• Annotatsiya
  • Sаnoаt korxonаlаridа аutsorsingdаn foydаlаnish mohiyati vа imkoniyatlаri




    Download 208,88 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana27.01.2024
    Hajmi208,88 Kb.
    #146861
      1   2
    Bog'liq
    sanoat-korxonalarida-autsorsingdan-foydalanish-mohiyati-va-imkoniyatlari



    Sаnoаt korxonаlаridа аutsorsingdаn foydаlаnish mohiyati vа 
    imkoniyatlаri 
     
    Salima Nigmatullaevna Xashimova 
    Salima2503@umail.uz
    Toshkent davlat texnika universiteti 
    Annotatsiya: Maqolada autsorsing tushunchasining mohiyati, ahamiyati 
    yoritilgan. Sanoat korxonalarida autsorsingdan foydalanish imkoniyatlari, uning 
    ijobiy va salbiy jihatlari va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati keltirilgan. 
    Tayanch soʻzlar: autsorsing, strategiya, axborot texnologiyalari, resurs, biznes, 
    samara. 
    The essence and possibilities use of outsourcing in modern 
    business strategy 
    Salima Nigmatullayevna Khashimova 
    Salima2503@umail.uz
    Tashkent state technical university 
    Abstract: This article enlightenes the essence and importance of the concept of 
    outsourcing. Together with this, the article also describes types, advantages and 
    disadvantages of outsourcing in modern business and its role in the development of 
    the economy. 
    Keywords: outsourcing, strategy, information technology, business, result. 
    Dunyoning 
    rivojlangan 
    mamlakatlarida 
    iqtisodiyotning 
    turli 
    sanoat 
    korxonalarida autsorsing hizmatidan keng foydalanilmoqda.
    “Autsorsing” tushunchasini ingliz tilidan tarjima qilganda, “tashqi pudrat” 
    ma’nosini anglatadi. 
    Globallashuv sharoitida ko’pchilik kompaniyalar uchun barcha kerakli 
    resurslarni o’zi ishlab chiqarish zaruriyati yo’q. Barcha diqqatni kompaniyaning o’zi 
    hammadan 
    yaxshi 
    ishlab 
    chiqaradigan 
    mahsulotga 
    (bajaradigan 
    ishlarni, 
    ko’rsatadigan xizmatlarni) tashqaridan sotib olish maqsadga muvofiqroq. Biznesni 
    boshqaruvni bunday funksiyasi autsorsing deb ataladi.[1]. 
    Autsorsing-biznesni boshqarish strategiyasi bo’lib, kompaniyaning resurslari, 
    menejerning diqqat-e’tibori va sayi-harakati biznes uchun eng muhim vazifalarga 
    jamlanib, buxgalteriya hisoboti, marketing, kadrlar bo’limi, mijozlar bilan ishlash, 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    November 2021 / Volume 2 Issue 11
    www.openscience.uz
    350


    informatsion texnalogiyalar kabi ikkinchi darajalii vazifalarni ixtisoslashtirilgan 
    biznes-provayderlarga, ya’ni autsorser kompaniyalarga topshirishga qaratish 
    hisoblanadi.[2]. 
    Ko’rinib turibdiki, sanoat korxonalarining barchasining faoliyati sohalarini 
    autsorsingga berish mumkin. 
    Korxonalarning autsorsingga o’tishining 4 iqtisodiy jihati quyidagi rasmda 
    keltirilgan. 
    1. Xarajatlarni qisqartirish 
    2. Doimiy harajatlarni o’zgaruvchan harajatga o’zgartirish 
    3. Vazifalarni yanada samarali amalga oshirish 
    4. Resurslarni qayta taqsimlash va ozod qilish 
    Demak, korxonalarni autsorsingga beradigan kompaniya, yani buyurtmachi turli 
    maqsadlarni belgilaydi: [3] 
    - Autsorsingdan foydalanishni asosiy sababi ishlab chiqarish tannarxini 
    hisoblanib, ekspertlar fikricha tannarxni pasaytirish o’rtacha 10-25 foizni tashkil 
    etadi; 
    - Xarajatlaŕni kamaytirish hisobiga korxonaning moliyaviy barqarorligini 
    yaxshilash; 
    - O’zida mavjud bo’lgan barcha resurslar:xususiy, moliyaviy va mehnat 
    resurslaridan operativ foydalanishga erishish; 
    - Innovatsiyalarga yo’l ochish, tashqi mutaxasisni jalb etish yangiliklar kiritish 
    uchun imkoniyat yaratadi. 
    Autsorsingni foydali tomonlari shundaki, korxonalar harajatlarini qisqartirish 
    imkonini beradi: 
    - Ishchi yoki bo’lim uchun to’lanadigan oylik maoshdan daromad soliģidan ozod 
    bo’lishi; 
    - Menejerlar uchun mobil aloqa, tushlik, yo’lkira harajatlari va ta’til pulidan 
    ozod bo’lishi; 
    - Ish jarayonida yuzaga keladigan xavf-hatarlarni autsorsing kompaniyalarga 
    yuklaydi. 
    Statistika ma’lumotlariga ko’ra, dunyo mamlakatlari autsorsung xizmatlariga 
    qilinadigan umumiy harajatlari 1 trillion AQSH dollaridan oshgan. AQSHda barcha 
    federal soliqlarni yig’ish autsorsing tizimiga yuklatilganligi yuzaga kelayotgan 
    ko’plab muammolarga yechim bo’lib kelmoqda.Yevropada kichik va o’rta biznes 
    vakillarining 80 foizi, xususan AQSHda 90 foizi, Isroilda esa 94 foizdan ortig’ini 
    autsorsing kompaniyalar tashkil qiladi. Yevropa davlatlarida buxgalteriya hizmati 
    to’liq autsorsing hizmatlari qo’liga topshirilgan. 
    ХХ asrning 30 yillarida avftomabil sanoati vakillari kompaniya Genri Ford va 
    Alfred Sloubum o’rtasidagi ziddiyatlar yechimi sifatida autsorsing namoyon bold. 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    November 2021 / Volume 2 Issue 11
    www.openscience.uz
    351


    Alfred Slounum kompaniyani inqirozdan olib chiqishda boshqaruv jarayonlarni 
    boshqa kompaniyaga berish orqali yutib chiqadi.Bu autsorsing mohiyatini ochib 
    beradi. 
    Jahon autsorsing industriyasi anch rivojlanib, autsorsing hizmatlari bozorida 
    uning turlari ancha kengayib bordi. 
    O’zbekistonda sanoat korxonalari autsorsingdan foydalanishning dastlabki 
    bosqichida bo’lib, asosan ishlab chiqarish autsorsingidan foydalanadi. 
    Ishlab chiqarish autsorsingida ishlab chiqarish jarayonlarini bir qismini yoki 
    butunlay boshqa korxonaga berishshuningdek ishlab chiqarish boʼlinmalarini 
    autsorsing doirasida boshqa kompaniyalarga sotilishi mumkin. 
    Ishlab chiqarish autsorsingi korxonalarga quyidagi imkoniyatlarni beradi. 
    1. Texnologiya va talab shiddat bilan oʼzgarayotgan keskin raqobat sharoitda 
    korxona raqobatbardoshlik mavqeini oshirishda yangi turdagi mahsulot va xizmatni 
    ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʼlishi; 
    2. Ishlab chiqarish qayishqoqligini taʼminlash hisobiga uni diversifikatsiyalash 
    imkoniyatini keltirib chiqarishi; 
    3. Biznes yuritishda arzon ishchi kuchidan foydalanish uchun qoʼshimcha 
    imkoniyatga ega boʼlishi. 
    Аutsorsingdan foydalanishning asosiy afzalliklari: 
    1. Аutsorsingni barcha shakllari qoʼllashdan olinadigan samaraga ega boʼlishi 
    yaʼni korxona malakali kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga vaqt va mablagʼ 
    sarflamasligi sababli standart samaraga erishadi. 
    2. Malakali kadrlar yordamida ishlab chiqarish geografiyasi kengayib, yangi 
    texnika va texnologiyadan foydalanishga ortiqcha mablagʼ sarflanmaydi. 
    Demak, autsorsing afzalliklaridan foydalanish kompaniya raqobatbardoshligi 
    oshirilishi hisobiga daromad keltiradigan faoliyatga aylantiradi. Ilgʼor yutuqlardan 
    foydalanish imkoniyati, xarajatlarni aniqligi va uni iqtisod qilish, unumdorlikni 
    boshqarish, sifat yaxshilanishi va qaltisliklarni autsorsinga oʼtishi hisobiga 
    kompaniya daromadi oshishi uni iqtisodiy samaradorligi taʼminlanadi. 
    Har qanday kompaniya autsorsingni qoʼllashda quyidagi tavakkalchiliklarga 
    yoʼl qoʼyadi: 
    1. Аyrim ishlab chiqarish jarayonlari autsorinsga berilganda axborotlar 
    xavfsizligiga jiddiy taʼsir koʼrsatishi mumkinligi; 
    2. Korxona muvaffaqiyati boshqa kompaniyaga bogʼliq boʼlishi bankrotlikka 
    uchrash xavfining keltirib chiqarishi; 
    3. Manfaatdor tomonlar maqsadlari mos kelmasligi natijasida boshqaruv ustidan 
    nazorat qoʼldan ketishi; 
    4. Аutsorser kompaniyalar xizmatlari sifati past boʼlsa, kompaniya imidjiga 
    salbiy taʼsirini keltirib chiqarishi mumkin. 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    November 2021 / Volume 2 Issue 11
    www.openscience.uz
    352


    Shu 
    sababli 
    koʼpchilik 
    kompaniyalar 
    autsorsingdan 
    foydalanishga 
    shoshilmaydilar. Biroq, biznes sohasini autsorsingsiz tasavvur qilish mumkin 
    emasligini quyidagi sabablari bor: 
    1. Barcha zamonaviy kompaniyalar isteʼmolchi ehtiyojiga javob beruvchi yangi 
    fan, texnika yutuqlaridan foydalangan holda sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab 
    chiqarishga harakat qiladi. 
    2. Аutsorsing xizmatlarini koʼrsatuvchi kompaniyalar zamonaviy texnologiyalar, 
    bilimlar va tajribalardan foydalanib oʼziga va mijozga xizmat koʼrsatishga harakat 
    qiladi. Bu esa ikkala tomon uchun manfaatli hisoblanadi, har biri mavjud resurslari va 
    oʼz kuchli tomonlari bilan istiqbolli faoliyatni amalga oshiradi.Buning natijasida 
    qoʼshimcha kuch va resurslarni jalb qilmagan holda yangi faoliyat turini oʼzlashtirish 
    uchun imkoniyat yaratilishi qulay narxda sifatni mahsulotni ishlab chiqarishi 
    isteʼmolchi manfaatlariga mos keladi. 
    Jahon yangi mingyillik autsorsingni rivojlantirish yoʼlidan bormoqda va 
    tanilmoqda. Barcha kompaniyalar biznesni boshqarishda autsorsing ustuvorliklarini 
    baholab, 
    undan foydalanmoqdalar.Аyrim savdo markalariga ega boʼlgan 
    kompaniyalar oʼz biznesida eʼtiborni asosiy faoliyatiga qaratib, yordamchi 
    jarayonlarini qariyb 90% ni autsorsingga berishi natijasida moliyaviy holatini 
    yaxshilanishiga olib kelmoqda.
    Oʼzbekistonda autsorsingdan foydalanish davr talabi boʼlib, bir qator meʼyoriy-
    huquqiy hujjatlar “Oʼzbekiston Respublikasi Perezidentining 2017 yil 8-sentyabrdagi 
    PF-5185 son “Oʼzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar kontseptsiyasini 
    tasdiqlash toʼgʼrisida”gi, 2017 yil 29 noyabrdagi PF-5264 son “Oʼzbekiston 
    Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 
    Farmonlarida tartibga solingan. 
    Bizning fikrimizcha Oʼzbekiston kompaniyalarda autsorsing imkoniyatlaridan 
    keng miqyosda foydalanish davr taqozosi hisoblanadi.Zamonaviy biznes sohasini 
    rivojlantirish va raqamli texnologiyalar sharoitida yangi iqtisodiyotga oʼtishda jahon 
    standartlariga mos keladigan autsorsing xizmatlaridan foydalanish mamlakat 
    iqtisodiyotining raqobatbardoshligini taʼminlashda eng samarali vosita hisoblanadi. 

    Download 208,88 Kb.
      1   2




    Download 208,88 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sаnoаt korxonаlаridа аutsorsingdаn foydаlаnish mohiyati vа imkoniyatlаri

    Download 208,88 Kb.
    Pdf ko'rish