• Qurbanova Dilafruz Matqurbanovna Xorazm viloyati Urganch tumani 15-son umumiy orta talim maktabi Ona tili va adabiyot fani oqituvchilari Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #232427
      1   2
    Bog'liq
    Otaqova Mohira Zaripboyevna



    O‘ZBEKISTONDA
     
    FANLARARO
     
    INNOVATSIYALAR

    VA 
    14-
    SON

    ILMIY
     
    TADQIQOTLAR
     
    JURNALI
    20.12.2022
    ADABIYOT DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH 
    Otaqova Mohira Zaripboyevna 
    Qurbanova Dilafruz Matqurbanovna 
    Xorazm viloyati Urganch tumani 15-son umumiy o'rta ta'lim maktabi Ona tili va 
    adabiyot fani o'qituvchilari 
    Annotatsiya
    : Mazkur maqolada umumiy o’rta ta’lim adabiyot darslari jarayonid 
    didaktik o’yin-texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy xususiyatlari ochib 
    berilgan. 
    Kalit so’zlar

    Ta’lim tizimi, adabiyot, metodika, didaktika, pedagogik texnologiya. 
     
    Ona tili va adabiyot fani maktabda o‘qitiladigan darslardan o‘zining nutq 
    madaniyatiga bog‘liqligi bilan alohida ajralib turadi. Ona tili va adabiyot faniga 
    qiziqqan o‘quvchi o‘z-o‘zidan badiiy adabiyotga oshno bo‘ladi. Shunday ekan, 
    kitobxonlik madaniyatini shakllantirish mas’uliyati ona tili va adabiyot fani 
    o‘qituvchisining zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Fanni o‘qitishda turli usullarni 
    yarata olish, pedagogik mahoratni ko‘rsata bilish bu o‘qituvchining jamiyat oldidagi 
    burchi sanaladi. Demak, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi har sohada o‘z faolligini 
    ko‘rsata bilishi kerak. Bu o‘qituvchi har bir darsini o‘ziga xos tarzda qiziqarli olib 
    borishi, darsda yangidan yangi usul va uslublarni o‘z o‘rnida qo‘llay bilishi, o‘quvchi 
    shaxsiga munosabatini yaxshi yo‘lga qo‘yishi bilan belgilanadi. O‘zini hurmat qiladigan 
    o‘qituvchi buyuk mutafakkirlardan biri ta’kidlaganidek, hech qachon “tinchlaning” 
    so‘zini ishlatmasligi lozim. 
    Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi shu o‘rinda o‘z darsini biror-bir rivoyat yoki, 
    to‘rtlik bilan boshlasa, o‘z-o‘zidan bora- bora o‘quvchilarda ham o‘sha odat shakllanib 
    boradi. O‘quvchilar nazarida o‘qituvchi, o‘z idealligini namoyon qilishigina uning 
    obro‘yini oshiradi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 
    hamma vaqt boshqa fan o‘qituvchilaridan bir qadam oldinda yurishi talab qilinadi. 
    Yangicha usul, yangicha metod, eng avval, adabiyotda bo‘y ko‘rsatishiga erishish lozim. 
    Biz bugun sodda, ko‘p mehnat talab qilmaydigan, shuning bilan birga o‘quvchini ham 
    hushyorlikka, ham faollikka undaydigan usullardan biri haqida fikr yuritmoqchimiz. 
    Bu hammaga ma’lum “Domino” o‘yinidir. Bu o‘yin takrorlash mavzularini tashkil 
    etishda juda qo‘l keladi. Buni biz biror sinf negizida ko‘rib chiqamiz. 
    Masalan 8-sinf ona tili darsligi Sintaksis bo‘limining birinchi qismi- so‘z birikmasi 
    sitaksisidan iborat Ajratilgan har bir tarqatmaga bir savol va bir javob yoziladi. 
    1. So‘z birikmasida bosh (hokim) so‘z va ergash (tobe) so‘z qanday vositalr 
    yordamida bog‘lanadi? So‘z birikmasida ergash (tobe) so‘z bosh (hokim) so‘zga hech 
    qanday grammatik vositasiz faqat ohang yordamida biriksa, tilshunoslikda bitishuv 
    munosabatli so‘z birikmasi deb nomlanadi? 



    Download 0,61 Mb.
      1   2




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish