• Yangi mavzuni mustahkamlash
  • «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati




    Download 1,83 Mb.
    bet22/218
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #243397
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   218
    Bog'liq
    5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasi

    I. Darsning borishi:
    a) salomlashish
    b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
    O’tgan mavzuni so’rash.
    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
    b) Frontal (guruh bilan ishlash)
    Yangi mavzu:
    Bor ekan, yo‘q ekan, bir zamonda bir kishi bo‘lgan ekan. Boy ham, kambag‘al ham emas ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan, uchovi ham o‘qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o‘zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar, To‘ng‘ichi yigirma bir yoshda, o‘rtanchasi o‘n sakkiz yoshda, kenjasi o‘n olti yoshda ekan. Otasi bir kuni ularni oldiga chaqirib, har birining peshanasini silab: - O‘g‘illarim, men boy emasman, mendan qolgan davlat sizlarning maishatingiz uchun kifoya qilmaydi, mendan ortiq narsa umid qilib o‘tirmanglar, o‘zimdan keyin baxtsiz bo‘lib qolmanglar deb, sizlarni o‘qitdim. Yaxshi ot qo‘ydim. To‘y qildim, voyaga yetkazdim. Buning ustiga sizlarni yana uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog‘lom vujudli qilib o‘stirdim - quvvatli bo‘ldingiz. Ikkinchidan, yarog‘ bilan tanishtirdim - yarog‘ ishlatishga usta bo‘ldingiz. Uchinchidan, qo‘rqitmay o‘stirdim - qo‘rqoq bo‘lmay botir bo‘ldingiz, yana uchta narsani aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan chiqarmanglar. To‘g‘ri bo‘ling - bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang - xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo‘lmaysiz. Bundan boshqasini o‘zingiz biling. Qora toyni, saman toyni, ko‘k toyni asbob-anjomlari bilan tayyorlab qo‘ydim. Xurjunlaringizni bir haftalik ovqat bilan to‘lg‘izdim. Baxtingiz yo‘lda, topib olmoq uchun dunyoni ko‘rgani yo‘lga chiqing. dunyoni tanimay dunyo kishisi bo‘lmaysiz. Baxt qushini ushlamoq uchun baxt oviga chiqing. Xayr o‘g‘illarim, - deb turib ketdi...
    Uch og‘a-ini safarga otlandilar. Yo‘lda ular kechasi navbatma-navbat poyloqchilik qilib chiqishga kelishadilar. Birinchi kecha To‘ng‘ich botir o‘zlariga hujum qilmoqchi bo‘lgan sherni o‘ldiradi. Ikkinchi kecha O‘rtancha botir ajdarni yengadi. Uchinchi kecha Kenja botir podshoh xazinasiga tushmoqchi bo‘lgan o‘g‘rilarni qirib tashlaydi. Ertasi kuni botirlar shaharga kirib, bir joyga qo‘nadilar.
    Joy egasi bu botirlarni o‘rdaga borishga taklif qildi. Bular piyoda asta-sekin o‘rdaga bordilar. Podshoh bularning musofir ekanligini bilib. alohida bir ziynatlangan uyga kirgizib qo‘ydi. Boshqa musofir bo‘lmaganidan, ularga juda diqqat-e’tibor bilan qarab, sir olmoqni bir vazirga topshirdi. Vazir aytdi: «Bulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rasak, ehtimol aytmaslar, o‘z hollariga qo‘yib, tashqaridan quloq solib turamiz, nima desalar so‘zlaridan sirini topamiz», dedi. Bu xonada bulardan boshqa hech kim yo‘q edi. Bir vaqt dasturxon yozildi, xilma-xil noz-ne’matlar keltirib qo‘yildi. Ikkinchi bir xonaning teshigidan podshoh bilan vazir quloq solib jim o‘tirdilar. Birozdan keyin uch og‘a-ini botirlar o‘zaro suhbat qila boshladilar. To‘ng‘ich botir dasturxondagi ovqatni ko‘rsatib:
    — Shu go‘sht qo‘zi go‘shti ekan, biroq shu qo‘zi it emib katta bo‘lgan ekan, — dedi.
    Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    Download 1,83 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   218




    Download 1,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati

    Download 1,83 Mb.