O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK
UNIVERSITETI
“Tashqi iqtisodiy faoliyat”
kafedrasi
ZAMONAVIY MATN REDAKTORLARI
«
Raqamli axborot texnologiyalari
»
fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun
USLUBIY KO‘RSATMA
Toshkent - 2023
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada
«
Raqamli axborot texnologiyalari
»
fani
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tqazish bo‘yicha to‘liq va batafsil tavsiyalar
berilgan. Har bir mavzu bo‘yicha talabalar tomonidan o‘zlashtirishni aniqlashda
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan.
Tuzuvchi
o‘qituvchilar:
Hikmatov Nodir
Eshonqulova Feruza
Salixova Venari
Mavzu: Zamonaviy matn redaktorlari
Reja:
1.
MS Office MS Word, Libre Office Writer, Open oficcewriter
redaktorlarida ishlash
2.
Tabulyatorlarni o‘rnatish
3.
Jadvallyar bilan ishlash
4.
Amaliy mashg‘uloti uchun topshiriq
5.
Foydalanilgan adabiyotlar
1-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Matn redaktorlari
MS Office MS Word redaktorlarida ishlash.
Ishdan maqsad:
MS Word matn muharririda
matnlarni tahrirlash, sahifa parametrlarini o’rnatish, chop
etish, formulalarni yozish, jadvallar bilan ishlash kabilarni bajarish bo’yicha ko’nikmalar
hosil qilish.
Uslubiy ko’rsatmalar:
MS Word matn muharririga пуск-программы-Ms Office-Ms Word tartibida ishga
tushiriladi.Yangi hujjat Standart uskunalar panelida “Создать” piktogrammasini tanlash orqali yaratiladi.
Ajratilgan fragment ustida amallar.
a) Ajratilgan fragmentning joyni o‘zgartirish (ko‘chirish) uchun sichqon ko‘rsatkichi shu
fragmentga keltirib, tugmachasi bosilgan holda kerakli joyga “sudrab” olib borib qo‘yib yuboriladi.
b) Fragmentlarni yo‘qotish (o‘chirish) uchun Delete tugmachasi bosiladi yoki bosh menyudan
“Правка” / “Удалить” ketma-ketligi bajariladi. Shu ishni
piktogrammasini bosish yo‘li bilan ham
bajarsa bo‘ladi.
v) Fragmentdan buferga nusxa ko‘chirish uchun standart anjomlar panelidagi
piktogrammasi
bosiladi yoki bosh menyudan “Правка” / “Копировать” ketma-ketligi bajariladi.
g) Buferdagi fragmentni kerakli joyga qo‘yish uchun kursor kerakli joyga keltirib
piktogrammasi bosiladi yoki bosh menyudan “Правка” / “Вставить” ketma-ketligi bajariladi.
d) Ajratilgan fragmentning shriftini o‘zgartirish uchun formatlash anjomlar panelidagi
piktogrammasidagi ro‘yxatdan kerakli shriftning nomi,
piktogrammasidan o‘lchami belgilanadi. Shriftning ko‘rinishi: quyuq, kursiv va tagiga chizilgani esa mos
ravishda
piktogrammalari yordamida o‘rnatiladi.
|