45
Ajratilgan soha ustidan biz har xil xarkatlarni bajarishimiz mumkin.
Masalan xotiraga qirqib yoki nusxasini olib uni yangi
qatlam holatida tasvirga
qo‟shishimiz mumkin. Yoki uni xajmini o‟zgartirish,
qiyshaytirish xamda
aylantirishimiz, uni ishchi soha bo‟ylab siljitishimiz mumkin.
Buning uchun
“Xarakatlanuvchi
”
uskunasi yordamidan foydalanishimiz mumkin.
“Xarakatlanuvchi” – (“Move – Peremeshenie”) - [V] - ajratilgan sohani ish soha
bo‟ylab xarakatlantirish.
Agar
ALT
klavishasini bosib
xarakatlanishni boshlasak,
u holda ajratilgan
sohaning nusxasi olinib u xarakatlanadi. Agar
SHIFT
klavishasidan foydalansak, u
holda ajratilgan soha faqat vertikal va gorizontal xarakatlanadi.
Ajratilgan sohani
klaviaturadagi yo‟nalish strelkalari yordamida
xam xarakatlantirish mumkin,
shunda har bita strelka bosilganida, ajratilgan soha 1 pikselga siljiydi.
Xususiyatlar satrida quydagilar faol bo‟ladi:
Avtovibor sloya (Auto Select Layer)
sohasi - sichqoncha
yordamida bosilgan
qatlamni avtomatik faol qilish.
Pokazivat upravlyayushie elementi (Show Bounding Box)
-
ajratilgan soha
chegaralarida ramka hosil qilish. Ushbu ramka yordamida rasmni cho‟zish, xajmini
o‟zgartirish, qiyshaytirish hamda aylantirishimiz mumkin bo‟ladi.