|
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
|
bet | 14/218 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #243397 |
Bog'liq 5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasi Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,
estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va
mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik.
2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
TOPISHMOQLARDAN NAMUNALAR
Bir parcha patir, Olamga tatir. (Oy)
Bir otasi, bir onasi, Necha yuz ming bolasi. (Quyosh, oy, yulduzlar)
Onasi bitta, Bolasi mingta (Oy va yulduzlar)
Zar gilam, zar-zar gilam, Ko‘taray desam, og‘ir gilam. (Yer)
Teg desam, tegmaydi, Tegma desam, tegadi.
Kel, kel desam, kelmaydi. Kelma desam, keladi. (Lab)
Boshi taroq, Dumi o‘roq. (Xo‘roz)
Otasi uzun xo‘ja, Onasi yoyma xotin, Bolasi shirin-shakar. (Tok, bargi, uzumi)
Kichkina dekcha, Ichi to‘ la mixcha. (Anor)
Qo‘shnimning arqoni devordan oshib tushdi. ( Oshqovoq)
Yer tagida oltin qoziq. (Sabzi)
MAQOLLARDAN NAMUNALAR
Bilim baxt keltirar.
Ilmsiz - bir yashar,
Ilmli - ming yashar.
Ona yurting - oltin beshiging.
Izzat tilasang, ko‘p dema,
Sihat tilasang, ko‘p yema.
Do‘st bo‘lsang, do‘stingning aybini tuzat.
Qunt bilan o‘rgan hunar,
Hunardan rizqing unar.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
|
| |