O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
14-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.12.2022
2. Bosh (hokim) so‘zning talabi bilan ergash (tobe) so‘zning ma’lum grammatik
vositalar (kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar) ni olishi qanday nomlanadi? Ergash
(tobe) so‘z bosh (hokim) so‘zga ko‘makchilar, kelishik qo‘shimchalari hamda ohang
yordamida bog‘lanadi.
3. So‘z birikmasida ergash (tobe) so‘z bosh (hokim) so‘zga hech qanday
grammatik vositasiz faqat ohang yordamida biriksa, tilshunoslikda qanday nomlanadi?
So‘z birikmasida ergash (tobe) so‘z bosh (hokim) so‘zga kelishik qo‘shimchalari,
ko‘makchilar va ohang yordamida birikadi
4. Moslashuvli bog‘lanishda ergash (tobe) so‘z tarkibida qanday vosita, bosh
(hokim) tarkibida qanday vosita bo‘ladi? Bosh (hokim) so‘zning talabi bilan ergash
(tobe) so‘zning ma’lum grammatik vositalar (kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar)
ni olishi boshqaruv munosabatli so‘z birikmasi deb nomlanadi.
5. Sifatlanmish nim? Qaratqich kelishigi tobe so‘z tarkibida, egalik qo‘shimchasi
hokim so‘z tarkibida keladi.
6. Boshqaruvli bog‘lanishda qanday hodisa yuz beradi? Sifatlovchi aniqlovchi
tobelanib kelgan so‘z deyiladi.
Bu “Domino” o‘yinining alohida ajralib turadigan jihati shuki, o‘quvchini
hushyorlikka undash bilan birga uning faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Agar o‘qituvchi o‘quvchilarga uyda berilgan vazifaga qo‘shimcha tarzda “Domino”
tayyorlab kelishni aytsa, o‘quvchilar, albatta, savolni yozish bilan birga o‘sha savolga
javobni ham bilib oladi. Ona tili va adabiyot fanining asosiy maqsadi o‘quvchi fikr-
dunyoqarashiga ta’sir etibgina qolmasdan, uni chiroyli nutq egasi sifatida
shakllantirishdan iborat ekan, fan o‘qituvchisi yuqoridagi kabi didaktik o‘yinlarni dars
jarayonida keng miqyosda tashkil etib, o‘z o‘quvchilarini jamiyatning har sohasida faol
inson qilib tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilgan holda fan xonasiga kirishi zarurdir,
qolaversa bu uning vijdoniy burchi ekanligini sedan chiqarmasa bo‘lgani.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. M. Qodirov, H. Ne’matov, M Abduraimova, R. Sayfullayeva, B. Mengliyev. Ona
tili. 8-sinf . Toshkent “Cholpon” NMIU 2019-yil.
2. N. Rasulova. Ona tilidan ma’ruzalar. III kitob Toshkent. ”Nurafshon ziyo
yog‘dusi” 2018- yil
|