• Yangi mavzuni mustahkamlash
  • «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati




    Download 1,83 Mb.
    bet30/218
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #243397
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   218
    Bog'liq
    5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasi

    O’tgan mavzuni so’rash.
    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
    b) Frontal (guruh bilan ishlash)
    Yangi mavzu:
    Xo‘roz dala yo‘lida borayotgan ekan, uch ko‘chaning boshiga borib qolibdi. Uch ko‘chaning biridan boyagi eshak, ikkinchisidan xo‘roz chiqib kelibdi. Xo‘roz eshakka qarab:
    — Assalomu alaykum, eshakvoy! — debdi. Eshak:
    — Vaalaykum assalom, xo‘rozvoy, — debdi. Xo‘roz:
    — Sizga yo‘l bo‘lsin? — deb eshakdan so‘rabdi. Eshak:
    — Susambilga,— debdi. Xo‘roz:
    — Susambil qanday joy? — debdi. Eshak:
    — Susambil — o‘tning bo‘lig‘i, suvning tinig‘i, unda azob-uqubat yo‘q, maza qilib yurasan, — debdi.
    Xo‘roz:
    — Men ham borsam bo‘ladimi? — deb so‘rabdi. Eshak:
    — Xayr, bitta edim, sen bilan ikkita bo‘lamiz, yuraver! — debdi. Ikkovi boshidan o‘tganlarini bir-biriga gapirib ketaveribdi.
    Endi boyagi ho‘kizga kelaylik. Xo‘jayini uni ho‘kizlar bilan urishtirib yurar ekan. Ho‘kiz juda urishqoq bo‘lib, hamma joyda dong‘i ketgan ekan. Bir kuni ho‘kiz urishtirish bo‘lib qolibdi. Shunda bu ho‘kiz yetti-sakkiz ho‘kizni qochiribdi. Endi bitta juda urishqoq ho‘kiz qolibdi. Xo‘jayin xo‘kizini bu ho‘kiz bilan ertasiga urishtirmoqchi bo‘libdi. Tongda xo‘jayin:
    — Endi ho‘kizni urishtirishga boraman. Shoxini yog‘lab qo‘yay! — deb molxonaga chiqsa, ho‘kizning ikki ko‘zi yumuq, hadeb uxlayapti. Tushida katta bir yig‘in emish. Ho‘kizni xo‘jayini yig‘inga olib kirsa, haligi ho‘kiz buni yig‘indan quvib chiqarish uchun hamla qilib, yugurib qolibdi. Shunda buning achchig‘i chiqib, kelayotgan ho‘kizga hujum qilib uni bir suzibdi. Shunda ho‘kiz shoxini yog‘layotgan xo‘jayinni suzib yuboribdi. Xo‘jayinning yog‘ kosasi bir tarafga, o‘zi ikkinchi tarafga uchib tushibdi.
    Xo‘jayin hushidan ketibdi, hushiga kelgandan so‘ng:
    — Hali meni suzadigan senmisan?! — deb ho‘kizni chunon uribdiki, qavarib chiqmagan joyi qolmabdi. Shunda ho‘kiz yotib yig‘labdi, xo‘rligi kelibdi: «Men xo‘jayinga shuncha ishlarni qilib, qancha ho‘kizlar bilan urishib, ularni yengib, pul yutib bersam, u esa shugina hazilimni ko‘tarmay meni o‘larcha ursa, bu menga qanday xo‘rlik?!» — debdi va: «Kel-e, men tokay xo‘rlik tortaman, shu xo‘jayinnikidan ketsam, nima bo‘lar edi, ketaman!»— deb o‘rnidan turibdi, bir chiranib boshvoqni uzib, yo‘lga tushibdi, yurib-yurib bir joyga borsa, boyagi eshak ko‘rinibdi. Shunda ho‘kiz eshakni chaqirib, orqasidan yuguribdi. Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho‘kiz uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti.


    Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    Download 1,83 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   218




    Download 1,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati

    Download 1,83 Mb.