|
Adobe photoshop va uning imkoniyatlari 1 Adobe Photoshop dasturi haqida qisqacha ma’lumot
|
bet | 7/13 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #239601 |
Bog'liq Adobe Photoshop, Adobe Illustrator yoki boshqa grafik dasturlarining avfzal va kamchiliklariTasvirlarni ko‘rish. Tasvirni ko‘rish usulini o‘zgartirish uchun ekran rejimidan foydalanish mumkin. Ekran rejimida dasturning menyu qatori, sarlavha satri, gorizontal va vertikal o‘tkazgichlarni aks ettirish yoki berkitish mumkin.
Photoshop dasturida quyidagi ekran rejimlari mavjud:
- Standart ekran rejimi – dastur oynasining yuqori qismida menyu qatori, hujjat sarlavhasi, uning yonlarida gorizontal va vertikal o‘tkazgichlar aks ettiriladi. Ushbu ekran rejimiga o‘tish uchun dasturning View menyusi Screen Mode bo‘limidan Standard Screen Mode buyruq qatori tanlash yoki uskunalar panelidan tugmasini bosish kerak;
- To‘liq ekran rejimi – dastur oynasining yuqori qismida menyu qatori, hujjat sarlavhasi, uning yonlaridagi gorizontal va vertikal o‘tkazgichlari aks ettirilmaydi. Ushbu ekran rejimiga o‘tish uchun dasturning View menyusi Screen Mode bo‘limidan Full Screen Mode buyruq qatori tanlash yoki uskunalar panelidan tugmasini bosish kerak. Mavjud ekran rejimlari o‘rtasida tez o‘tish uchun klaviaturaning F tugmasini bosish kerak.
Tasvirning ko‘rinishi ish sohasidan katta bo‘lganda uning qolgan qismlarini ko‘rib olish uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
- ish sohasining o‘ng va pastki qismlarida joylashgan vertikal va gorizontal o‘tkazgichlardan foydalanish;
- uskunalar panelida joylashgan Hand uskunasidan foydalanish. Boshqa uskuna tanlanganda Hand uskunasidan foydalanish uchun klaviaturaning probel tugmasini bosib turish kerak;
- Navigator panelidan tasvirning kerakli qismini tanlash. Photoshop dasturida tasvirga o‘zgartirish kiritmagan holda aynaltirib ko‘rish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Uskunalar panelidan Rotate View uskunasini tanlash kerak;
2. Uskuna yordamida tasvirni aynaltirish, xususiyatlar panelidan aylanish burchak qiymatini kiritish yoki belgilash kerak;
3. Tasvirni dastlabki holatga qaytarish uchun xususiyatlar panelidan Reset View tugmasini bosish kerak.
Tasvir masshtabini o‘zgartirish uchun uskunalar panelidan Zoom uskunasidan yoki dasturning View menyusi buyruq qatorlaridan foydalanish mumkin. Zoom uskunasidan foydalanilganda masshtabni kattalashtirish uchun xususiyatlar panelidan [+] tugmasini, masshtabni kichraytirish uchun [-] tugmasini bosish kerak. Natijada sichqon ko‘rsatkichining ko‘rinishi mutanosib ravishda o‘zgaradi. Tasvirning masshtabini maksimal ravishda 3200% ga kattalashtirish yoki o‘lchamini 1 pikselgacha kichraytirish mumkin.
Tasvirning belgilangan joyini kattalashtirish uchun Zoom uskunasini tanlab sichqonning tugmasini bosib turgan holda tasvirning kerakli joyini belgilash kerak.
|
| |