• Yangi mavzuni mustahkamlash
  • «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati




    Download 1,83 Mb.
    bet12/218
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #243397
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   218
    Bog'liq
    5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasi

    Yangi mavzu:
    HADIS HAQIDA TUSHUNCHA
    Hadis — islom dinida Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyati, uning diniy va axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Muhammad payg‘ambar biror gap aytgan, biror ish qilib ko‘rsatgan yoki boshqalar qilgan biron-bir ishni ko‘rib turib, uni man etmagan bo‘lsa, ana shu uch holat sunnat hisoblanadi. Ana shunday xatti-harakatlar yoki ko‘rsatmalar hadis deb yuritiladi. Hadislarda islom dinining qonun-qoidalari bilan birgalikda insoniy fazilatlar ham keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog‘ tushiradigan yomon sifatlar qoralanadi. Ya’ni, hadislarda o‘zaro do‘stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, insof-tavfiqli bo‘lish targ‘ib qilingan. Razolat, kibr-u havo, adovat, hasad, xiyonat, yolg‘onchilik, fitna-fasod, zulm kabi illatlarga nafrat tuyg‘ulari ifodalangan.
    Vaqt o‘tishi bilan turli ijtimoiy ziddiyatlar, dindagi ichki g‘oyaviy kurashlar natijasida soxta hadislar ham paydo bo‘la boshlagan. Natijada hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar — muhaddislar hadislarni ishonchli manbalar asosida qayta ko‘rib chiqishga, ularning haqiqiylarini soxtalaridan ajratishga kirishganlar. Shunday qilib, islom olamining turli yerlarida hadis ilmining yirik targ‘ibotchilari va mualliflari paydo bo‘la boshladi.
    Hadis ilmining rivojlanishiga, ayniqsa, bizning yurtimizdan yetishib chiqqan muhaddislar ulkan hissa qo‘shishgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abd ar-Rahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy o‘z umrlarini hadis to‘plash va ularni o‘rganishdek muqaddas ishga bag‘ishlaganlar.
    Mashhur muhaddislar orasida Imom Buxoriy eng oldingi o‘rinda turadi. Uning yozgan kitoblari ichida eng mashhuri «Al-jome’ as-sahih» (bu asar «Al-jome’ as-sahih» nomi bilan ham mashhur)asaridir. Imom Buxoriygacha o‘tgan muhaddislar hadis kitoblariga barcha eshitgan hadislarini kiritar edilar. Hadislarni barcha shartlari bilan tekshirib, ularni sahih (ishonchli) yoki g‘ayrisahih (ishonarsiz) qismlarga ajratmas edilar. Birinchi bo‘lib bu uslubni Imom Buxoriy joriy etgan.
    Hadislar tuzilishiga ko‘ra, yuqorida ta’kidlanganidek, ikki qismdan — hadisning mazmuni (matni) va uning sanadidan iborat. Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro‘yxati hadisning musnadi deyiladi. Muhammad payg‘ambardan so‘ng biron-bir hadis yozib olingunga qadar o‘tgan vaqt ichida ushbu hadisni bir-biriga naql qilib kelgan roviylar tartibida (musnadda) uzilish bo‘lmasa, bunday hadislar ishonchli hisoblangan.
    Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    Download 1,83 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   218




    Download 1,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati

    Download 1,83 Mb.