|
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
|
bet | 84/218 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #243397 |
Bog'liq 5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasiI. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
MENING O‘G‘RIGINA BOLAM (Voqeiy hikoya)
Otamizning o‘lganiga anchagina yil o‘tib ketdi. Bu yil - o‘n yettinchi yilning ko‘klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bo‘lib qoldik. Biz to‘rt yetimdan xabar olib turishga katta onam - onamning onalari Roqiyabibi kelib turibdilar. Bu kishini biz erkalab «qora buvi» deb ataymiz.
Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uvunto‘da ko‘rpa-yostiqlarga o‘ralib, bittagina O‘ratepaning kir ip sholchasi ustida uxlaymiz.
Sentabr oylarining oxiri, ilk kuz oqshomlaridan biri edi. Havo anchagina salqin. Biz yetimlar bir-birimizning pinjimizga tiqilib, bir-birimizni isitib uyquga ketganmiz. Qatorda eng so‘nggi bo‘lib, ona chumchuqday qora buvim yotardilar, u kishi saksondan oshib ketgan, noskash kampir edilar.
Bu oqshom uch xo‘roz o‘tgandan keyin, yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozdan uyg‘onib ketdim. Buvim kim bilandir anchagina baland ovoz bilan suhbatlashmoqda edilar. Hovlimiz, ota-buvadan qolgan, anchagina katta bo‘lib, to‘rtburchak tanobi hovlilardan edi. Gir atrofi imorat, shimol tomonda amakivachchalarimiz turishardi. Lekin ular yozda bog‘ga ko‘chib ketardilar. Hozir ular tomon bo‘sh.
Buni qarang-a, bizning uyimizga o‘g‘ri kepti. Bizni ham odam deb yo‘qlaydigan kishilar bor ekan-da, dunyoda? Ertaga o‘rtoqlarimga toza maqtanadigan bo‘ldim-da: «Bizning uyga o‘g‘ri keldi». G‘urur bilan aytilsa bo‘ladi. Lekin ishonisharmikan?
O‘g‘ri o‘sha amakivachchalarning tomidan sekin yura kelib, buvimning to‘g‘rilariga kelganda aksa urib yuboribdi. Buvim esa yostiqni ko‘kraklariga qo‘yib, til tagidagi nos bilan o‘ylab yotar ekanlar. Buvim «tuf» deb nosni tuflab, tomga qarab:
- O‘g‘rigina bolam, hoy o‘g‘rigina bolam, hoynahoy biror tiriklikning ko‘yida tomga chiqqan ko‘rinasan, axir kasbing nozik, tumov-pumovingni yozib chiqsang bo‘lmaydimi, — debdilar.
o‘g‘ri tomdan turib:
— Axir, buvijon, siz ham birorgina kecha tinchingizni olib uxlasangiz bo‘lmaydimi, bizning tirikchiligimizning yo‘lini to‘saverasizmi? — debdi.
Men gap shu yerlarga kelganda uyg‘onib ketgan bo‘lsam kerak. Qolgan gaplarni eshitganimcha qilib yozaman.
Hoy, aylanay, o‘g‘rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko‘zimga uyqu keladimi? Mana: olti oy bo‘ldi, biror soat mijja qoqib uxlaganim yo‘q. Kunduz kunlar garangday dovdirab yuraman. Biror yerga o‘tib mizg‘iganday qush uyqusi qilaman. Kechalari xayol olib qochib ketadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
|
| |