Adilbaeva 2 mavzu




Download 8.24 Mb.
Sana12.04.2024
Hajmi8.24 Mb.
#193863
Bog'liq
Adilbaeva 2 mavzu 20240412 124813 0000
fan oyligi, 1993, sanoat-korxonalarida-autsorsingdan-foydalanish-mohiyati-va-imkoniyatlari, Singapur uzb, Ta lim texnologiyalari-fayllar.org, Termiz davlat universiteti, Kompyuterning qo`shimch qurilmalari-kompy.info, regional economy1, jzJ4VLlBzhISCsPKzuXU0tNFkXJLeQJ8JA3Kgk0C

ADILBAYEVA ASILZODA
GURUH: KSIO 22/1
2- MAVZU
MA'LUMOTLAR BAZASINI YARATTISH VA LOYIHALASH. JADVALAR BILAN ISHLASH.
Ma‘lumki, ma‘lumotlar bazasi (MB) tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma‘lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Hozirgi kunga kelib bir necha turdagi ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) yaratilganki ular o‘z dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, ular yordamida ma‘lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma‘lumotlar ustida ish yuritish imkoni mavjud. Ularga Clipper, Paradox, FoxPro, Oracle, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin. Bu MBBT ichida Access eng sodda va foydanuvchi uchun qulay bo‘lgan,
Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturdir. Microsoft Access MBBT relyatsion modellar asosiga qurilgan bo‘lib, unda tuziladigan MB jadvallar ko‘rinishida akaks etadi.
MBNI LOYIHALASH VA JADVAL STRUKTURASINI TUZISH
MBni loyihalash predmet sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. MB uchun zarur bo‘lgan bu tavsiflash predmet sohasini ifodalovchi ob‘ekt va jarayonlar haqidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ma‘lumotlar bazasini yaratish uchun avvalambor uning strukturasini ishlab chiqish zarur. Buning uchun MBda maydonning quyidagi elementlarini aniqlash kerak bo‘ladi:
Maydon nomi - MB jadvali ustunlari nomini aniqlaydi.
Maydon turi - MB jadvali ustunlariga qanday turdagi ma‘lumotlarni yozish
mumkinligini aniqlaydi. Maydon turlari quyidagilar bilan aniqlanadi:
―Tekstovыy‖- simvolli (matnli) qiymatlarni bildirib, uning uzunligi 255
tagacha bo‘lishi mumkin;
―CHislovoy‖ sonli qiymatlarni bildirib, uning diapazoni -10307+10308
―Data/vremya‖ sana/vaqt qiymatini bildiradi;
―Logicheskiy‖ mantiqiy qiymatni bildirib,
―True‖ va ―False‖ qiymatlarni
qabul qiladi;
―Polya Memo‖ memo (izohli) bo‘lib qatorli qiymatlarni qabul qiladi, har bir qator 255 tagacha simvol olishi mumkin. Memo ma‘lumotlari maxsus fayllarda saqlanadi.
―OLE ob‘ekt maydoni‖ tashqi ob‘ektlarni joylashtirish uchun xizmat qiladi.
Masalan: fotografiya, videoyozuv va muzika fragmentlari.
Maydon o‟lchami - MB jadvali ustuniga kiritiladigan ma‘lumotlarning uzunlik
o‘lchovini aniqlaydi. Belgi (simvol) yoki sonlarning maksimal soni.
Tablitsa ma‘lumotlar bazasining asosiy ob‘ekti bo‘lib, boshqa ob‘ektlar
jadvalsiz ishlay olmaydi. Accessda MB o‘z ichiga bir necha jadvallarni olishi
mumkin. Tablitsa rejimida ma‘lumotlar qator va ustun ko‘rinishda tasvirlanadi.
Jadvalni tuzish, uning maydon nomlari va uning xossalarini aniqlashdan
boshlanadi. YAngi jadval tuzishning bir necha usullari mavjud. Ulardan eng
universal oson usulini ko‘rib chiqamiz.
Bu usul quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1. MB oynasidan Tablitsa ob‘ekti ishga tushiriladi.
2. Instrumentlar panelidan Sozdat (New) buyrug‘i beriladi. Ekranda yangi
jadval nomli muloqot darchasi chiqadi.
3. Agar jadval strukturasini o‘zingiz tuzmoqchi bo‘lsangiz muloqot
darchasidan Konstruktor rejimi tanlanib, Ok tugmasi bosiladi. Jadval
strukturasini kiritish uchun darcha chiqadi.
4. Jadval strukturasida maydon nomi, turi, uning tavsifi va xossalari ketma-ket
beriladi.
5. Konstruktor oynasi bekitiladi.
6. Jadval nomi kiritiladi va saqlanadi.
MS ACCESSNING ASOSIY OB'EKTLARI
Access MBBT oynasi oddiy bo‘lib, bu oynada yana dastur ishlatadigan
yettita ob‘ekt oynalarini ishlatish mumkin.
Tablitsa - ma‘lumotlar bazasining asosiy ob‘ekti. Unda ma‘lumotlar jadval
ko‘rinishida saqlanadi.
Zapros - baza ma‘lumotlarini qayta ishlash uchun maxsus struktura. Zapros
orqali ma‘lumotlarga so‘rovlar tayyorlanadi va qayta ishlanadi.
Forma - bazaga yangi ma‘lumotlarni kiritish yoki mavjud ma‘lumotlarni
ekranda ko‘rsatish va ularni taxrirlashni ta‘minlaydi.
Otchet - baza ma‘lumotlarini kerakli formada chop etishni ta‘minlaydi.
Stranitsы - ma‘lumotlar bazasini Internetga joylashtirishda Web sahifalarini
yaratish uchun ishlatiladi.
Makros - makrokomanda to‘plami bo‘lib baza operatsiyalarini birlashtirishda
ishlatiladi.
Modul - protsedura dasturlar to‘plami. Bu standart protseduralar Vizual Basic
tilida yozilgan bo‘lib ularni dasturchi kengaytirish imkoniyatiga ega.
Talabalar, ularning ota – onalari va semestrda olgan
reyting ballari haqida sodda ma‘lumotlar bazasini (MB) yaratamiz. Ushbu MB dan
reyting ballarini beruvchi ma‘lumotni olamiz.
Masalan:
Masalani Access da echish algoritmini loyihalaymiz.
MB si quyidagi jadvallarni o‘zida saqlasin:
- Studentы (polya: KodStud, FamStud, ImyaStud, RojdStud);
- Roditeli (polya: KodStud, FamRod, TelRod);
- Otsenki (polya: KodStud, BallXim, BallInf, BallMat, Semestr);
Endi yuqoridagi algoritmga ko‘ra qo‘yilgan masalani yechishning algoritmini keltiramiz.
1. Access dasturini ishga tyshirgandan
song ish sohasining o‘ng tomonida
joylashgan Pristupaya k rabote
oynasidagi (yoki asboblar panelidagi)
Sozdat fayl… piktogrammasi ustiga
sichqoncha ko‘rsatkichini olib borib uning
o‘ng tugmasini bosing. Quyidagi oyna paydo bo‘ladi.
2. Sozdaniye Novaya baza dannыx…
buyrug‘ini ishga tushiring. Ekranda
quyidagi oyna hosil bo‘ladi
Sizga standar db.mdb nom bilan ma‘lumotlar bazasini yaratish taklif qilinadi. Siz bu holda yaratishingiz lozim bo‘lgan ma‘lumotlar bazasini boshqa nom bilan kerakli papkada yaratishingiz mumkin. Buning uchun Imya fayla: satridagi db4.mdb o‘rniga boshqa nomni, masalan Semestr.mdb deb yozib Sozdat tugmasini bosasiz. Bu aytilganlar quyidagi rasmda tasvirlanganday bo‘ladi.
3. Sozdat tugmasini bosing.
Ekranda quyidagi oyna hosil bo‘ladi
4. Sizga ma‘lumotlar bazasini yaratishning 3 usuli taklif qilinadi. Joriy holda «Sozdaniye tablitsы v rejime konstruktora» usuli faollashtirilgan. Oynadagi «Otkrыt» piktogrammasini ishga tushiramiz. Ekranda quyidagi oyna hosil bo‘ladi. Bu oynada siz MB ning birinchi jadvalini yaratasiz
5. Siz bu oynada «Imya polya» va «Tip dannыx» ystunlariga mos ravishda
maydon nomlarini va ylarning tiplarini kiritasiz. Ishingizning natijasi
quyidagicha bo‘ladi.
6. Endi yuqoridagi oynada tasvirlanganidek «Vid» asbobini bosasiz. Sizdan
avval yaratilayotgan jadvalni saqlashni so‘rovchi quyidagi «Snachala
neobxodimo soxranit tablitsu» oynasi hosil bo‘ladi. Bunga javoban «Da»
tugmasini bosamiz. Access dasturi «Tablitsa1» degan standart nom taklif
qiladi. Masalaning qo‘yilishiga mos ravishda jadvalni «Studentы» deb
nomlaymiz va «OK» tugmasini bosamiz
7. Ekranda quyidagi oyna hosil bo‘ladi
8. «Da» tugmasini bosamiz. Ekranda 5 ta ystundan iborat jadvalni hosil qilish
oynasi hosil bo‘ladi.
9. Biz bu yerda soddalik uchun 5x4 o‘lchamli quyidagi
jadvalni hosil qilamiz. Jadvalni to‘dirib uni saqlaymiz.
10. Endi asboblar panelidagi «Okno bazы dannыx» asbobini ishga tushiramiz.
Quyidagi oyna hosil bo‘ladi
11. Shynday qilib MB ning birinchi jadvalini yaratdik. Endi MB ning ikkinchi
jadvalini yaratamiz. Buning uchun «Konstruktor» asbobini ishga
tushiramiz. Ekranda 4 – qadam dagi oyna hosil bo‘ladi.
12. Endi 5- 10 qadam lardagi bajarilgan ishlarni takrorla MB ning quyidagi
ikkinchi va uchinchi jadvallarini hosil qilamiz.
Asboblar panelidagi «Okno bazы dannыx» asbobini faollashtirsak quyidagi
oynasiga qaytamiz.
Endi MB ustida amallar bajarishni ko‘rib chiqamiz. Bu ishni quyidagi
algoritmlar bo‘yicha bajaramiz.
13. Yuqoridagi «Okno bazы dannыx» oynasidan «Zaprosы» buyrug‘ini ishga
tushiramiz. Quyidagi oyna hosil bo‘ladi
14. «Konstruktor» asbobini ishga tushiramiz. Quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
15. «Zapros 1» Oynasiga «Otsenki» va «Studentы» Jadvallarini tashlaymiz.
Buning uchun Ularni birin – ketin belgilab «Dabavit» tugmasini bosamiz.
Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi.
16. Endi bu ikki jadvaldan tegishli maydon va shartlarni tanlaymiz. Buning
uchun masalan, «pole» satridagi «Uchburchak» belgisini ustiga sichqoncha
ko‘rsatkichini keltirib uning chap tugmasini bossak quyidagi ko‘rinish hosil
bo‘ladi.
17. Yuqoridagi oynadan avval «Studentы.*» jadvaliga tegishli maydon va
shartlarni tanlaymiz. Songra «Otsenki.*» jadvaliga tegishli maydon va
shartlarni tanlaymiz va «Soxraneniye» buyrug‘ini bajarsak quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘lamiz
18. «Soxraneniye» oynasidagi «Zapros1» o‘rniga «Reyting bali» nomini
kiritamiz va «ok»tugmasini bossak oyna nomi «Reyting bali» nomiga
o‘zgaradi.
19. Menyuning «Zapros» bo‘limidagi «Zapusk» buyrug‘ini ishga tushirsak
quyidagi natijaviy oyna hosil bo‘ladi.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 8.24 Mb.




Download 8.24 Mb.