• Bilim
  • Yangi mavzu
  • Yangi mavzuni mustahkamlash
  • «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati




    Download 1,83 Mb.
    bet1/218
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #243397
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218
    Bog'liq
    5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasi


    «Adabiyot» 5-sinflar uchun
    «________»___________________20___ yil
    Mavzu: ADABIYOT - SO‘Z SAN’ATI
    Darsning texnologik haritasi



    Malaka talablari

    Bilim: Adabiyot - so‘z san’ati mavzusi yuzasidan bilim hosil qilinadi.
    Ko`nikma: adabiyotga hurmat hissini oshirish, erkin firlay olish qobiliyatini shakllantirish, tanish vaziyatlarda qolqy olish.
    Malaka:Egallagan bilimlarini notanish va notanish vaziyatlarda qo`llay oladi.
    Kompitensiya: Tushuna oladi, ifodali o`qiy oladi, ijodiy failiyatida egallagan bilim ko`nikma va malakalarini kundalik faoliyatda qo`llay oladi.




    Maqsad va vazifalar

    a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,
    estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
    b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va
    mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
    O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, bilimlarini kengaytirishga erishish.






    O`quv jarayonini mazmuni

    Adabiyot - so‘z san’ati mavzusi o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida harakat bajaruvchisi munosabatni taxlil qilish




    O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

    Metod: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy
    Usul: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash
    Shakl: yakka va guruhlarga ishlash
    Vosita: Darslik? Testlar? Jadavallar, audio va video materilalar, didaktik va tarqatma materiallar
    Nazorat: Savol-javob test. (Insho, bayon, matn yaratish)
    Baholash: 5 balli tizim asosida




    Kutiladigan natija

    O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishlariga erishaman, o`quvchi faolligini oshiraman, o`quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg`otaman, o`quvchilarga mustaqil o`rganish va hotirasida saqlash boshqalarga etkaza olish, savol berish va savollarga to`g`ri javoblarga o`rgataman.
    O`quvchi: O`quvchilar mavzu yuzasidan bilim va ko`nikma hosil qiladilar, mustaqil fikrlay oladilar, nutqi rivojlanadi, qisqa vaqt ichida ma’lumotlarga ega bo`ladilar




    Kelgusi rejalar

    O`qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsga tatbiq etish, takomillashtirish, AKT vositalaridan unumli foydalanish yo`llarini o`rganish, o`z ustida ishash
    O`quvchi: Mustaqil tadqiqot, izlanishni yo`lga q`oyadi, o`z fikrini savodli ifodalay olish va do`stlarini fikrini hurmat qilishga o`rganish, mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlab topishga harakat qilish, ularni o`rganish. Do`stona muhitda hamkorlikda ishlash ko`nikmasini shakllantirish




    Uyga vazifa

    Mavzuni o`qib o`rganib kelish



    Darsning texnik chizmasi:



    Dars bosqichlari

    Vaqt

    Tashkiliy qism.




    Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




    Yangi mavzuni yoritish




    Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




    Darsni yakunlash




    Uyga beriladigan topshiriqlar






    Darsning borishi (reja):
    1.Tashkiliy qism:
    a)Salomlashish,
    b)tozalikni aniqlash,
    d)davomatni aniqlash
    c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
    Yangi mavzu:
    Qimmatli farzand, o‘zingizning uch-to‘rt yasharlik paytingizni eslaysizmi? Yodingizda bo‘lsa, u paytlar televizorda beriladigan turli-tuman ko‘rsatuvlar Sizni unchalik qiziqtirmasdi. Agar buni eslolmasangiz, ukalaringizni kuzating. Ular televizor tomosha qilishdan ko‘ra ertak eshitishni ko‘proq yaxshi ko‘radi.
    Shunday ham bo‘ladiki, buva va buvilar, ota va onalar har kuni aytaverib, ertaklari ham tugaydi. Eng qiziq ertaklar o‘nlab marotaba qayta aytilsa ham bolajonlar jon qulog‘i bilan eshitaveradi. Ularga ertak voqealari yod bo‘lib ketadi. Lekin, baribir, bolalar ko‘zlarini katta-katta ochgancha, bir nuqtaga tikilib ertak eshitishdan zerikmaydi.
    Nega shunday? Nega oddiy gaplar emas, balki ertak va she’rlar odamni bu qadar o‘ziga tortadi, deb o‘ylab ko‘rganmisiz?
    Keling, shu savolga birgalikda javob topaylik.
    To‘rt yildan buyon maktabga qatnab bilib oldingizki, odam bolasi boshqa mavjudotlardan o‘zining fikrlay olishi bilan farq qiladi. U nafaqat o‘ylaydi, fikrlaydi, balki bu fikr-o‘ylarini so‘zlar orqali boshqalarga ham bildira oladi.
    Odamlar fikrlar ekan, bir narsani boshqasiga solishtiradi. Bunda ular nafaqat oqni qoradan, yaxshini esa yomondan ajratadi, balki nar-salar orasidagi o‘xshash, bir-birini takrorlovchi jihatlarni ilg‘aydi. Mana shu solishtirish jarayonida obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi yuzaga keladi.
    «Obrazli fikrlash» degan ibora Sizga sal og‘irlik qilayotgan bo‘lsa, buni bir sodda misol bilan tushuntiramiz.
    Jajji ukalaringizning tiliga, xatti-harakatlariga e’tibor bering. Ular osmondagi bulutlarga qarab Sizga goh chopib borayotgan otni, goh ulkan odam qiyofasini ko‘rsatadilar. Bir sinchkov bola barg ustida sudralayotgan ipak qurtini har kuni qishlog‘ining chekkasidan o‘tadigan poyezdga o‘xshatsa, boshqa bola bahorda lolaqizg‘aldoq bilan qoplangan Dalalarni qip-qizil gilamga qiyoslaydi. Bolajonlar loydan kulcha, qumdan uy, plastilindan qushcha yasar ekan, yodiga o‘sha narsalarning surati — timsolini keltiradi. Qo‘lidagini xayolidagiga o‘xshatib yasashga urinadi.
    Ertaklarda esa mana shunday obrazli fikrlashning rang-barang ko‘rinishlari aks etadi. Ertak qahramonlari so‘z va obrazli ifodalar yorda-mida ko‘z oldingizda jonlanadi, turli sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Voqealar shunday qiziqarli hikoya qilinadiki, o‘zingizni xuddi ularning ishtirokchisidek his qilasiz.
    Demak, odamlarning tabiatida bir narsani ikkinchi bir narsaga qiyoslash, hamma narsani so‘z yordamida jonlantirishga moyillik, so‘z san’atiga — adabiyotga qiziqish azaldan bor ekan, degan xulosaga kelsak bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi!
    Ana endi ertak, she’r, hikoya ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan adabiyot — so‘z san’atining o‘zi nima, u qanday ehtiyojdan paydo bo‘ladi, degan savolga javob izlab ko‘raylik.
    Suhbatimiz boshida «odam boshqa mavjudotlardan o‘zining fikrlay olishi bilan farq qiladi» dedik. Fikrlaydigan insonga esa xayolga berilish, orzu qilish, agar maqsadlariga erisha olmasa, armon chekish singari juda ko‘p xususiyatlar ham xosdir.
    Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    Download 1,83 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218




    Download 1,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati

    Download 1,83 Mb.