularni xona markazidan turib anglab olish qiyin. Buning uchun xonaning bir burchagiga borib, ikkinchi tomoniga uzoq tikilib qarash lozim. Chunki surat kompozisiyasi kishi ko’z qamrovi chegarasiga yaxlit sig’maydi. Shuning uchun rasmlar ikki-uch yarusda ishlangan. Qadimiy rassomlar perspektiva qonun-qoidalarining ayrim tomonlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaganlar. Jumladan, Varaxsha saroyi devoriy tasvirining uchinchi yarusi qolganlariga, ya’ni ufq chizig’idan pastdagilarga nisbatan baland olingan. Chunki balanddagi yarus perspektiva qoidalariga binoan pastdagilariga nisbatan keng olingandagina, kishi ko’ziga odatdagidek kat- taliqda ko’rinadi. Samarqand naqqoshlik maktabi

Devoriy tasvirlar bir yarusda ishlangan xolda ham uchraydi. Shular jumlasiga Bolaliktepadagi devoriy surat kiradi. Shuni aytish lozimki, Bolaliktepa saroyidagi suratli xona devorlari 4m 85sm uzunlikka, ya’ni xona atigi 23,6 m2 yuzaga ega. Xona devori balandligi esa 2m bo’lgan. Albatta, bunday xonada devoriy surat bir yarusda ishlanishi lozim. Bunday balandlikdagi devoriy surat kompozisiya va mavzu jihatidan xonaning turli qismidan yaxlit o’qiladi.

Tor dalon devorlarida devoriy suratlarni ishlashda o’zgacha tadbirlarga murojaat qilingan. Dalon tor bo’lganligi sababli, ma’lum uzoqlikka borib, tasvirlar kompozisiyasini butunligicha ilg’ab olish mumkin. Shuninguchun bunday tor dalon devorlarida suratlariing xar bir personaji katta-kichikligi, old yoki yon tomonlarga qarashi bilan ixtiyoriy ravishda alohida-alohida kompozisiyalarda ifodalangan.

Bunday tadbir tasvirdagi xar bir kom­pozisiyami birin-ketin ilg’ab olish imkoniyatini beradi. Shunday tadbirda ishlangan kom­pozisiya olima M.L.Neglinskaya tomonidai Qoratepa Budda majmuasi imoratlaridan birida aniqlangan. Unda yetti nafar Budda va ikki - Bodxistava bir-biridan ajralgan, aloxida kompozisiyalarda ishlangan.

Devoriy suratlarda personajlarning mavqyei, jamiyatda tutgan o’rniga xam e’tibor berilgan. Misol uchun podsho suratini ufq chiziqlari bo’ylab ishlangan qatorlarda joylashtirish mumkin bo’lmagan. Chunki tasvirdagi personajlarning barchasi uchun podsho surati bosh tasvir vazifasini bajarishi lozim bo’lgan. Bu esa podsho suratini aloxida devorda katta xajmda ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun xam xona to’ridagi devor tanlangan. Uning o’rta qismida podsho surati, ikki tarafida esa ikki kavatda vaziru ulamolar surati ishlangan. Shunday kompozisiyani Varaxsha saroyining sharq tomonidagi kabulxonada, Panjikent saroyida va exromda ko’ramiz. Mazkur uslub bilan saroy uch devoridagi suratning yaxlit ko’rinishi va uning kom­pozisiya hamda ma’no jihatidan xona to’ridagi suratga bo’ysunishi ta’minlangan.

Diniy aqidalarni bajaradigan tasvirlarda iloxiylashgan personajlar suratini xam oddiy odamlar suratidan katta xajmda ishlaganliklari guvoxi bo’lamiz . Jumladan, Panjikentdagi exrom devoridagi motamli ayol surati juda katta xajmda ishlangan. Buddaviylikka mansub Qoratepa ibodatxona devo­riy suratlarida koxinlarning tasviri Budda yakinida kattarok, undan uzoqroqda kichikroq xajmda, daraxtlarning esa Budda tasviriga yaqin va uzoqligiga bog’liq xolda, ularning kurtak ochishdan mevalari pishgan xolatigacha tasvirlanishi Budda mavqyeining balandligini ifodalash va uning iloxiy kuchga ega ekanligini tasvirda yoritishga qaratilgan.

Devoriy surat saxnalari tomoshabin tomonidan oson qabul qiliiishi uchun tasvirlar ramkalarga olingan. Yerqo’rg’on zardushtiylik ibodatxonasi interyerida saqlanib qolgan tas­vir parchalari bundan guvoxlik beradi. Ayrim devoriy surat­larda xar bir shaxsning o’z o’rni, hurmati borligiga ishora qilingan. Jumladan, Ajinatepa Budda ibodatxonasida qatorma-qator xam vertikaliga, xam gorizontaliga o’girgan shaxslarning har biri yon tomonlaridan sariq novdachalar bilan o’ralgan. Novdachalar xar bir personaj boshi ustida oq rangdagi besh bargli nilufar guli bilan tugatilgan. Mazkur tasvirda buddaviylikka itoat kilganning xar biri o’z jannatmakon dunyosiga ega, degan ma’no yotsa ajab emas.

Ko’rib o’tilgan misollar shuni ko’rsatadiki, qadim zamonlarda ham rassomlar tasvirlarni yaratishda undagi personajlarning uzoq-yaqindan yaxlit ko’rinishi, muhim voqyea personajlarining birinchi sahnga chiqarilishi hamda personajlar mavqyeini, ularning xayotda tut­gan o’rnini inobatga olganliklari guvohi bo’lamiz.

Shu o’rinda maxobatli tasvirlardagi ranglarning xona kompozisiyasidagi mutanosibligi haqida xam ikki og’iz fikr bildirishni lo­zim topdik. Shuni aytish lozimki Afrosiyob, Bolaliktepa, Varaxsha, Panjikeit devorlarida saqlanib qolgan tasvirlarning ranglari xozirgi kunda ancha so’ngandek tuyuladi. Eslash joizki, ular XIII asrdan ziyod yer qarida yotgan. Namgarchilik, zax albatta o’z ta’sirini ko’rsatgan. Bu bilan mahobatli tasvirlardagi ranglar o’z vaqtida kishi ko’ziga yaqqol tashlanadigan darajada yorqinlikka ega bo’lgan, demokchi emasmiz. Shuni aytish lozimki, ular ganch bilan pardozlangan devor yuzasiga ishlangan. Ganch yuzali devor, ranglarning boy, vazmin vaznga ega bo’lishini ta’miilagan. Ya’ni yorqin rangning devor mag’ziga singib, bosiqroq va gamma jixatidan boy bo’lishiga olib kelgan. Ikkinchidan, tasvirlardagi ranglar yorqinlik jixatidan bir-biridan ajralmagan. Ular yaxlit bir gammani tashkil qilgan. Shuning uchun ham uning xamma qismi bir xil ko’ringan. Uchinchidan, devorlardagi mahobatli tasvir shiftdagi bezaklar va xona poliga yoyilgan sernaqsh gilamlardagi ranglar bilan bog’lanib, yaxlit kompozisiyani tashkil qilgan. To’rtinchidan, tasvirlar xonaning nim qorong’i kismida, ya’ni yorug’lik manbaidan ancha ichkarida ishlangan. Albat­ta, ulardagi yorqinlik, xonaning nim korong’i qismida kishi badiga tegmaydigan darajada mayin ko’rinishni ta’minlagan. Beshinchidan, xona markazida shiftda qoldirilgan tuynukdan tushgan yorug’lik, devordagi naqshlarning orqa sahnaga o’tishini ta’minlagan. Anikrog’i, tuynukdan tushib turgan yorug’lik tufayli tomoshabin bilan devordagi tasvir oralig’ida parda osilgandek tuyuladi. Bu o’z navbatida ranglarning yorqinligini biroz susaytiradi.

Yuqorida keltirilgan dalillar, xona devoridagi mahobatli tasvirlarning ranglari o’zining badga tegmaydigan darajada mayinligi va mutanosibligi bilan kishida yokimli taassurot qoldirganligidan dalolat beradi.

Xona bilan xajmli Tasvirlar orasidagi mutanosiblikka ham katta e’tibor berilganligi guvohi bo’lamiz. Interyerlarda aksariyat holda haykallar maxsus bo’linma ichiga olingan. Bunday tadbirni Niso saroyi, Ajinatepa ibodatxonasi va boshqa obidalar interyerlarida ko’ramiz. Bo’linma haykallarni devor mag’zida joylashtirishda va uning interyerda obida devori bilan kompozisiya jihatidan bog’lanishiga katta ta’sir ko’rsatgan. Ikkinchidan, haykalning, bo’linma korong’i zaminida fon yaqqol ko’rinishini ta’minlagan. Shuniigdek, interyer yaxlitligiga putur yetkazmagan va xona yuzasining bahavo bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsaggan.

Hajmli tasvirlar interyerning baland-pastligiga qarab o’rnatilgan. Jumladan, Niso saroyining va ibodatxonaning balandligi e’tiborga olinganligi sababli haykallar ularning ikkinchi yarusidagi bo’linmalarga o’rnatilgan. Shuning uchun ham haykallar saroy va ibodatxona interyerining barcha qismidan yaqqol ko’rinadi. Shu tadbirni barelyeflarda ham ko’ramiz. Bunga Xolchayon interyeri guvohlik beradi. Undagi barelyeflar devorning yuqori qismida, ya’ni odam bo’yi balandligidan yuqorida ufq chizig’i yo’nalishidagi katorda o’rnatilgan. Haykallar bo’linmalarda bo’lmasligi xam mumkin. Jumladan, Budda ibodatxonalarida katta Budda haykali o’rnatish odati bo’lgan. Ularda katta xona to’rida maxsus poysupada Budsa xaykali o’rnatilgan. Poysupa 0,5 metrdan 1 metr balandlikkacha bo’lishi mumkin. Bunday haykallar uchun ishlangan poysupalarning markaziy o’klarida uch yoki to’rt tomonda zinalar ish­langan. Ularning o’zi xam shoxsupaga o’xshaydi. Xona tantanavorligiga, g’ayritabiiy taassu­rot qoldirishiga zamin yaratadi. Natijada Bud­da xaykali o’z poysupasi bilan xona kompozisiyasida xukmroplikni bajaradi. Ya’ni xona interyeri Budda haykaliga kom­pozisiya jixatidan bo’ysungaqdek tuyuladi.

Haykallar xajmi maydaroq bo’lgan takdirda, ular devor bo’ylab yo’nalgan supalarda o’rnatilgan. Bunga Xorazmda Tuproq qal’a saroyi­ning shohlar, askarlar xonalari misol bo’la oladi. Mazkur saroyda ko’chqor shoxiga monand shakllarning katta xajmda ishlanishi xam xonadagi maydaroq xaykallar bi­lan kompozisiya jihatidan bog’lanib, ularning interyerda salobatli ko’rinishini ta’minlaydi.

Yuqorida keltirilgan dalillar obidalarda qo’llanilgan badiiy tasvirlarning xona ichki ko’rinishi bilan kompozisiya jihatidan bog’langanligini ko’rsatadi. Ular xox maxobatli rangtasvir bo’lsin, xox xajmli tasvir bo’lsin, devor yuzasiga proporsiya jixatidan puxta joylashtirilgan. Devor balandligi va uzunligining inobatga olinib, bo’linmalarga taqsimlanishi, tasvirlarning yaxlit ko’rinishiga va xona kompozisiyasining boy bo’lishiga zamin yaratgan. Devorlardagi tasvirlarning uzluksiz bog’lanishi xona kompozisiyasining yaxlit ko’rinishini ta’minlagan.

Xona o’rtasida yoki to’rida joylashtiril­gan xaykallarning xona kattaligiga nisbatan xajmi topilishi va ular uchun mos poysupaning ishlanishi, interyer kompozisiyasining yaxlitligini, obida majmuasida shu xonaning saloxiyati kattaligini aniq belgilaydi.

Markaziy Osiyoda islom dini o’rnatilgunga qadar xam xona dekorativ bezagiga alohida e’tibor berilgan. Dekorativ bezak ko’proq monumental tasviriy sahnalar ostida devorning izora qismida ishlangan. Ular, ko’proq o’rama tuzilishidagi o’simliksimon naqshdan iborat. Shunday naqshlar Varaxsha, Panjikent tasvi­riy sahnalarining pastki kismida ishlangan. Tasviriy pannolarning usti va yon tomonlari hoshiya vazifasini bajaruvchi uzluksiz takrorlangan doiralar qatori bilan chegaralangan. Hoshiyalarning pastki izora qismi ancha baland ishlangan.

Ilk o’rta asrlarda yog’och va ganch o’ymakorligi dekorativ bezakda keng qo’llanilgan. Pan­jikent, Varaxsha saroylarida yog’och, ganch yuzada qaxramonliklarni ifodalovchi sahnalar romb, doira, to’rtburchaklar ichiga olnngan. Ular nafaqat bir sahna epizodini chegaralovchi hoshiya vazifasini bajargan, shuningdek, bir xil mavzudagi o’simliksimon nakshli yuzani boyitish uchun, o’sha naqsh yuzasida ora-orada yoki uning markazida joylashtirilgan holda xam kelgan. Jumladan, Varaxsha saroyida verti­kal, qiya tushgan novdachalar yordamida to’qima matoga o’xshagan fakturali yuza markazida, ichi­ga to’rt bargli gul nakshi ishlangan doira o’rnatilishi, naqsh yuzasini badiiy jihatdan boyitgan va zerikarli bo’lishidan saqlab qolgan, anikrog’i jonlantirib yuborgan. Doira, romb, to’rtburchak tuzilishidagi shakllar ikki kator xoshiya-chegaraga ega bo’lib, ular ichi esa, o’ymakorlik qilingan to’rtbargli gul, doirachalarning uzluksiz takrorlanishi va o’rtasidagi murakkab naqsh bilan boyitilgan. Ularning har qaysisi o’ziga hos alohida, mustaqil bezak turi sifatida gavdalanadi hamda devor yuzasidagi nakshlarni kompozisiya jihatidan jonlantirish mohiyatiga ega. Mar­kaziy doira ichiga olingan va tashqarisidagi naqshlar doira atrofidan yon tomonlarga yo’nalgan nihollarning o’rama shaklda tugatilishi bilan, ular mavzu va kompozisiya jihatidan umumlashtirilgan.

O’rta asrlarda gul ganchdan murakkab naqshlar ishlangan. Bunga Termizdagi shoxlar saroyi devor va ustunlarining saqlanib qolgan qismlari guvohlik beradi. Unda geometrik va o’simliksimon kompozisiyalar, joylashgan o’rniga qarab, bir necha qator naqsh va bezaksiz keng chiziq kabi xoshiyalar bilan turli tuzilishdagi ramkalarga olingan. Bu tadbir devor yuzasidagi naqshli pannoning kompozi­siya jixatidan tugatilishini ta’minlagan va turli mavzudagi naqshin yuzalarni yaratish imkoniyatini beradi.

Binoning ichiga mayda naqshlar joylashtirilgan yirik doiralar Safed Baland maqbarasi interyerlarining devorlarida va sakkizburchak poygumbaz qismida keng qo’llanilgan. Doiralarning keng hoshiyalari bilan va chegarasi patnisga monand bezaksiz yuzalar ichiga olinishi, interyer naqshu nigorining kompozisiya jixatidan yaxlitligini ta’minlagan. Marka­ziy Osiyo me’moriy bezagida kvadrat naqshli yuza o’rtasida doira ichiga olingan naqshni joylashtirish an’ana bo’lib qolgan. Ular o’rta asr imoratlarida ham mavjud. Jumladan, Samar­kandda Shoxi Zinda majmuasining Shodi Mulk oqo maqbarasi interyerida kvadrat yuza o’rtasiga joylashtirshgan doira, naqsh yuzaning kom­pozisiya jixatidan boy bo’lishini ta’minlagan. Shuningdek, naqsh yuzaning bir xil, ya’ni zerikarli bo’lishidan asragan.

XII-XIII asrlarda, xususan, ma’muriy, diniy obidalar interyerida g’ishtin bezak keng qo’llanilgan. G’ishtlarning turli kompozisiyada, juft-juft, oralig’ida tik xolda, archasimon, ya’ni bir qator o’ng tomonga, ikkinchi qator chapga qiya yo’nalishda qalanishi, obida interyeri­da mayin bezakka ega badiiy kompozisiyani tashkil qiladi.

Markaziy Osiyo me’morchiligi dekorativ bezagida XIV asrdan boshlab ganch, yog’och o’ymakorligi, rangli bezak bilan bir qatorda mozaika, mayolika keng ko’llaniladi. Moza­ika, mayolika, marmar yuzalar Madrasa, saroy, xonakox, masjid, makbara interyeri bezagida ko’proq ishlatiladi. Marmar toshli yuzalar devorning izora qismini pardozlashda va interyerda dekorativ ustunchalar, hamda sharafalar ishlashda qo’llanilgan. Buxorodagi XVI asrga oid Baland masjidi badiiy bezagini o’rgangan olima I.F. Borodina, masjid interri devorida ishlangan naqshlarning joylanishini, an’anaga aylangan sxemaga binoan bezatilgan, yani devorning pastki qismi - izora, undan yuqorida tokcha yoki dekorativ bo’linma va devor bilan shiftni bog’lovchi keng yog’och egallagan, deb ta’kidlaydi. Naqshlar xona devoriga quyidagi tartibda joylashtirilgan. 1 -xona interyerida yaxlit yuzani egallagan, 2 -to’rtburchak yoki ravok ichi­ga olingan yuzaga ishlangan, 3 - kirish ravoklari, ravoq kanoslari va mehroblar ichiga olingan holda, 4 izora sifatida ishlangan holda uchraydi. Xona devori baland bo’lgan takdirda tokchaga monand baland bo’linma yuzaga kelgan. Bunday bo’linma uchta taqsimlangan, ya’ni uning pastki qismi to’rtburchak tuziligandagi tokchaga ajratilgan, bo’linmaning yuqori qismi esa baland sharafa qatorlari bilan tugatilgan va umumlashtirilgan. Pastki tokcha devori yuzasiga yon tomonlarga kengaytirilgan butok yoki guldasta tasviri ishlangan. Baland bo’linma devori rangli chiziq bilan ikkiga taksimlangan. Pastki baland qismida uzun guldasta tasviri, yuqori qismidagi yuza rangli chiziklar yordamida 7-8 ta yuzachalarga taqsimlanib, har biriga bittadan guldasta, gul tuvagi bilan yoki butok tasviri ishlangan. Shunday tartibdagi naqsh taqsimotini V.L. Manakova o’rgangan XIX asrga oid Buxoro turar joyining yozgi xona devorida ko’ramiz.

Baland bo’linmalar naqshini qismlarga ajratib ishlash, tasvirlarning mutanosibligini ta’minlashga qo’l kelgan. Shuningdek, naqshlarning ko’zga yaxlit-yaxlit ko’rinishini ta’minlagan. Devoriy bo’linmaning naqshli yuzalarga taqsimlanishi bag’dodi eshik tabakasini eslatadi. Eshik tabakasida ham u, devor- dagidek uch qismga taqsimlangan va markaziy bo’linma hamma vaqt balandligi bilan ajraladi.

Turli hajmdagi tokchalarga taqsimlangan devor kompozisiyasini badiiylashtirish uchun devorning ikki - uch joyida simmetrik tuzilishda tekis bo’linma yoki katta tokcha koldirilgan va ularga guldastalar tasviri ishlangan. Bu tadbir bilan devor yuzasidagi mayda tokchalar naqshli katta yuzalar yordamida kompozi­siya jixatidan umumlashtirilgan. Buxoroda­gi Abdulazizxon madrasasi xujralari devorlaridan biri fikrimiz isboti bo’la oladi.

Ko’p hollarda devor yuzasi markazini alohida belgilash uchun tokchaband qilingan o’rtadagi bo’linma atrofi ko’zga yaqqol tashlanadigan rang bilan bo’yalgan. Shuningdek, devor izora qismining markazida yon tomonlaridagiga nisbatan baland va keng yoyilgan guldasta yoki bu­toq tasviri ishlangan. Toshkent xalk me’morchiligida qo’llanilgan butoq va guldastalarda ularning novdachalari xam ifodalangan va gullar tasviri Buxoro va boshka shaxar xalkq me’morchiligi bezagiga nisbatan siyrakroq ishlangan. Xalk turar joy me’morchiligida nafaqat devor yuzasidagi naqshlarni, balki xona umumiy ko’rinishi naqshu nigorini kom­pozisiya va badiiy jixatidan umumiylashtirishga katta e’tibor berilgan. Tokchaband va nakshu nigorlangan to’rdagi devor o’zining boy badiiy bezagi bilan xonaning ikki yon tomonidagi devorlarini bir kompozisiyaga bog’lashiga erishilgan. Xonada devorlar nak­shu nigori mutanosibligini ta’minlash uchun, xovli tomondagi devorda, bag’dodi eshik bilan to’silgan derazalar oralig’idagi bo’linmalarda xam naqshlar ishlangan. Yoz oylarida deraza ortidagi eshiklar ochilganda, xonadon a’zolari uchun, xovlidagi gulzor bilan devordagi gullar tasvirini kuzatib o’tirish imkoni tug’iladi.

Umuman, devor yuzasi naqshlarining xoshiya bilan turli xajmda - tomonlari teng to’rtburchak, to’g’ri to’rtburchak, romb, uchburchak, doyra kabi qismlarga bo’linishi va ulardagi naqsh­larning bir-biridan farq qilinishi, ekilgan gullarga qarab ariqcha yoki yo’lak bilan chamanlarga ajratilgan gulzorni eslatadi. Xonaning xar bir devorida naqshlar yaxlit-yaxlit bir -biridan farqli, lekin umumiy kompozisiyaga bo’ysungan yuzani tashkil qiladi.

Xona interyeri kopozitsiyasida rang-barang naqshu nigorli devorlar, nafis bezakli shift va polga to’shalgan serbezak gilamlar birgalikda xona interyeri kompozisiyasini badiiy jixatdan mutanosibligini va xamoxangligini ta’minlagan.





Download 3,16 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 3,16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalarning dizaynerlik faoliyatida hajmli tasvirlarning kompozitsiyasi

Download 3,16 Mb.