|
Elektron darsliklarning kategoriyalari
|
bet | 10/11 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 63,06 Kb. | | #126694 |
Elektron darsliklarning kategoriyalari
Elektron darslikni kategoriya(toifa)sini aniqlash ham zarur. Elektron darsliklar quyidagi to’rtta kategoriyalarga bo’linadi:
kategoriya. O’quv materiallari asosan verbal matn sifatida keltirilib, ular giperilova va glossariylarga, shuningdek, 2-o’lchovli(2D) grafiklar-diagrammalar, rasmlarga (o’quv materialining 25% gacha) ega.
kategoriya. O’quv materiallari qisman giperilovali va 2D grafikali matn shaklida va 3o’lchovli(3D) grafikdan iborat (o’quv materialining 25% gacha).
kategoriya. O’quv materiallari matn, 2D grafiklar, video va audio animatsiyalar va 3D effektlarga ega (o’quv materialining 50% gacha).
kategoriya. Elektron darslik virtual muxitda, zamonaviy tarmoq texnologiyalarini qo’llab, o’qituvchi bilan kompyuter tarmog’i (Internet) orqali bog’langan holda masofaviy mashg’ulotlar olib borilishi darajasida yaratilgan.
Elektron darsliklarning har bir kategoriyasiga alohida o’z talablar mavjud. Lekin, bir qator talablar borki, ular barcha kategoriyalarga tegishlidir. Ular quyidagilardan iborat:
modullarning (paragraf va temalarning) matni 4-5 monitor ekranidan oshmasligi kerak (2 ta bet, ma’qulroq);
giperilovalar 3 bosqichdan oshmasligi ma’qul, chunki asosiy temadan chiqib ketish mumkin emas;
maxsulot sistemasi kompyuter texnologiyasi talablariga mos kelishi kerak;
turli rangdagi sahifalarni yaratishda psixolog va ergonomika mutaxassislari tavsiyalariga rioya qilish.
Hozirgi kunda elektron darsliklar yartishning 4 bosqichli kategoriyasi mavjud:
- bosqich elektron darsliklar bu gipermatn shaklida bo’lib, bunda o’quv materiallar birbiri bilan gipermurojaatlar orqali bog’lanadi. Unda ikki o’lchovli ko’rsatish qurollaridan, masalan suratlar, jadvallardan foydalanish mumkin.
- bosqichli elektron darsliklar o’zida qisman gipermatn va ikki o’lchovli animatsiyani jamlashtiradi. Bu turdagi elektron darsliklarni ko’pincha virtual stendlar deb atash mumkin.
- bosqichli elektron darsliklar o’zida bir vaqtda ham animatsiya, ham gipermatnni jamlashtirib, bu turdagi elektron darsliklar ovozlashtiriladi. Ulardan multimedia vositalari orqali foydalanganligi uchun multimediyali elektron darslik deb atash mumkin.
- bosqich elektron darsliklar zamonaviy tarmoq texnologiyalari asosida yaratilib, masofaviy o’qitish mezonlariga mos bo’lishi shart.
Test savollari
O’quv fani, uning biror yo’nalishi yoki tarkibiy qismining davlat standartlariga va o’quv dasturiga mos holda, yuqori ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan sistemali ravishda bayon etilgan o’quv maxsuloti nima deb ataladi. Darslik
Elektron darslik.
O’quv qo’llanma.
Elektron o’quv qo’llanma
|
| |