I Bob. ADOBE PHOTOSHOP VA UNING IMKONIYATLARI




Download 0,76 Mb.
bet3/13
Sana17.05.2024
Hajmi0,76 Mb.
#239601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Adobe Photoshop, Adobe Illustrator yoki boshqa grafik dasturlarining avfzal va kamchiliklari
MUSAYEV ALISHER, DILNORA 1-PPT, O, 2112, 4.4 Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish 0C19trS, 108-113, a.oripov. stipendiya. nizom, AXMADJONOVA NILUFAR, 10-11 amaliy mashq (1), РУСЧА ТЕСТ, Fayzullayev Ruslan Tahdid razvedkasi, MUSTAQIL ISH6, 107385, INDUSTRY OF UZBEKISTAN, Mavzu
I Bob. ADOBE PHOTOSHOP VA UNING IMKONIYATLARI
1.1. Adobe Photoshop dasturi haqida qisqacha ma’lumot
Kompyuter grafikasi tasvirlarni yaratish va qayta ishlashda vosita sifatida kompyuter qo‘llaniladigan faoliyat sohasi hisoblanadi. Kompyuter grafikasini qo‘llash sohasiga qarab ilmiy grafika, biznes grafika, konstruktorlik grafika, tasviriy grafika, badiiy grafika, kompyuter animatsiyasi, multimediya va boshqalarga ajratadi. Kompyuter grafikasining turiga qarab rastrli, vektorli va fraktal kompyuter grafikalarini ajratish mumkin. Adobe Photoshop dasturi rastrli grafik muharriri xisoblanib Adobe Inc. kompaniyasi tomonidan Windows va MacOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqilgan. Photoshop dasturi ko‘p qavatli rastrli tasvirlarni yaratish va tahrirlash, maska va ko‘p rang modellarini qo‘llash imkoniyatini beradi. Ushbu xususiyatlarni qo‘llash uchun dastur o‘zining PSD va PSB fayl formatlarini ishlatadi. Rastrli grafikadan tashqari dastur vektorli grafika va 3D grafikalar bilan ishlash uchun cheklangan imkoniyatlari mavjud. Photoshop dasturi tasvirlarni piksellar to‘plami sifatida yaratadi. Photoshop dasturining mo‘yqalam, aerograf, pero va qalam kabi uskunalari yordamida tasvirni rassom kabi xolstda yaratib olish mumkin. Dasturdagi barcha uskunalarning xususiyatlarini foydalanuvchi talabiga mos ravishda o‘zgartirib olish mumkin. Photoshop dasturining ustunlik tomonlaridan biri bu qavatlarning qo‘llanilishi. Har bir qavatni tasvirning qolgan qismiga ta’sir qilmagan holda mustaqil ravishda o‘zgartirish va xususiyatlarini belgilab olish mumkin. Photoshop dasturining asosiy qo‘llanilish sohasiga tasvirlarni retushlash, matn bo‘laklarini o‘z ichiga oluvchi kompozitsiyalarni yaratish, boshqa grafik muharrirlarda yaratilgan tasvirlarni tahrirlash, dasturning uskunalari va vositalaridan foydalanib chizish texnikasini taqlid qilgan holda tasvir yaratish kiradi. Photoshop dasturining asosiy imkoniyatlariga raqamli tasvirlarni qayta ishlash, ranglarni sozlash, tasvir nuqsonlarini yo‘qotish, ko‘p qavatli tasvirlarni yaratish, fotomontaj, fotokollajlarni yaratish, retushlash va eski rasmlarni tiklash, eskizlar yaratish, matnlar bilan ishlash, teksturalar yaratish, tasvirlarni chop etishga tayyorlash, tasvirlarning turli standartlari va formatlarini qo‘llash kiradi.
Adobe Photoshop “bitmapped images” nuqtali grafika yaratish va tahrir qilish uchun qo`llaniladi. Bu dasturdan fоtоrasmlar, illyustratsiyalar, slaydlar va web – sahifalar uchun tasvirlarda kеng fоydalaniladi. Adobe Photoshop juda kеng imkоniyatlarga ega. Bu dasturdan fоtоgraflar rasmlar ustida ishlashda kеng fоydalanishadi. Ranglar uyg`unligini kuchaytirishda kеng qo`llanishadi.Bu dasturda instrumеntlar panеli juda yaхshi va mukammal o`ylab tоpilgan va kiritilgan. Bu ayniqsa dizaynеrlarga juda qo`l kеladi va ular bu dasturdan fоydalanishmоqda. Adobe Photoshop dasturi o`zida butun ranglar spеktrini jamlab оlganligi bоis fоtоrasmlarni ranglarini uyg`unlashtirishda juda asqоtadi. Хullas , bu dastur rassоmlar va dizaynеrlar kеng qo`llaniladigan dasturdir.


Download 0,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I Bob. ADOBE PHOTOSHOP VA UNING IMKONIYATLARI

Download 0,76 Mb.