|
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
|
bet | 149/218 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #243397 |
Bog'liq 5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasiO’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
RUBOIYLAR
Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh,
G‘urbatda sevinmas emish albatta kishi.
* * *
Ko‘pdin berikim yor-u diyorim yo‘qtur,
Bir lahza-u bir nafas qarorim yo‘qtur.
Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur.
* * *
Hijron qafasida jon qushi dam qiladur,
G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav bitay firoq-u g‘urbat sharhin,
Kim ko‘z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.
* * *
Xush ulki, ko‘zum tushti sening ko‘zungga,
Bevosita holimni desam o‘zungga,
Bermay so‘zuma javob achig‘lanasen,
Qilding meni muhtoj chuchuk so‘zungga.
* * *
Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur,
Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur.
G‘am yemaki, yetkursa boshini ko‘kka,
Oxir yana yer kibi oni past qilur.
Ishlar bori ko‘nguldagidek bo‘lg‘usidur!
In’om-u vazifa — bori buyrulg‘usidur!
Ul g‘alla-yu mahmilki, deb erding, bildim,
Mahmilg‘a bo‘yu g‘alladin uy to‘lg‘usidur!
* * *
Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur,
Ko‘zdin uchadur uyqu chu oqshom bo‘ladur.
Har ikkalasi g‘amim bila sabrimdek,
Borg‘on sori bu ortadur, ul kam bo‘ladur.
* * *
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
Sarrishtai ayshdin ko‘ngulni zinhor Uz, oh,
Zahiriddin Muhammad Bobur!
* * *
Ey bodi sabo, ayla Xurosong‘a guzar,
Mendin degil ul yori parishong‘a xabar.
Necha safar o‘z ko‘nglung uchun qilg‘aysen,
Emdi bizing uchun ayla bu yong‘a safar.
* * *
Ahbob, yig‘ilmoqni farog‘at tutungiz!
Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz!
Chun gardishi charx bu durur, Tangri uchun,
Bir-biri necha kun g‘animat tutungiz!
Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
|
| |