|
Adabiyotlar bilan ishlash. Adabiyotlarni tahlil etish va ular bilan mustaqil ishlash texnologiyalarini o’zlashtirish
|
bet | 8/11 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 63,06 Kb. | | #126694 |
Model-kompyuter texnikasi vositalari yordamida matematik uslublar asosida ifodalangan, vizuallashtirish mumkin bo’lgan loyihaviy ko’rinish.
Modellashtirish-ob’ektlarining kompyuterli modellarida izlanishlar olib borish, real mavjud bo’lgan narsalar, mavjudot va loyihalanayotgan ob’ektlar kompyuterli modellarini qurish va o’rganish.
Multimediali vositalar-turli tipdagi axborotlarni: matn, rasm, sxema, jadval, diagramma
va boshqalarni yaratish, saqlash, ishlov berish va raqamlashtirilgan ko’rinishida amalga oshirishning kompyuterli vositasi.
Intellektual yadro-matematik amallarni sonli (raqamli) va simvolli ko’rinishda amalga oshiruvchi maxsus dasturlar majmuasi.
Ochiq ta’lim –masofali o’qitish texnologiyasi va uslubini qo’llaydigan, ta’lim oluvchi uchun qulay ritmda ta’lim berishni ta’minlaydigan, istalgan xohlovchi uchun boshlang’ich bilim darajasini tahlil qilmasdan erishish mumkin bo’lgan o’qitish tizimi.
Ochiq test tizimlari-o’qituvchi, uslubchi, darslik muallifi uchun yangi test yaratish yoki mavjud testni o’zgartirish imkoniyatini beruvchi tizimlar.
Elektron darsliklarning o’ziga xos xususiyatlari va afzalliklari
O’quv jarayonida mustaqil ta’lim mashg’ulotlarini samarali tashkil qilishda turli axborot ta’lim resurslarni yaratishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. CHunki, mustaqil ta’lim asosan ta’lim oluvchining mustaqil o’rganishiga asoslangan o’quv faoliyati hisoblanadi. Hozirgi davrda mustaqil ta’lim uchun axborot ta’lim resurslari yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalarning o’rni beqiyosdir.
Mustaqil ta’lim olishda zamonaviy axborot texnologiyalari ya’ni kompyuterning dasturiy vositalari asosida yaratilgan o’quv-uslubiy materiallar shu jumladan, elektron darsliklardan foydalanishdan asosiy maqsad zamonaviy axborot – ta’lim uslubini shakllantirish, zamonaviy axborot-pedagogik, axborot va kompyuter texnologiyalarini qo’llash orqali ta’lim jarayonining samaradorligi, sifati va unimdorligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy o’quv manbalari elektron o’quv darsliklarini keng qo’llash, ularning ma’lum ma’noda kutubxonalarini tashkil etish, ta’limning masofadan o’qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon elektron o’quv tizimiga kirishdan iborat.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish kontseptsiyasida elektron darslikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Elektron darslik - kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan elektron o’quv adabiyoti hisoblanadi”. Demak, elektron darslik yaratishning asosiy maqsadi mustaqil ta’lim olishga qaratilar ekan.
Elektron o’quv adabiyotlarining amaliyotda qo’llanilishi e’tiborga olinganda elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kuzatilmoqda:
o’rganilayotgan materialni an’anaviy o’quv adabiyotlariga nisbatan induktiv yondashish, eshitish va emotsional xotiralarga ta’sir qilish yo’llari bilan yetkazish orqali tushunishni yengillashtiradi;
ta’lim oluvchilarning ehtiyojiga, tayyorgarlik darajasiga, intellektual imkoniyatlariga moslashtiriladi;
o’quv predmetining mohiyatiga diqqatni jalb etgan holda ko’p sondagi ma’lumotlarni va topshiriqlarni qarab chiqish va ko’proq amaliy masalalar yechishga imkon yaratgan holda murakkab hisoblashlar va almashtirishlardan xalos etadi;
o’rganishning barcha bosqichlarida o’zini-o’zi tekshirib ko’rish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi;
ishni chiroyli, aniq rasmiylashtirishlarga va uni o’qituvchiga fayl yoki qog’ozga chop etgan holda topshirishiga imkon beradi;
tajribali o’qituvchi vazifasini cheklanmagan tushuntirishlarni, sanoqsiz takrorlashlarni, eslatishlarni taqdim etgan holda bajaradi.
Elektron darslik ixtisoslashgan o’quv xonalarida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi qulay imkoniyatlarni yaratadi:
kompyuterli qo’llab-quvvatlashlardan foydalangan holda katta miqdordagi topshiriklarni bajarishga, yechimlarni va ularning grafik talqinini tahlil qilish uchun zarur bo’lgan vaqtdan ozod bo’ladi.
o’qituvchining rahbarlik va maslahatchi sifatida qatnashib kompyuter oldida mustaqil ish shaklida mashg’ulot o’tkazish imkonini yaratadi.
o’qituvchiga kompyuter yordamida ta’lim oluvchilar bilimini tez va samarali nazoratdan o’tkazishiga imkon beradi.
o’qituvchiga nazariy va amaliy mashg’ulotlarda o’zining xohishi bo’yicha hajmi jihatidan kichik ammo tarkibi bo’yicha o’ta muhim bo’lgan materiallarni yetkazishiga, ta’lim oluvchilarning auditoriya mashg’ulotlari doirasidan tashqari o’rganish mumkin bo’lgan masalalarni yechishda mustaqil shug’ullanishlari uchun imkon yaratiladi;
o’qituvchini uy topshiriklari, turli hisoblashlarni va nazorat ishlarni tekshirish kabi mashaqqatli ishlardan ozod etadi; ta’lim oluvchilar bilan ayniqsa uy topshiriqlari va nazorat ishlari qismiga oid ishlashni individualashtirishga imkon beradi.
|
| |