• Yangi mavzuni mustahkamlash
  • «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati




    Download 1,83 Mb.
    bet218/218
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #243397
    1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   218
    Bog'liq
    5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasi

    O’tgan mavzuni so’rash.
    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
    b) Frontal (guruh bilan ishlash)
    Yangi mavzu:
    E’tibor bering - Yanguli hech qayerda o‘qimagan, onasidan go‘dakligidayoq yetim qolgan, otasi bo‘lsa uzzukun tirikchilik tashvishlari bilan band. Bir qaraganda u — ko‘cha bolasi. «O‘tganning o‘rog‘ini, ketganning ketmonini olish» uning kasbiga aylanib qolgandek. Biroq Siz turli joylarda o‘qiganingiz bir hikmatni yaxshi eslaysiz: «Kimki olmasa hayotdan ta’lim, unga o‘rgatolmas hech bir muallim». Mavlono Rudakiyning bu bashoratida ma’no juda ko‘p. Yanguli, garchi, maktab — ustoz ko‘rmagan, ota-ona mehridan to‘la bahramand bo‘lolmagan esa-da, uning tabiatan nozik ko‘ngli, mushohadaga moyil aql-u farosati bor!
    Qarang: Jamol Yangulining onasi yo‘qligini bilardi, biroq Kokaning qistovi bilan (qolaversa, bolaligiga borib) uni onasini qo‘shib so‘kishdan o‘zini tutib turolmadi. Yanguli esa Jamolning onasi o‘lganini eshitiboq, o‘z raqibini quchoqlab, undan uzr so‘rashga chog‘lanadi. Bugina emas, Yanguli otasining zo‘rligi bilan Vatanini tark etyapti-yu, shu og‘ir holatda ham Jamolning ko‘nglini ko‘tarishni o‘ylaydi: «Jamol, ego agapo imana su! Jamol, oyingni yaxshi ko‘raman!»
    Jamol nazarida, Yangulining o‘z to‘dasi oldida so‘zlagan «tarixiy nutqi» maynavozchilikdan boshqa narsa emas. Darhaqiqat, hikoya hodisalari yuz berayotgan 1938-yillarda bunday balandparvoz gaplarni turli idoralar rahbarlari bot-bot takrorlayverib, bu ishni maynavozchilikka aylantirib yuborishgani ham rost. Lekin Yangulining birorta gapi yo‘liga aytilgan emas. U chindan-da o‘zi va to‘dasidagi bolalarni vatanning «hur farzandlari» deb biladi. U rostdan ham Gruziya yerini, dengizini, jamiki darxonlarini, oltin-kumushlari-yu o‘tloqlarini o‘ziniki deb hisoblaydi!
    Demak, inson qalbida unga o‘zligini tanitgan makon, sadoqatli do‘stlar orttirgan go‘sha, har qarichi ko‘zga to‘tiyo zamin, eng pokiza hislari tug‘ilgan onlar Vatan degan tuyg‘uni paydo qilar ekan-da. Demak, chin vatanparvar bo‘lmoqlik uchun muayyan millat vakili bo‘lishning o‘zi yetarli emas ekan-da.
    Yanguli fojiasida uning otasini ayblashga ham shoshilmaslik kerak. Otani ham tushunish lozim. U ham o‘z Vatanini Yangulidan kam sevmaydi. Faqat uning vatani boshqa - Gretsiya - Ellada! Uni chindan ham o‘zi voyaga yetgan yurtda ajdodlar ruhi chaqirmoqda. U ham bolalikdagi do‘stlariga, xotiralariga, ilk muhabbatiga guvoh bo‘lgan go‘shalarga talpinadi. Uning ham bu sog‘inch-u talpinishlarga haqqi bor!
    Hikoyachi Jamol ham, garchi hali yosh, o‘yinqaroq bolaligi o‘tib ketmagan bo‘lsa-da, o‘ziga xos xarakterga ega obrazdir. Yanguli bergan laqablarga qaraganda rangpar, shaharda o‘sib noziklashib qolganiga qaramasdan Jamol o‘zini va sha’nini himoya qila oladigan bolalar xilidandir. Uning o‘rnida boshqa bola bo‘lganida, balki Yangulidan ikki marta kaltak yeganidan keyin bu to‘daga bo‘ysunib ketardi. Axir uning ortida keksa Nina xola-yu, qo‘lidan ish kelmaydigan Kokadan boshqa yonini oladigan yana kimi bor? Qolaversa, u Suxumiga, Venetsian ko‘chasiga «kelgindi» bo‘lsa!
    Shundayligiga qaramay, Jamol bu «to‘da»ga bo‘sh kelishni xohlamadi. Uning shu qat’iyligi, jasurligi, o‘zini xor qildirib qo‘ymasligi, oxir-oqibatda, «dushmanlari»ning do‘st bo‘lishiga, Yangulidek «zo‘ravon» e’tirofini qozonishga olib keladi. Jamolning hozirga qadar o‘tkazgan hayotidagi eng fojiali kun — qadrdoni Yangulining o‘limiga shohid bo‘lgan kun bo‘lsa, ajab emas. Hikoyaning so‘nggi epizodi bu fikrimizni to‘liq tasdiqlaydi...


    Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
    Uyga vazifa.
    Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
    O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________


    Download 1,83 Mb.
    1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   218




    Download 1,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati

    Download 1,83 Mb.